Sayt test holatida ishlamoqda!
15 Iyul, 2025   |   20 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:22
Quyosh
05:03
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:59
Xufton
21:32
Bismillah
15 Iyul, 2025, 20 Muharram, 1447
Yangiliklar

DTM mas’ul xodim va o‘qituvchilariga malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

03.01.2025   12261   1 min.
DTM mas’ul xodim va o‘qituvchilariga malaka oshirish o‘quvlari boshlandi

Bugun, 3 yanvar kuni Toshkent islom institutida Diniy idora tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus islom ta’lim muassasalarining o‘quv ishlari bo‘yicha rahbar o‘rinbosarlari, o‘quv-uslubiy va yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limlari boshliqlari uchun qisqa muddatli malaka oshirish kursi boshlandi. 

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan tadbirda Oliy ma’had rektori Uyg‘un G‘afurov, Diniy idora mutaxassisi Muhammadamin Nasriyev va Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bo‘lim boshlig‘i Husanboy Qirg‘izov ishtirok etib, mazkur malaka oshirish kursining ahamiyati xususida so‘z yuritishdi. 

Tadbirda mutasaddi vakillar malaka oshirish mashg‘ulotlari diniy ta’lim muassasalarining o‘quv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini oshirish, zamonaviy pedagogik usullarni joriy qilish, ta’lim sifatini yaxshilashga xizmat qilishi, o‘quv mashg‘ulotlari maxsus o‘quv reja va dars jadvali asosida zamonaviy axborot texnologiyalari va interfaol usullardan foydalangan holda o‘tkazilishi aytib o‘tildi.  

Ma’lumot o‘rnida, ana shunday malaka oshirish kursalari shu yil 3–7 yanvar kunlari diniy ta’lim muassasalari pedagog-o‘qituvchilar uchun Toshkent, Buxoro va hududlardagi ta’lim muassasalarida ham o‘tkazilmoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

DTM mas’ul xodim va o‘qituvchilariga malaka oshirish o‘quvlari boshlandi DTM mas’ul xodim va o‘qituvchilariga malaka oshirish o‘quvlari boshlandi DTM mas’ul xodim va o‘qituvchilariga malaka oshirish o‘quvlari boshlandi DTM mas’ul xodim va o‘qituvchilariga malaka oshirish o‘quvlari boshlandi DTM mas’ul xodim va o‘qituvchilariga malaka oshirish o‘quvlari boshlandi DTM mas’ul xodim va o‘qituvchilariga malaka oshirish o‘quvlari boshlandi
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Majburlab erga berish durustmi?

11.07.2025   5735   1 min.
Majburlab erga berish durustmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Ota-onam meni majburlab erga bermoqchi, bola bilan ko‘rishdim va ko‘nglim g‘ash bo‘lib qoldi. Keyin istixora o‘qishni boshladim va baribir ko‘nglim yumshamadi. Uydagilarga tushuntirdim, lekin meni eshitishmayapti. Men qanday yo‘l tutsam bo‘ladi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Dinimizda xotin-qizlarni majburlab erga berishdan man qilingan. Zero, nikoh ikki tomonning roziligi bilan tuziladi. Juvon bo‘lsa, u bilan ochiqcha gaplashiladi, bokira bo‘lsa, undan izn so‘raladi. Bokira (rozilik alomatlari bilan) sukut qilsa, bu uning nikohga izn bergani bo‘ladi.

Barcha fiqhiy manbalarimizda kelin va kuyov o‘z roziligini bildirishi (iyjob va qabul) nikohning asosiy rukni ekani bayon qilingan. Kelin-kuyovdan biri nikohga rozi bo‘lmasa, nikoh durust bo‘lmaydi.

Ota-onaning vazifasi esa farzandini boylik, mansab yoki boshqa g‘arazlar sababli ko‘r-ko‘rona uylanish yoki erga tegishga majburlash emas. Balki farzandiga juft bo‘layotgan yigit yo qizning diyonati, xulq-odobiga va kasb-hunariga e’tibor qilishdir.

O‘z o‘rnida turmush qurayotgan farzand ham ota-onasining tavsiyalari o‘rinli bo‘lsa, qabul qilishi, qaysarlik qilmay ularning hayotiy tajribalaridan foydalanishi kerak.

Xotin-qizlarni majburlab erga berish holatlarida Payg‘ambarimiz alayhissalomning ayolga nikoh yo ajralishni tanlash ixtiyorini berganlari ma’lum. Hatto bir holatda qiz kambag‘al yigitni, ota-ona esa boy yigitni tanlaganida, u zot qizning ixtiyorini ustun qo‘yib: 


لم ير للمتحابين مثل النكاح
«Bir-birini yaxshi ko‘rganlar uchun nikohdan yaxshisi yo‘qdir", dedilar (Imom Ibn Moja rivoyati). Vallohu a’lam"

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.