Agar turmush o‘rtoqni tanlashda ixtiyor ayol niyatining sofligi va qalbining pokligi asosida bo‘lganda edi, Osiyo onamiz Fir’avnga turmushga chiqmagan bo‘lar edi.
Agar yaxshi ayol tanlash erkakning donoligi bilan bo‘lganda edi, Nuh va Lut alayhimassalom ikki xoin ayolga uylanmagan bo‘lardi.
Agar farzandning salohiyati yoki fasodi otaning sababidan bo‘lganda edi, Ozardan Allohning xalili Ibrohim alayhissalomdek zot dunyoga kelmagan va ulug‘ payg‘ambarlardan biri bo‘lgan zot (Nuh alayhissalom)ning farzandi kofirlar bilan birga g‘arq qilinmagan bo‘lar edi.
Lekin bularning bari ba’zilar ba’zilar ila sinash va kim yaxshiroq sabr qilishini bilish uchun joriy bo‘lgandir...
Doktor Ahmad Iso Ma’soraviy
9 noyabr’ kuni Jizzax viloyatida imom-xatiblar, imom-noiblar hamda otinoyilar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni O‘zbekiston musulmonlari idorasining Jizzax viloyatidagi vakili, Ulomolar kengashi a’zosi, viloyat bosh imom-xatibi Mexmonxon domla Jabborov hamda Jizzax viloyati hokimining din va jamoat ishlari bo‘yicha o‘rinbosari Sahobiddin Boliyev olib bordi.
Xorazm viloyatida bosh imom-xatiblar uchun o‘tkazilgan seminar tajribalarini boshqa hududlardagi imom-xatiblarga yetkazilish jarayoni ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish hamda ilg‘or ish uslublarini ommalashtirishda katta ahamiyat kasb etadi.
Ushbu seminarlar doirasida asosan quyidagi yo‘nalishlarga e’tibor qaratilgan bo‘lishi mumkin:
Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, ijro intizomini mustahkamlash, murojaatlar bilan ishlashda mas’uliyatni oshirish hamda diniy soha vakillari faoliyati samaradorligini yanada yuksaltirish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Jizzax viloyati vakilligi matbuot xizmati