Bir ayol Qur’oni karimni tilovat qilar, yonida turmush o‘rtog‘i esa jim tinglardi. Shunda ayol Niso surasidagi bir nechta ayollarga uylanish haqidagi oyatga kelganda ovozini pasaytirib o‘qiy boshladi. Buni ko‘rgan eri kulib: “Sen mening birinchi, ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi ayolimsan”, deb erkaladi.
Bugun ayrimlarimiz ayolimizga yaxshi muomala qilishni unutib qo‘ymoqdamiz. U esa bizni, farzandlarimizni, qolaversa, ota-onamiz, aka-ukalarimiz bo‘ladimi, hamma yaqinlarimizning ko‘nglini olishga harakat qiladi. Doim oilaga g‘amxo‘rlik qilish bilan band.
Shunday ekan ayolimizning qadriga yetaylik, imkon qadar ko‘nglini olaylik. Ayolga qanday muomala qilishda esa Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga boqaylik.
Zero, hadisi shariflarda: “Sizlarning yaxshilaringiz o‘z ahliga yaxshi muomala qilganingizdir. Men o‘z ahliga yaxshi muomala qiluvchirog‘ingizman”, deya marhamat qilingan (Imom Termiziy rivoyati).
Akbarshoh Rasulov
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining o‘rinbosari A.Allaniyazov shahar va tuman bosh imomlari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Qoraqalpog‘iston musulmonlari qozisi B. Razov olib borgan tadbirda quyidagi muhim masalalarga e’tibor qaratildi:
Islohotlar targ‘iboti: Yurtimizdagi o‘zgarishlarni xalqqa to‘g‘ri yetkazish va tinchlikni asrashda imomlarning o‘rni;
Ma’rifiy islom: Yoshlarga ijtimoiy tarmoqlarda sof islom dini mazmunini va Hanafiy mazhabi ta’limotlarini to‘g‘ri tushuntirish;
Ma’naviy tarbiya: Juma va kundalik namozlarda dolzarb mavzular bo‘yicha manzilli tushuntirish ishlarini olib borish;
Hamjihatlik: Mahallalardagi ijobiy o‘zgarishlarni e’tirof etgan holda, mamlakat taraqqiyoti yo‘lida bir yoqadan bosh chiqarib harakat qilish.
Uchrashuv yakunida diniy soha vakillariga berilayotgan e’tibor va imkoniyatlarga munosib ravishda, xalq farovonligi yo‘lida faol xizmat qilish lozimligi ta’kidlandi.
Qoraqalpog‘iston musulmonlari qoziyoti