Shu munosabat bilan 13 oktyabr kuni ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Unda viloyat bosh imom-xatibi Ubaydulloh domla Abdullayev, viloyat bosh imom-xatibi o‘rinbosari Alisher domla Naimov, tuman bosh imom-xatibi Rasulxon Ahrorov va nuroniylar ishtirok etdi.
Marosimda so‘z olganlar oxirgi yillarda yurtimiz masjidlari obod bo‘layotgani, xalqimiz hamjihatlik va birdamlik ila Allohning baytini obod qilayotgani, masjidlar – ibodat, zikr, ma’naviyat-ma’rifat maskani ekanini ta’kidladilar.
Tadbir yakunida yurtimiz tinchligi, masjidlarimiz obod bo‘lishi, xalqimiz birdam bo‘lishini tilab duo qilindi.
Farg‘ona viloyati vakilligi
Matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan vohamiz aholining ijtimoiy ko‘makka muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, ularning ko‘ngliga quvonch ulashishga qaratilgan xayrli ishlar davom etmoqda.
Bugun, O‘MI Qashqadaryo viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi Rahmatillo domla Usmonov boshchiliklarida homiylar jalb etilgan holda mahalla hududidagi xonadonlarga tashrif buyurib, xonadon ahillari bilan samimiy suhbatlar o‘tkazildi. Ularni qo‘llab-quvvatlash maqsadida sovg‘a-salomlar va xayr-ehson qutilari tarqatildi.
Bunday xayrli tashabbuslar xalqimizga xos mehr-oqibat, saxovat va insonparvarlik fazilatlarining amaliy ifodasi bo‘lib, ehtiyojmand oilalarga ma’naviy dalda va ko‘mak berishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Yurtimizda tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarimizda fayzu baraka bardavom bo‘lsin!
O‘MI Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati