Sayt test holatida ishlamoqda!
31 Iyul, 2026   |   17 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:42
Quyosh
05:12
Peshin
12:34
Asr
17:33
Shom
19:45
Xufton
21:12
Bismillah
31 Iyul, 2026, 17 Safar, 1448

Murojaatlar yechimidan aholi mamnun (Foto+)

31.10.2024   26055   1 min.
Murojaatlar yechimidan aholi mamnun (Foto+)

Haftaning har chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi va uning hududlardagi vakilliklari va barcha jome masjidlarida imom-domlalar tomonidan fuqarolar murojaatini o‘rganish va hal etish bo‘yicha qabul kunlari amalga oshirilmoqda.

30 oktyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon domla Ishmatbekov fuqarolarni qabul qilib, murojaat, arz va takliflarini eshitdi.

Qabul chog‘ida ular tomonidan ko‘tarilgan imom-xatib faoliyati, oilaviy masalalar, diniy ta’lim, ishga kirish hamda moddiy yordam olish singari masalalarning aksariyati ijobiy hal etildi.

Jumladan, oilaviy munosabatlarda kelganlarga muammolar yechimi bo‘yicha maslahatlar, shar’iy masalalar yechimi yuzasidan tavsiyalar va moddiy yordam so‘raganlarga belgilangan tartibda ko‘mak berildi.

Mana shunday samimiy qabul va g‘amxo‘rlikdan mamnun bo‘lgan fuqarolar O‘zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati tomonidan ko‘rsatilgan e’tibordan ko‘ngillari shod bo‘lishib, xayrli duolar qilishdi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Murojaatlar yechimidan aholi mamnun (Foto+) Murojaatlar yechimidan aholi mamnun (Foto+) Murojaatlar yechimidan aholi mamnun (Foto+) Murojaatlar yechimidan aholi mamnun (Foto+) Murojaatlar yechimidan aholi mamnun (Foto+) Murojaatlar yechimidan aholi mamnun (Foto+) Murojaatlar yechimidan aholi mamnun (Foto+) Murojaatlar yechimidan aholi mamnun (Foto+) Murojaatlar yechimidan aholi mamnun (Foto+) Murojaatlar yechimidan aholi mamnun (Foto+)
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

ICESCO tomonidan Imom Buxoriyning “Al-Jome’ as-Sahih” asariga bag‘ishlangan maxsus kitob chop etildi

30.07.2026   15615   1 min.
ICESCO tomonidan Imom Buxoriyning “Al-Jome’ as-Sahih” asariga bag‘ishlangan maxsus kitob chop etildi

Islom dunyosi ta’lim, fan va madaniyat masalalari bo‘yicha tashkiloti (ICESCO) “Imom Buxoriyning “Al-Jome’ al-Musnad as-Sahih” asari: Ummat kitobi. Isnod va tasdiq sivilizatsiyasining ilmiy timsoli” nomli fundamental ilmiy nashrni taqdim etdi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Mazkur kitobni tayyorlashda dunyoning 16 mamlakati yetakchi olim va tadqiqotchilari ishtirok etdi.

Nashr 2026 yil 9–10 iyul kunlari Samarqand shahrida o‘tkazilgan “Imom Buxoriyning “Al-Jome’ as-Sahih” asari – Ummat kitobi” mavzusidagi xalqaro ilmiy konferensiya materiallari asosida tayyorlandi. Anjuman O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi markazi, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi hamda ICESCO hamkorligida tashkil etilgan edi.

Hajmi qariyb 800 sahifadan iborat mazkur kitob buyuk muhaddis Imom Buxoriyning boy ilmiy merosiga bag‘ishlangan eng yirik zamonaviy tadqiqotlardan biri hisoblanadi. Unda hadisshunoslik, islom ilmlari tarixi hamda hadislar ishonchliligini aniqlash metodologiyasiga oid dolzarb ilmiy maqolalar jamlangan.

Nashrda Imom Buxoriy yashab ijod qilgan tarixiy va ilmiy muhit, uning hadislarni saralash va tasniflashdagi betakror uslubi, shuningdek, “Sahihi Buxoriy” asariga bag‘ishlangan zamonaviy ilmiy tadqiqotlar, bahs-munozaralar va tahlillar o‘rin olgan.

Mazkur fundamental nashrning e’lon qilinishi islomshunoslik sohasidagi xalqaro ilmiy hamkorlikni yanada rivojlantirishga xizmat qilib, O‘zbekistonning Imom Buxoriy ilmiy merosini o‘rganish va targ‘ib etish bo‘yicha jahon miqyosidagi nufuzli markazlardan biri sifatidagi o‘rni tobora mustahkamlanayotganini yana bir bor tasdiqlaydi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari