Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Avgust, 2025   |   3 Rabi`ul avval, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:19
Quyosh
05:43
Peshin
12:30
Asr
17:09
Shom
19:10
Xufton
20:27
Bismillah
26 Avgust, 2025, 3 Rabi`ul avval, 1447
Yangiliklar

Turkiya telekanallarining Ramazon dasturlarida O‘zbekiston ziyorat turizmi targ‘ib etilmoqda

04.03.2025   12477   1 min.
Turkiya telekanallarining Ramazon dasturlarida O‘zbekiston ziyorat turizmi targ‘ib etilmoqda

Turkiyaning "TRT-Avaz" va "Samarqand-TV" telekanallarining muborak Ramazon oyi uchun mo‘ljallangan dasturlarida O‘zbekiston tarixiy shaharlari haqidagi ko‘rsatuvlar namoyish etilyapti, deb xabar qilmoqda "Dunyo" AA muxbiri.
 

Mazkur telekanallarning muborak Ramazon dasturlari uchun aynan O‘zbekistonni tanlagani bejiz emas. Chunki, turk xalqi mamlakatimizni "Ota yurt" deya e’zozlaydi, mushtarak milliy va diniy qadriyatlarimizning asoslarini Movarounnahrda deb biladi.

 

"TRT-Avaz" tekanalida namoyish etilayotgan "Turkistonda so‘zning mohiyati", "Samarqand-TV"da taqdim etayotgan "Saharlik majlisi" va "Iftordan avval" dasturlari butun Ramazon oyi davomida "praym-taym" vaqtida efirga uzatilayotgani e’tiborga molikdir.

 

Qayd etish kerakki, dasturlar davomida mamlakatimizning tarixiy va muqaddas diniy qadamjolari, Movarounnahrda yetishib chiqqan islom olamidagi mashhur olimlar, shuningdek, so‘nggi yillarda yurtimizdagi qadimiy ziyoratgohlarni asrab-avaylash va obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqidagi ma’lumotlar teletomoshabinlar e’tiboriga taqdim etilyapti.

 

Mazkur teleloyihalar mamlakatimizning ziyorat turizmi salohiyatini targ‘ib qilish va yurtimizga sayyohlar oqimini ko‘paytirish yo‘lidagi muhim qadam hisoblanadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar

Agar xohlamasang, qaytib ketadi

25.08.2025   1596   1 min.
Agar xohlamasang, qaytib ketadi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Bismillahir Rohmanir Rohiym.
Alloh taologa bitmas-tuganmas hamdu sanolar bo‘lsin.
Payg‘ambarimizga mukammal va batamom salavotu durudlar bo‘lsin.

Abu Mas’ud Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Bir kishi besh kishilik taom hozirlab, beshinchisi etib Rasulullohni ham chaqirdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam o‘zlari bilan bir kishini ham olib keldilar. Uning eshigi oldiga yaqinlashganlarida, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uy egasiga: «Bu kishi menga ergashib keldi. Agar xohlasang, bunga izn ber, kirsin. Agar xohlamasang, qaytib ketadi», deganlarida, uy egasi: «Yo Rasululloh, uning kirishiga izn beraman», deb aytdi» (Imom Buxoriy va Muslim rivoyati).

Imom Navaviyning «Al-Azkor» kitobidan