frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Videolar

Millat va ma’naviyat

17.12.2024   4126   1 min.
Millat va ma’naviyat

Your browser doesn't support video.
Please download the file: video/mp4

Ajdodlarimizdan bizgacha yetib kelgan bebaho meros haqida islomshunoslik sohasi bo‘yicha mutaxassis, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti Bahodirjon A’zamov bilan suhbat.

Radioeshittirish Hakim Termiziyning “Al-Amsol min al-Kitab vas-Sunna” asari doirasida olib borilayotgan dissertatsiya ishi haqida.

Manba: “O‘zbekiston” radiosi

VIDEO
Boshqa maqolalar

Namozim buzildimi?

27.06.2025   14729   1 min.
Namozim buzildimi?

Savol: Masjiddagi jamoatda ba’zan oldingi safdagi odamning kiyimi kalta bo‘lgani uchun sajdada orqasi qisman ochilib qoladi va bexosdan unga ko‘zimiz tushib qoladi. Shu holatda tahorat yoki namozimiz buzilmaydimi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ulamolar tahorat va namozni buzuvchi omillarni birma-bir sanaganlar. Ular ichida birovning avratiga ko‘z tushib qolish sababli buziladi, degan gap yo‘q. Birovning, xoh ayolning, xoh erkakning avratiga qarash sababli bavl yoki biror suyuqlik chiqmasa, tahorat sinmaydi. Ammo bu degani qarash, nazar solish mumkin ekan, deb tushunmaslik kerak. Chunki bunday ishlar aslo mumkin emas.

Bir narsani yodda tutish lozimki, namoz o‘qish uchun tayyorlanayotgan inson namoz o‘qish asnosida avratlari ochilib qolmasligining chorasini ko‘rishi kerak bo‘ladi. Chunki bir rukn (farz amali) miqdoricha avratining to‘rtdan biri ochilib tursa, uning namozi buziladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi