Muhtaram Prezidentimizning «Ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risida»gi qarorlariga binoan bu yilgi Ramazon oyi «Ramazon – saxovat, birdamlik va bag‘rikenglik oyi» g‘oyasi asosida yuqori saviyada o‘tkazilmoqda. Ramazonning uchinchi kuni (3 mart) Toshkent shahar bosh imom-xatibi Abduqahhor domla Yunusov Uchtepa tumaniga tashrif buyurdi.
Mustaqilligimizning 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Sirdaryo viloyati vakilligi, «Vaqf xayriya» jamoat fondi hamda viloyat hokimligi hamkorligida kam ta’minlangan oilalarning 35 nafar farzandi uchun sunnat to‘yi o‘tkazildi.
Xayrli tadbir davomida bolajonlarga kiyim-kechaklar va sovg‘a-salomlar taqdim etilib, ularning quvonchiga quvonch ulashildi. To‘yxonada osh damlanib, mehmonlar va yurtdoshlarga dasturxon yozildi.
Bunday xayrli va saxovatli ishlar mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida amalga oshirilib, xalqimizga bo‘lgan mehr-e’tibor va g‘amxo‘rlikning yana bir yorqin namunasi bo‘ldi.
Sirdaryo viloyati vakilligi matbuot xizmati