Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Noyabr, 2026   |   5 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:49
Quyosh
07:11
Peshin
12:13
Asr
15:23
Shom
17:07
Xufton
18:23
Bismillah
15 Noyabr, 2026, 5 Jumadul soni, 1448
Maqolalar

Hadya

05.11.2024   11980   1 min.
Hadya

Bir qizaloq taqinchoq do‘koniga kirib sotuvchiga qarab chiroyli zirak ko‘rsatishini so‘radi. Sotuvchi qizaloqqa hayratlangancha qarab turaverdi. Shunda qizaloq bir zirakni ko‘rsatib: “Mana buni chiroyli qilib o‘rab berolasizmi?!”, dedi. Sotuvchi: “Puling bormi?” deb so‘radi. 
Qizaloq cho‘ntagidagi bir nechta tangani chiqarib,:“Bor pulim shu, yetadimi?” deb so‘radi. So‘ngra u: “Bilasizmi, men opamga shu zirakni sovg‘a qilmoqchiman. Chunki u onamiz olamdan o‘tganidan keyin bizga g‘amxo‘rlik qilib kelmoqda. Men opamni xursand qilishni juda xohlardim. Menda bori shu”, dedi pulga ishora qilib. 
Bir necha soniyadan so‘ng sotuvchi zirakni chiroyli qutiga solib, qizchaning qo‘liga berdi. U xursand bo‘lganicha uyiga shoshib ketdi. 
Bir fursatdan so‘ng do‘konga bir o‘rta yoshli qiz kirib, do‘konchiga o‘sha qizaloq olgan zirakni ko‘rsatib: “Buni sizdan olganmidi?” deb so‘radi. Sotuvchi taqinchoqga qarab: “Ha” deb javob berdi. Qiz taqinchoqni narxi qanchaligini so‘radi. Sotuvchi: “Bu xaridor va mening kelishuvim” deb javob qildi. U: “Singlimda bir necha tanga bor edi. Bu esa judayam qimmatligini bilaman. Bunga pulimiz yetmaydi” deb zirakni qaytarib bermoqchi bo‘ldi.
Shunda sotuvchi: “Singlingiz bor budini berdi. Bu narxni hech kim bera olmaydi”, deya taqinchoqni qizga qaytarib berdi.
 
Akbarshoh Rasulov tarjimasi

Hadya
Ibratli hikoyalar
Boshqa maqolalar

Karabük universiteti mehmonlari Ko‘kaldosh madrasasida

12.11.2026   34424   1 min.
Karabük universiteti mehmonlari Ko‘kaldosh madrasasida

Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasiga Turkiyaning Karabük universiteti vakillari tashrif buyurdilar. Mehmonlar muassasa rahbariyati tomonidan iliq kutib olindi. Delegatsiya tarkibida Karabük universiteti Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i Adnan Ukur, Muhandislik fakulteti Qurilish muhandisligi kafedrasi professori Prof. Dr. Ertug‘rul Esmeray hamda Karabük universiteti Assist. Prof. Dr. Dilmurod Jurayev bor edi.

Tashrif davomida mehmonlar avvalo muassasaning 475 yillik boy tarixi bilan tanishdilar. Asrlar mobaynida ilm va ma’rifat maskani bo‘lib kelgan bu dargoh bugungi kunda ham yosh avlodni diniy va dunyoviy bilimlar ruhida tarbiyalab, yurtimizning ma’naviy hayotida muhim o‘rin tutmoqda. Keyin mehmonlar yangi bosh binodagi sinf xonalari, kutubxona, kompyuter xonasi, sport zali, oshxona va yotoqxona bilan yaqindan tanishib, talabalar uchun yaratilgan sharoitlarni ko‘rdilar.

Yurtimizda so‘nggi yillarda Prezidentimiz tashabbusi bilan diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirish, yoshlarni ilm, ma’rifat va ezgu qadriyatlar ruhida tarbiyalashga alohida e’tibor qaratilmoqda. Ko‘kaldosh kabi qadimiy ilm dargohlarining bugungi faoliyati ana shu e’tiborning yorqin ifodasidir.

Ko‘kaldosh o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi Matbuot xizmati