Cavol: Tishimni davolatdim. Tahoratim bor edi, lekin shifokor tishimni tozalayotganda qon chiqib ketdi. Shundan keyin plombalab qo‘ydi. Endi tahoratlarim chala bo‘lib qolmaydimi?
Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ulamolar zarurat tufayli tish qoplatish va qoplama (plomba) qo‘yishni joiz deyishgan. Chunki buni davolanish deb hisoblanadi. Bu holatda bemor tahoratli, pok bo‘lishi shart qilinmagan. Tish, qoplama qo‘ydirgandan keyin tahorat yoki g‘uslda og‘zini chayqaganda qoplangan tishning ustini yuvish ostini yuvish o‘rniga o‘tadi. Chunki ulamolar jarohat ustiga biror narsani bog‘lash vaqtida tahoratli bo‘lish shart emas, deyishgan. Qoplangan tish va plombalar ham mana shu hukmga tushadi (“Al-lubob fi sharhil kitob” kitobi). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.
#Faollar_taqdirlandi
Shu yil 6 sentyabr kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi "Shamsuddinxon Boboxonov" nashriyot-matbaa ijodiy uyining «Hidoyat» va «Mo‘minalar» jurnallari hamda «Islom nuri» gazetasiga 2025 yil uchun obuna targ‘ibotlarida faol bo‘lgan diniy soha xodimlari munosib taqdirlandi.
Odamlarga ma’rifat ulashish, aholining bilimini oshirish, diniy savodxonligini yanada yuksaltirish har bir imom-xatib. imom noibi, otinoyilar zimmasidagi burchdir. Bu jarayonda davriy nashrlarning alohida o‘rni bor.
Tadbirda mazkur nashrlarga 2026 yil uchun obunani uyushqoqlik bilan tashkil etish, har bir xonadonga ziyo kirib borishiga hissa qo‘shish masalalari muhokama qilindi.
Tadbir so‘ngida esa faol imom-xatiblar «Shamsuddinxon Boboxonov» nashriyot-matbaa ijodiy uyining esdalik sovg‘alari va tashakkurnomalari bilan taqdirlandi.
Yig‘ilish xayrli duolar bilan yakunlandi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Qashqadaryo viloyati vakilligi
Matbuot xizmati