Sayt test holatida ishlamoqda!
19 May, 2025   |   21 Zulqa`da, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:01
Peshin
12:25
Asr
17:27
Shom
19:42
Xufton
21:12
Bismillah
19 May, 2025, 21 Zulqa`da, 1446
Maqolalar

Umar roziyallohu anhuni yig‘latgan voqea

03.01.2025   4062   1 min.
Umar roziyallohu anhuni yig‘latgan voqea

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Imom Bayhaqiy, Ibn Munzir va al-Hokim Abu Imron al-Juniydan rivoyat qiladilar:

«Umar roziyallohu anhu bir rohibning oldidan o‘tib ketayotib, to‘xtadi. Rohib chaqirildi va unga: «Bu mo‘minlarning amiri», deyishdi.

Bas, Umar unga sinchiklab qarab chiqdi. Rohibning tarkidunyo qilib, charchab-horib, qiynalgani ko‘rinib turar edi. Umar uning bu holini ko‘rib, yig‘ladi. Unga:

«Bu nasroniy!» deyishdi.

«Bildim, lekin unga rahmim keldi. Alloh azza va jallaning «Amal qiluvchilar, charchovchilar. Qizigan o‘tga kirurlar», deganini esladim. Uning charchab, ijtihod qilib turib, do‘zaxga kirganiga rahmim keldi», dedi Umar».

Zalolat yo‘lini tanlab, o‘zini behuda qiynab yurgan insonga rahmi kelib, yig‘lash uchun inson hazrati Umar roziyallohu anhuning qalbi kabi buyuk qalbga sohib bo‘lishi kerak. Alloh taoloning Iymon-Islom deb atalmish ulug‘ ne’matiga muyassar bo‘lgan Umar ibn Xattob roziyallohu anhu o‘zlariga yetgan baxt-saodatning boshqalarga ham nasib etishini chin musulmon sifatida juda ham istar edilar. Shuning uchun ham rohibni ko‘rganlarida chidab tura olmay, yig‘lay boshladilar. Atroflaridagi kishilar bu haqiqatni anglab yetmay, o‘zlaricha boshqacha ta’vil qildilar. Ular: «Hazrati Umar roziyallohu anhu bu odamning nas­roniy ekanligini bilmasdan, havas qilib yig‘lamoqdalar», deb tushundilar. Ammo Umar ibn Xattob roziyallohu anhu uning kimligini bilganlari va shuncha o‘zini qiynagani bilan iymoni bo‘lmaganligi uchun do‘zaxga kirishini o‘ylab yig‘layotganlarini aytdilar.

«Hadis va hayot» kitobining 23-juzidan olindi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi Madinada izzat-ikrom ila kutib olindi

14.05.2025   7071   1 min.
O‘zbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi Madinada izzat-ikrom ila kutib olindi

Kecha, 13 may kuni Madina shahriga eson-omon yetib kelgan ziyoratchilarimizning ilk guruhlarini Muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, “Haj – 2025” ishchi guruhi vakillari, mamlakatimizning Saudiya Arabistonidagi “Haj” va “Umra” ishlari bo‘yicha attashesi Shuhrat Amoniy va boshqa mutasaddilar tomonidan tantanali ravishda katta ehtirom bilan kutib olindi. 

Shuningdek, hamyurtlarimiz muhtasham “Zam-zam Pullman” mehmonxonasiga kirishlari bilanoq iliq qarshi olinib, zam-zam suvlari, xurmo, shirinliklar va hadyalar ulashilib, gullar ila ikrom qilindi.

Ayni damda ziyoratchilarimiz mehmonxonalarga joylashib bo‘lganidan so‘ng ixlosu imon bilan ibodatlarni ado etish, xususan, Masjidu Nabaviy va Ravzai muborakni ziyorat qilishga, yaqinlari tomonidan iltimos qilingan salomlarni Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga yetkazishga oshiqmoqdalar. 

Alloh taolo yurtdoshlarimizning safarlarini muborak qilib, ibodatu duolarini ijobat aylasin, Ravzai sharif ziyoratini barchamizga nasib etsin!

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O‘zbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi Madinada izzat-ikrom ila kutib olindi O‘zbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi Madinada izzat-ikrom ila kutib olindi O‘zbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi Madinada izzat-ikrom ila kutib olindi O‘zbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi Madinada izzat-ikrom ila kutib olindi O‘zbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi Madinada izzat-ikrom ila kutib olindi O‘zbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi Madinada izzat-ikrom ila kutib olindi O‘zbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi Madinada izzat-ikrom ila kutib olindi O‘zbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi Madinada izzat-ikrom ila kutib olindi O‘zbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi Madinada izzat-ikrom ila kutib olindi O‘zbekistonlik ziyoratchilarning ilk guruhi Madinada izzat-ikrom ila kutib olindi
O'zbekiston yangiliklari