Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Iyun, 2025   |   9 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:08
Quyosh
04:51
Peshin
12:27
Asr
17:35
Shom
19:56
Xufton
21:32
Bismillah
05 Iyun, 2025, 9 Zulhijja, 1446
Yangiliklar

Hojilar ishtirokidagi ma’rifiy tadbirlar samarali kechmoqda (Foto+)

31.10.2024   8482   2 min.
Hojilar ishtirokidagi ma’rifiy tadbirlar samarali kechmoqda (Foto+)

2024 yil 30 oktyabr kuni Zayniddin domla Eshonqulov boshchiligida Toshkent viloyatining Toshkent tumani “Hasanboy ota” jome masjidida amaliy tadbir o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi mutaxassislari, Toshkent viloyati vakilligi rahbariyati va xodimlari, viloyat tuman va shaharlarining bosh imom-xatiblari hamda otinoyilari, shuningdek, “Haj-2024” ziyoratchilari, MFYlar raislari ishtirok etdi.  

Yig‘ilishda imom-xatib hamda otinoyilarning “Haj – 2024” ziyoratchilarini ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarga faol jalb etish ishiga ko‘maklashish, tumandagi masjidlar faoliyati o‘rganish, peshin namozida masjidlarda dolzarb mavzuda ma’ruza qilish kabi masalalar muhokama qilindi.

Shu maqsadda Ishchi guruh a’zolari Toshkent tumanining 18 ta masjidi hamda 20 ta mahallasiga biriktirilib, xonadonlarga kirilib, turli yo‘nalishlar bo‘yicha suhbatlar o‘tkazildi.  

Xususan, imom-xatiblar 100 ta oilaga, otinoyilar 14 ta oilaga, umumiy hisobda 114 ta oilaga kirib, ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot hamda amaliy yordam tadbirlari olib bordilar.

Shuningdek, er-xotin, aka-uka, ota-bola, qaynona-kelin, o‘rtasidagi kelishmovchilik va janjallar sababli notinch bo‘lib turgan 32 ta oila o‘rganilib, ularga nasihat qilindi. Notinchlik sabablarini bartaraf etish, arazlashganlarni yarashtirish choralari ko‘rildi. 36 ta holatda oilaviy ajrimlarning oldini olishga harakat qilindi, 4 ta oilani yarashtirishga muvaffaq bo‘lindi, 7 oilani yarashtirish jarayonini davom ettirish belgilandi. 23 ta xonadonda JIEMda jazo muddatini o‘tayotganlarning oila a’zolari, jazo muddatini o‘tab qaytganlar, muqaddam sudlanganlar bilan yurtimizda olib borilayotgan islohotlar borasida suhbatlashildi. Shuningdek, nogiron va kasalmand fuqarolar yashaydigan 2 ta oilaga kirilib, ulardan ko‘ngil so‘raldi, davolanish va dori darmon, 3 ta kam ta’minlangan oilalarga oziq-ovqat, kiyim-kechak hamda moddiy yordam ko‘rsatildi. 

Tadbir so‘ngida amalga oshirilgan ishlar tahlil qilinib, Toshkent tumanida masjidlardagi kamchiliklarni bartaraf etish, imom-xatiblarning ma’naviy-ma’rifiy hamda masjid boshqaruvidagi faoliyatida kuzatilgan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan ko‘rsatma va tavsiyalar berildi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Hojilar ishtirokidagi ma’rifiy tadbirlar samarali kechmoqda (Foto+) Hojilar ishtirokidagi ma’rifiy tadbirlar samarali kechmoqda (Foto+) Hojilar ishtirokidagi ma’rifiy tadbirlar samarali kechmoqda (Foto+) Hojilar ishtirokidagi ma’rifiy tadbirlar samarali kechmoqda (Foto+) Hojilar ishtirokidagi ma’rifiy tadbirlar samarali kechmoqda (Foto+) Hojilar ishtirokidagi ma’rifiy tadbirlar samarali kechmoqda (Foto+) Hojilar ishtirokidagi ma’rifiy tadbirlar samarali kechmoqda (Foto+) Hojilar ishtirokidagi ma’rifiy tadbirlar samarali kechmoqda (Foto+) Hojilar ishtirokidagi ma’rifiy tadbirlar samarali kechmoqda (Foto+) Hojilar ishtirokidagi ma’rifiy tadbirlar samarali kechmoqda (Foto+) Hojilar ishtirokidagi ma’rifiy tadbirlar samarali kechmoqda (Foto+) Hojilar ishtirokidagi ma’rifiy tadbirlar samarali kechmoqda (Foto+) Hojilar ishtirokidagi ma’rifiy tadbirlar samarali kechmoqda (Foto+) Hojilar ishtirokidagi ma’rifiy tadbirlar samarali kechmoqda (Foto+) Hojilar ishtirokidagi ma’rifiy tadbirlar samarali kechmoqda (Foto+) Hojilar ishtirokidagi ma’rifiy tadbirlar samarali kechmoqda (Foto+) Hojilar ishtirokidagi ma’rifiy tadbirlar samarali kechmoqda (Foto+)
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Duoingiz qabul bo‘lmasligining 10 sababi

