Uch yashar qizi uyni betartib qilib tashlagani uchun otasi unga qattiqroq tanbeh berdi. Ertasiga qizi otasiga bir quti hadya qildi. Otasi bo‘sh qutini ko‘rib, qizining bu ishini tushunolmadi va: “Bu nimasi, qizim, meni masxara qilyapsanmi?” dedi. Qizi esa: “Kecha meni urishgan paytingiz sizga aytishdan qo‘rqib shu qutini ochdim va ichiga sizni yaxshi ko‘rishimni aytib, og‘zini berkitib qo‘ydim. Bugun jahlingiz chiqmay turgani uchun olib kelib berdim”, dedi. Shunda ota xato yo‘l tutayotganini anglab yetdi. Qizini opichladi. Uning bundan naqadar xursand bo‘lgani ko‘z oldida qoldi.
Oradan yillar o‘tsa-da, ishi yurishmasa yo kayfiyati bo‘lmasa o‘sha kunni eslab, bo‘sh qutini ochib qararkan, tashvishlarini unutdi.
Darhaqiqat, qiz farzand otasiga o‘g‘il farzanddan ham ko‘proq mehrli bo‘lishar ekan. Hadislarda bir qiz farzandni bo‘lsa-da, tarbiyalab o‘stirgan otaga jannat bashorati berilgani bejizmas ekan.
Alloh bergan bu ne’matlarning qadriga yetaylik. Zero, qancha odamlar, o‘g‘il bo‘lsin, qiz bo‘lsin – ko‘p yillar davomida farzand ne’matiga zor.
Akbarshoh RASULOV
2025-2026 o‘quv yili bo‘yicha oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari Mandat natijalaridan norozi bo‘lib belgilangan muddatda ariza bergan abituriyentlarning ishlarini ko‘rib chiqish Apellyatsiya komissiyasi tomonidan 2025 yil 27 avgust kuni soat 9:00 da "Ko‘kaldosh" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi binosida o‘tkaziladi.
Apellyatsiya bergan barcha abituriyentlar belgilangan manzilga kelishlarini so‘raymiz.
Abituriyentlar apellyatsiyaga shaxsini tasdiqlovchi pasporti yoki ID karta hamda imtihon ruxsatnomasi bilan kelishi talab etiladi.
Manzil: Toshkent shahar, Shayxontohur tumani, Navoiy ko‘chasi 46-uy.
Google Karta (https://maps.app.goo.gl/FSCaAC1zuFw9CX4cA)
Yandex Karta (https://yandex.uz/maps/-/CLA4fPIf)
Diqqat: belgilangan muddatda kelmaganlar uchun qayta apellyatsiya o‘tkazilmaydi!
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Ta’lim va ilmiy-tadqiqot bo‘limi