Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Yanvar, 2026   |   10 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:16
Quyosh
07:37
Peshin
12:41
Asr
15:54
Shom
17:39
Xufton
18:54
Bismillah
29 Yanvar, 2026, 10 Sha`bon, 1447
Yangiliklar

Yurt tinchligiga hissa qo‘shayotgan barcha – Vatan himoyachisi

14.01.2025   8573   1 min.
Yurt tinchligiga hissa qo‘shayotgan barcha – Vatan himoyachisi

14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni bayrami yurtimizda milliy g‘urur va fidoyilik ramzi sifatida alohida o‘rin tutadi. Bu kun Vatan himoyasi yo‘lida halollik va jasurlik ko‘rsatgan barcha fuqarolarni qadrlash, ularning hissasini e’tirof etish kunidir. 
 

Vatan himoyachilari nafaqat harbiylar, balki mamlakat tinchligi va xavfsizligini ta’minlashga hissa qo‘shayotgan barcha insonlardir. Ular sog‘lom, barqaror jamiyat qurish yo‘lida faoliyat olib borayotgan, ertangi kunning tinchligi uchun mehnat qilayotgan va boshqalarga namuna bo‘layotgan kishilardir. 


Har bir kishi vatanparvarlikni o‘z oilasidan, mahallasidan boshlashi lozim. Otinoyilar, ustozlar va ziyolilar yosh avlodga Vatanga bo‘lgan muhabbatni, uni himoya qilish mas’uliyatini yoshlikdan o‘rgatmog‘i kerak. Chunki kelajak avlodning ma’naviyati va irodasi Vatan mustaqilligini yanada mustahkamlaydi. 


Bugungi kunda yoshlar harbiy bilimlar bilan birga axloqiy va ma’naviy tarbiyaga ham katta ahamiyat berishi kerak. Shu yo‘l bilan ular Vatanga fidoyilik bilan xizmat qilishga tayyor, shijoatli va barkamol shaxslar bo‘lib yetishadi. 


14 yanvar kuni nafaqat bayram, balki Vatanga sadoqat va mas’uliyatni eslatuvchi muhim sana bo‘lib, har birimizga milliy iftixor hissini uyg‘otadi. Tinchlikning qadrini bilish, uni asrash va kelajak avlodga sog‘lom yurt qoldirish barchamiz uchun muqaddas burchdir. 


Rizvon Bahramova,
Buxoro viloyati bosh imom-xatibining
xotin-qizlar masalalari bo‘yicha yordamchisi

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sport – birdamlik ramzi

28.01.2026   3375   2 min.
Sport – birdamlik ramzi

Sog‘ tanda – sog‘lom aql

Inson tetik, bardam va baquvvat bo‘lishi uchun muntazam ravishda jismoniy tarbiya bilan shug‘ullanishi kerak. Ayniqsa, bugungi farovon hayotda – har bir oilada jon boshiga bittadan avtoulov to‘g‘ri kelayotgan davrda bu juda muhim.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari tashabbuslari bilan diniy soha xodimlari o‘rtasida «Sog‘ tanda – sog‘lom aql» shiori ostida sportning voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka turlari bo‘yicha  musobaqalar bo‘lib o‘tyapti.
Bugun, 28 yanvar kuni poytaxtimiz imom-xatiblari va imom noiblari o‘rtasida sportning voleybol, stol tennisi, shaxmat-shashka musobaqalarining Toshkent shahar bosiqchi juda ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.
Musobaqani Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov va hamkor tashkilotlar mutasaddilari ochib berdilar.
Tabiiyki, musobaqalarda tez qaror qabul qila oladigan, abjir, chaqqon va epchillarga omad kulib boqadi.

Voleybol bo‘yicha 

1-o‘rin Yunusobod tumani 
2-o‘rin Uchtepa tumani  
3-o‘rin Sergeli tumani diniy soha xodimlariga nasib etdi.

Stol tennisi musobaqasida 

1-o‘rin Yunusobod tumani «Masjidul Xayr» masjidi imom noibi Adhamxo‘ja domla Hikmatullayev; 
2-o‘rin Mirzo Ulug‘bek tumani «Oltintepa» masjidi imom noibi Rahmatulloh domla Hikmatullayev; 
3-o‘rin Mirobod tumani «al-Badr» masjidi imom noibi Jamshid domla Nazarov loyiq ko‘rildi.

Shashka yo‘nalishida 

1-o‘rin Shayxontohur tumani «Obidxon Maxdum» masjidi imom noibi Adham domla Latipov; 
2-o‘rin Uchtepa tumani «Aziz ota» masjidi imom noibi Abdurahmon domla Kamolov; 
3-o‘rin Yunusobod tumani «Omina» masjidi imom noibi Abdurahim domla To‘raqulov munosib ko‘rildi.

Shaxmat bo‘yicha ham g‘oliblar aniqlandi:

1-o‘rin Bektemir tumani «Bektemir» jome masjidi imom-xatibi Ziyovuddin domla Aymuhamedovga; 
2-o‘rin Sergeli tumani «Ma’ruf ota» masjidi imomi Sarvar domla Muhammadiyevga; 
3-o‘rin Mirzo Ulug‘bek tumani «To‘ra buva» masjidi imom noibi Muhammadamin domla Abdullajonovga nasib etdi.

G‘oliblarga qimmatbaho sovg‘alar va faxriy yorliqlar topshirildi.

Toshkent shahar vakilligi
Matbuot xizmati

Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi Sport – birdamlik ramzi
O'zbekiston yangiliklari