26.05.2025   5061   2 min.
Duoingiz qabul bo‘lmasligining 10 sababi

Ibrohim ibn Adham Basrada ekanliklarida u kishini odamlar qurshab olishib: “Nimaga biz duo qilsak ijobat bo‘lmayapti? Holbuki, Alloh taolo: «Parvardigoringiz: “Menga duo qilingiz, Men sizlar uchun (duolaringizni) ijobat qilay!” dedi...»[1], deyishdi.

Ibrohim ibn Adham javob berib aytdilar: “Ey Basra ahli, o‘n narsa sababli qalblaringiz o‘lib bo‘lgan bo‘lsa, qanday qilib duolaringiz ijobat bo‘lsin?!

1. Allohni tanib turib, Uning haqqini ado qilmaysiz.
2. Qur’onni o‘qib turib, unga amal qilmaysiz.
3. Rasulullohning muhabbatlariga da’vogar bo‘la turib, u zotning sunnatlarini tashlab qo‘yasiz.
4. Shaytonning dushmanligini aytasiz-u, o‘zinigiz unga itoat qilasiz.
5. Jannatga kirishga da’vogarsiz-u, buning uchun amal qilmaysiz.
6. Jahannamdan qutulish da’vosida bo‘la turib, o‘zingizni unga uloqtirasiz.
7. O‘lim haq deb turib, unga tayyorgarlik ko‘rmaysiz.
8. O‘zingizning kamchiliklaringiz qolib, boshqalarning ayblari bilan ovorasiz.
9. O‘liklarni ko‘masizlar-u, undan ibrat olmaysiz.
10. Allohning ne’matlarini yeb, shukr qilmaysiz”.

Duolarimiz ijobat bo‘lishini xohlasak, ushbu o‘n narsa borasida nafsimizni tergab, hisob-kitob qilishimiz darkor ekan.

Qalbingiz qalblarning qay bir toifasidan?!

Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: “Qalblar to‘rt turlidir: (Birinchisi) Nur taratadigan chirog‘i bor sof qalb. (Ikkinchisi) G‘ilofli qulflangan qalb. (Uchinchisi) Teskari qalb. (To‘rtinchisi) Ikki tomonli qalb. Sof qalbga kelsak, u mo‘minning qalbi bo‘lib, uning chirog‘i nuridir. G‘ilofli qalb esa kofirning qalbidir. Teskari qalb munofiqning qalbi bo‘lib, u tanib, so‘ng inkor qilgan qalbdir. Ikki tomonli qalb esa o‘zida iymon va munofiqlikni jamlagan qalbdir. Undagi iymon pokiza suv bilan o‘sadigan o‘simlikka o‘xshaydi. Undagi munofiqlik esa qon va yiring bilan kattalashadigan yaraga o‘xshaydi. Qaysi biri ko‘p bo‘lsa, shunisi ustun keladi”[2].

Mustafo Sodiq Rofiiy rahmatullohi alayh: “Eng katta xato – atrofingni tartibga solib, qalbingni nazoratsiz tashlab qo‘yishingdir”, deganlar.

 


[1]  G‘ofir surasi, 60-oyat.
[2]  Ibn Kasir rivoyati, Isnodi jayyid hasan.