O‘zbekiston milliy jamoasi 20 mart kuni JCH-2026 saralashi doirasida Qirg‘izistonni qabul qiladi.
Ramazon oyi munosabati bilan muxlislarga qulaylik yaratish maqsadida O‘FA o‘yin vaqtini o‘zgartirish borasida OFKga so‘rov yubordi va ijobiy javob oldi.
Shu tariqa bellashuv Toshkent vaqti bilan 21:15 ga ko‘chirildi.
Manba: tribuna.uz
Bismillahir Rohmanir Rohiym
Har kuni farzandlarimni bog‘chaga olib borar ekanman, Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlarini eslataman: “Taomlanishdan oldin qo‘llaringizni yuving, ovqatni o‘ng qo‘lingiz bilan “bismillah”ni aytib yeng, taomlanib bo‘lib Allohga hamd ayting, Allohni zikr qilishni unutmang, ayniqsa “Subhanallohi va bihamdihi”ni ko‘p ayting, juma kunlari salavot: “Allohumma solli ’alaa Sayyidina Muhammad”ni aytishni ko‘paytiring”.
Kunlarning birida bolalarimni bog‘chaga olib ketardim. Odatdagidek kundalik odoblarni unutmasliklarini birma-bir takrorlab, eslatdim. Bolalarimni bog‘cha opasiga topshirib, “Allohim farzandlarim O‘zingga omonat. Hasbiyallohu laa ilaha illa huva ’alayhi tavakkaltu va huva Robbul ’arshil ’aziym”, deb ortimga qaytdim.
Shunda bog‘cha opasi: “Farzandlaringiz juda tarbiyali. Har safar ovqatlanib bo‘lishgach, duo qilishadi”, dedi. Bu gapdan nihoyatda quvonib ketdim. Chunki dilbandimning sevikli Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning odoblaridan biriga amal qilishi men uchun dunyo va undagi jamiki narsalardan sevimliroqdir. Shunda hayolimda faqat bir gap aylanardi: “Demak, farzandlarga odobni qayta-qayta eslataverish, aslo malollanmaslik va erinchoqlik qilmaslik kerak ekan”.
Siz ko‘zingiz quvonchiga qaysi odoblarni eslatyapsiz.....?
Davron NURMUHAMMAD