Sayt test holatida ishlamoqda!
07 Sentabr, 2025   |   15 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:34
Quyosh
05:55
Peshin
12:26
Asr
16:54
Shom
18:50
Xufton
20:04
Bismillah
07 Sentabr, 2025, 15 Rabi`ul avval, 1447
Maqolalar

Tishga plomba qo‘yishdan oldin tahorat bo‘lishi shartmi?

28.01.2025   6815   1 min.
Tishga plomba qo‘yishdan oldin tahorat bo‘lishi shartmi?

Cavol: Tishimni davolatdim. Tahoratim bor edi, lekin shifokor tishimni tozalayotganda qon chiqib ketdi. Shundan keyin plombalab qo‘ydi. Endi tahoratlarim chala bo‘lib qolmaydimi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ulamolar zarurat tufayli tish qoplatish va qoplama (plomba) qo‘yishni joiz deyishgan. Chunki buni davolanish deb hisoblanadi. Bu holatda bemor tahoratli, pok bo‘lishi shart qilinmagan. Tish, qoplama qo‘ydirgandan keyin tahorat yoki g‘uslda og‘zini chayqaganda qoplangan tishning ustini yuvish ostini yuvish o‘rniga o‘tadi. Chunki ulamolar jarohat ustiga biror narsani bog‘lash vaqtida tahoratli bo‘lish shart emas, deyishgan. Qoplangan tish va plombalar ham mana shu hukmga tushadi (“Al-lubob fi sharhil kitob” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar
Boshqa maqolalar

”Muftiy sovrini” musobaqasining viloyat bosqichi yakunlandi

04.09.2025   3031   1 min.
”Muftiy sovrini” musobaqasining viloyat bosqichi yakunlandi

Videolavhalar