Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyul, 2025   |   21 Muharram, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
05:04
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:31
Bismillah
16 Iyul, 2025, 21 Muharram, 1447
Yangiliklar

Uyli bo‘lish saodati va bolajonlar quvonchi

29.03.2025   7041   1 min.
Uyli bo‘lish saodati va bolajonlar quvonchi

Mamlakatimizda kam ta’minlangan oilalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning yashash sharoitlarini yaxshilash borasida ibratli ishlar amalga oshirilmoqda. O‘MI Xorazm viloyati vakili Xayrulla domla Abdullayev, Urganch shahar bosh imom-xatibi Hasanboy domla Kenjayev va Urganch shahar “Ko‘zli ota” masjidi imom-xatibi Xoshimjon domla Otajonovlar homiylarni jalb qilgan holda Urganch shahrida boquvchisini yo‘qotgan, ijtimoiy himoyaga muhtoj uchta oilaga Urganch shahrida qurib bitkazilgan barcha qulayliklarga ega ko‘p qavatli uylardan, 3 ta yangi xonadon hadya qilindi. Yangi uylarni topshirish marosimida Urganch shahar hokimi Bunyod Rajabov, mahalla ahli va mutasaddilar ishtirok etdi. Xayrulla domla Abdullayev uy-joyli bo‘lganlarni muborakbod etib, yangi uylarda yaxshi kunlar, to‘ylar bo‘lishini tiladilar. O‘z o‘rnida uy sohiblari ham bunday e’tibor va g‘amxo‘rlikdan ko‘ngli tog‘dek ko‘tarilib, bu ishning boshida turganlarni, insonparvarlik yordami ko‘rsatganlarni duo qildilar.
Mazkur xayrli tadbirda xizmati va saxovati bilan ishtirok etgan barcha saxiy insonlarni Alloh taoloning O‘zi mukofotlasin!

“Yaxshilikning mukofoti, faqat yaxshilikdir”!

https://zamaxshariy.uz/17470/

Uyli bo‘lish saodati va bolajonlar quvonchi Uyli bo‘lish saodati va bolajonlar quvonchi Uyli bo‘lish saodati va bolajonlar quvonchi Uyli bo‘lish saodati va bolajonlar quvonchi Uyli bo‘lish saodati va bolajonlar quvonchi Uyli bo‘lish saodati va bolajonlar quvonchi Uyli bo‘lish saodati va bolajonlar quvonchi Uyli bo‘lish saodati va bolajonlar quvonchi Uyli bo‘lish saodati va bolajonlar quvonchi
MAQOLA
Boshqa maqolalar

Ayol kishi eriga iqtido qilib namoz o‘qisa bo‘ladimi?

14.07.2025   2447   1 min.
Ayol kishi eriga iqtido qilib namoz o‘qisa bo‘ladimi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Ayol kishi uyida eriga iqtido qilib namoz o‘qisa bo‘ladimi? Agar joiz bo‘lsa, ayol qayerda turadi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Ha, ayollar uyda erlari yoki boshqa erkak mahramlariga iqtido qilgan holda jamoat bo‘lib namoz o‘qishlari joiz bo‘ladi. Bu borada alloma Alouddin Kosoniy rahimahulloh bunday zikr qiladilar:

“Agar imom bilan bir ayol namoz o‘qimoqchi bo‘lsa, uning orqasida turadi. Chunki ayolni erkak bilan bir safda yonma-yon turishi erkakning namozini buzadi. Agar imomdan tashqari bir erkak va bir ayol bo‘lsa, erkak imomning o‘ng tomoniga va ayol esa, orqasida turadi. Agar imomdan tashqari ikki erkak va bitta ayol bo‘lsa, ikki erkak imomning orqasida va bitta ayol ularning orqasida turadi. Agar erkaklar va ayollar hamda yosh o‘g‘il va qiz bolalar jamoat bo‘lib namoz o‘qimoqchi bo‘lsalar, u holda imomning orqasida dastlab balog‘atga yetgan erkaklar turadi. So‘ng balog‘atga yetmagan yosh o‘g‘il bolalar, so‘ng balog‘atga yetgan ayollar, so‘ng yosh qizlar turadilar” (“Badoyeus-sanoye’” kitobi). Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi