Sayt test holatida ishlamoqda!
05 Mart, 2026   |   16 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:34
Quyosh
06:52
Peshin
12:40
Asr
16:33
Shom
18:22
Xufton
19:34
Bismillah
05 Mart, 2026, 16 Ramazon, 1447

Qatar davlati vaqf va islom ishlari vaziri Akademiyada mehmon bo‘ldi

17.04.2025   15373   2 min.
Qatar davlati vaqf va islom ishlari vaziri Akademiyada mehmon bo‘ldi

Shu yil 16 aprel kuni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Qatar Davlati vaqf va islom ishlari vaziri G‘anim bin Shahin al-G‘anim boshchiligidagi delegatsiya tashrif buyurdi.


Taniqli olimni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, Akademiya prorektorlari – Habibullo Sadibaqosev, Olim Astanakulov, Salim Dusanov, Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev hamda "Arab tili va adabiyoti al-Azhar" kafedrasi katta o‘qituvchisi Bahodir Pirmuhamedov kutib oldi.


Uchrashuv avvalida Akademiya rektori Muzaffar Komilov hurmatli mehmonlarga tashrif uchun minnatdorlik bildirdi.


Muassasaning tashkil etilishi tarixi, ilmiy faoliyati, ta’lim yo‘nalishlari, maqsad va vazifalari hamda Akademiya huzurida faoliyat yuritayotgan markazlar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berdi. Akademiya davlat ta’lim muassasasi sifatida ta’sis etilgani, unda uzluksiz ta’lim yo‘lga qo‘yilgani, diniy va dunyoviy fanlar asosida ta’lim berilishini qayd etdi.


O‘z navbatida G‘anim bin Shahin al-G‘anim mehmondo‘st va ulug‘ allomalar yurti bo‘lgan O‘zbekistonga tashrifidan mamnunligini, Prezident Shavkat Mirziyoyev boshchiligida diniy-ma’rifiy soha rivojiga qaratilayotgan e’tibor kun kelib, ajdodlariga munosib avlodlar yetishishiga zamin bo‘lishini alohida ta’kidladi.


Keyingi yillarda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev hamda Qatar Davlati Amiri Shayx Tamim bin Hamad Ol Soniy o‘rtasidagi do‘stona muloqot, samimiy hamkorlik tobora kuchayib borayotgani e’tirof etildi.


Ikki mamlakat o‘rtasida savdo-iqtisodiy, investitsiyaviy, madaniy-ma’rifiy, ilmiy-gumanitar sohalarda hamkorlik aloqalari rivojlanayotgani ta’kidlandi.


Samimiy muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlik aloqalari muhokama qilindi. 


Uchrashuvdan so‘ng mehmonlar "Manbalar xazinasi" bo‘limida ham bo‘lib, u yerda saqlanayotgan islom diniga oid nodir qo‘lyozma va toshbosma asarlar, "Usmon Mus'hafi" hamda "Langar Qur’oni"ning nusxalari bilan tanishdilar.


Uchrashuv yakunida delegatsiya a’zolari ko‘rsatilgan iltifot va yuqori darajadagi mehmondo‘stlik uchun minnatdorlik bildirdi. 

iiau.uz

 

 

Qatar davlati vaqf va islom ishlari vaziri Akademiyada mehmon bo‘ldi Qatar davlati vaqf va islom ishlari vaziri Akademiyada mehmon bo‘ldi Qatar davlati vaqf va islom ishlari vaziri Akademiyada mehmon bo‘ldi Qatar davlati vaqf va islom ishlari vaziri Akademiyada mehmon bo‘ldi Qatar davlati vaqf va islom ishlari vaziri Akademiyada mehmon bo‘ldi Qatar davlati vaqf va islom ishlari vaziri Akademiyada mehmon bo‘ldi Qatar davlati vaqf va islom ishlari vaziri Akademiyada mehmon bo‘ldi Qatar davlati vaqf va islom ishlari vaziri Akademiyada mehmon bo‘ldi Qatar davlati vaqf va islom ishlari vaziri Akademiyada mehmon bo‘ldi
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Bu bilan muammolaringizning “vazni” o‘zgarmaydi

04.03.2026   1497   1 min.
Bu bilan muammolaringizning “vazni” o‘zgarmaydi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Kunlardan birida professor qo‘liga suv to‘ldirilgan idishni oldida, qo‘llarini oldinga uzatib, talabalardan so‘radi:
– Agar bu idishni shu holatda uzoq vaqt ushlab tursam nima bo‘ladi?
– Qo‘llaringiz og‘rib ketadi.
– Bir kun ushlab tursam-chi?
– Qo‘llaringiz zo‘riqib, uyushib, tamom bo‘ladi, mushaklaringiz shikastlanishi ham mumkin.
– Agar kun bo‘yi tursam, idishning vazni o‘zgaradimi?
– Aslo yo‘q!
– Xo‘sh, bu ahvoldan qutilish uchun nima qilishim kerak?
– Oddiy-ku! Idishni qaytarib stol ustiga qo‘ying!
– Barakalla! – yuzlariga kulgu yugirib javob berdi professor. Hayotda uchraydigan qiyinchiliklar ham shunga o‘xshaydi. Agar muammolaringizni bir necha daqiqa o‘ylasangiz, ular sizga yaqinlashadi. Hayolingizni uzoq vaqt ular bilan band qilsangiz, tinkangizni quritadi. Kun bo‘yi shu muammolaringiz dardida yuradigan bo‘lsangiz, miyangiz og‘rib, to‘g‘ri qaror qabul qilolmaydigan holga kelib qoladi. Bu bilan muammolaringizning “vazni” o‘zgarmaydi. Shunday ekan, sabr va duo bilan Alloh taolodan umidvor bo‘ling. Zero, Alloh sabr qiluvchilar bilan birgadir.

 

Maqolalar