Sayt test holatida ishlamoqda!
04 Noyabr, 2025   |   13 Jumadul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:38
Quyosh
06:58
Peshin
12:12
Asr
15:33
Shom
17:19
Xufton
18:33
Bismillah
04 Noyabr, 2025, 13 Jumadul avval, 1447
Yangiliklar

Janubiy Koreyada O‘zbek tili bayrami va Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlandi

22.10.2024   5166   1 min.
Janubiy Koreyada O‘zbek tili bayrami va  Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligi keng nishonlandi

Mamlakatimizning Janubiy Koreyadagi diplomatik vakolatxonasi tashabbusi bilan mazkur davlatda tahsil olayotgan talaba-yoshlar va vatandoshlar ishtirokida 21 oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni hamda buyuk qomusiy olim Mirzo Ulug‘bek tavalludining 630 yilligiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
 

Tadbirda o‘zbek tilining huquqiy maqomini belgilashda yengib o‘tilgan qiyinchiliklardan tortib hozirgi kunda tilimizning boy imkoniyatlaridan keng foydalanish uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda davlat tilini yangi pog‘onaga olib chiqish borasida hukumatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan sa’y-harakatlar alohida e’tirof etildi.

 

Ta’kidlandiki, o‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi xalqimizning milliy mustaqillikka erishish yo‘lidagi muhim qadamlaridan biri bo‘ldi. "Davlat tili haqida"gi qonunda ona tilimizning bor go‘zalligi va jozibasini to‘la namoyon etish bilan birga, uni ilmiy asosda rivojlantirish borasida ham keng imkoniyatlar yaratilgan.

 

Eng muhimi, davlatimiz rahbarining 2019 yil 21 oktyabrda "O‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni bilan o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun – 21 oktyabr sanasi "O‘zbek tili bayrami kuni" sifatida belgilandi.

 

Bundan tashqari, tadbirda buyuk qomusiy olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bek qoldirgan ma’naviy merosni o‘rganish va targ‘ib qilish muhim ahamiyatga ega ekanligi qayd etildi. Buyuk ajdodimiz o‘zining boy ilmiy-ma’rifiy merosi hamda mislsiz bunyodkorlik faoliyati bilan O‘zbekiston taraqqiyoti va jahon sivilizatsiyasi rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan ulkan tarixiy siymo ekanligi alohida urg‘ulandi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Imomlar uchun media kontent tayyorlash darslari boshlandi (fotolavha)

03.11.2025   4692   2 min.
Imomlar uchun media kontent tayyorlash darslari boshlandi (fotolavha)

Shu yil 3-6 noyabr kunlari Toshkent shahridagi “Swissôtel Tashkent” mehmonxonasida diniy soha va jamoat yetakchilarining xabar va kontentlar tayyorlash salohiyatini oshirish bo‘yicha seminar-trening bo‘lib o‘tmoqda. Unda Diniy idora va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati, mas’ul xodimlari, Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahar masjidlarida faoliyat yurituvchi imom-xatiblar ishtirok etdi. 

Ushbu tadbir Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, O‘zbekiston musulmonlari idorasi va Birlashgan Arab Amirliklarining “HEDAYAH” ekstremizm va zo‘ravonlikka qarshi kurashish bo‘yicha xalqaro markazi bilan hamkorlikda tashkil etildi.  

Ochilish marosimida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov nutq so‘zladi. Unda bugun zamon shiddatiga hamohang ravishda media sohasi ham tezkor rivojlanib borayotgani, bu esa barcha jabhalar qatori diniy sohaga ham o‘z ta’sirini o‘tkazayotgani aytib o‘tdi. 

Homidjon domla o‘z so‘zi davomida keyingi vaqtda diniy tushunchalarni noto‘g‘ri talqin qilayotgan guruhlarning keng yoyilib borayotgani, ularga qarshi turish uchun soha mutaxassislari doimo o‘z ustida ishlab borishi lozimligi, bu borada “Hedayah” xalqaro markazi bilan yaxshi hamkorlik aloqalari yo‘lga qo‘yilgani, mazkur seminar-treningda raddiyalar berish yo‘nalishida o‘zaro tajriba almashish bilan ahamiyatli ekanini ta’kidladi. 

Shuningdek, tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Dilshod Bobojonov va Diniy idora bo‘lim boshlig‘i Shavkat Hamdamov mavzu doirasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi. 
“Hedayah” xalqaro markazi mas’ul vakili, dastur menejeri Hafedh Dridi so‘nggi yillarda markaz va O‘zbekistondagi diniy sohaga oid ilmiy-tadqiqot muassasalari o‘rtasidagi aloqalar mustahkamlanib borayotgani, bugungi tahlikali davrda dinni noto‘g‘ri talqin qilish oqibatida ko‘plab ziddiyatlar sodir bo‘layotgani, buning sababi ilmsizlik va dinni to‘g‘ri anglamaslikda deb bilishi, yoshlarni bunday tahdidlardan himoya qilishning bir qancha yo‘llari mavjud va ularning avvalida ilm turishini qayd etdi. 

Uch kun davom etadigan seminar-treningda yurtimiz diniy soha xodimlari va “Hedayah” xalqaro markazi vakillari o‘zaro tajriba almashish barobarida media kontent tayyorlash bo‘yicha malaka hosil qiladi.  

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Imomlar uchun media kontent tayyorlash darslari boshlandi (fotolavha) Imomlar uchun media kontent tayyorlash darslari boshlandi (fotolavha) Imomlar uchun media kontent tayyorlash darslari boshlandi (fotolavha) Imomlar uchun media kontent tayyorlash darslari boshlandi (fotolavha) Imomlar uchun media kontent tayyorlash darslari boshlandi (fotolavha) Imomlar uchun media kontent tayyorlash darslari boshlandi (fotolavha) Imomlar uchun media kontent tayyorlash darslari boshlandi (fotolavha) Imomlar uchun media kontent tayyorlash darslari boshlandi (fotolavha) Imomlar uchun media kontent tayyorlash darslari boshlandi (fotolavha)