Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Iyun, 2025   |   23 Zulhijja, 1446

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:50
Peshin
12:29
Asr
17:40
Shom
20:02
Xufton
21:41
Bismillah
19 Iyun, 2025, 23 Zulhijja, 1446

Hojilarimiz ona Vatanga qaytishmoqda

12.06.2025   17640   1 min.
Hojilarimiz ona Vatanga qaytishmoqda

#xabar #haj2025
Bugun, 12 iyun kuni erta tongda yurtimiz hojilarining ilk guruhlari yurtimizga yo‘l olishdi. 

 

Aytib o‘tish joiz, bu yilgi haj mavsumi har qachongidan ham fayzli, shukuhli o‘tdi. Haj arkonlarini bajarish uchun yurtimiz mo‘min-musulmonlariga Madinai munavvara, Makkai mukarramada yaratilgan shart-sharoitlarga ko‘plab musulmonlarning havasi kelganiga barcha guvoh bo‘ldi. 

 

Ayniqsa, mehmonxonalar, Mino, Arafot vodiylaridagi qulaylik va imkoniyatlar, tibbiy va transport xizmatlari barchani mamnun etdi. 

 

Endilikda ibodatlarni huzurlanib ado etgan, yuz-ko‘zlari porlagan, peshonalaridan nur balqigan hojilarimizning dastlabki guruhi diyorimizga qaytishmoqda.  

 

Alloh taolo hojilarimizning hajlarini qabul aylasin. Farzandu anjumandlari bag‘riga eson-omon yetib olishsin. 

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Hojilarimiz ona Vatanga qaytishmoqda Hojilarimiz ona Vatanga qaytishmoqda Hojilarimiz ona Vatanga qaytishmoqda Hojilarimiz ona Vatanga qaytishmoqda Hojilarimiz ona Vatanga qaytishmoqda Hojilarimiz ona Vatanga qaytishmoqda Hojilarimiz ona Vatanga qaytishmoqda Hojilarimiz ona Vatanga qaytishmoqda Hojilarimiz ona Vatanga qaytishmoqda
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Osoyishtalik siri

17.06.2025   5729   1 min.
Osoyishtalik siri

Er-xotin tez-tez urishib qolaverdi. Shunda ayoli eriga: 
 

– Dadasi, qo‘shnilarimiz biror marta urishganini eshitmadim. Biz esa tez-tez janjallashib qolyapmiz. Qarshi bo‘lmasangiz, qo‘shni ayoldan buning sirini bilib kelaman, – dedi. 
 

Eri rozi bo‘ldi. Ayol qo‘shni ayol bilan suhbatlashgani chiqib, undan  oilada osoyishtalikni saqlash siri haqida so‘radi. 
 

Bu paytda qo‘shni ayol oshxonada ovqat qilayotgan, uning eri esa stolda bir nimalarni yozib o‘tirgandi. Shunda birdan telefon jiringladi. Eri telefon oldiga borar ekan, bexos stol ustida turgan vazani turtib yubordi. Vaza yerga tushib, sindi. Bu holni ko‘rgan ayoli darrov kelib vazani siniqlarini tera boshladi. Eri ayoliga aybdorona qarab, uzr so‘radi. Ayoli esa: “Aslida men sizdan uzr so‘rayman. Chunki vazani stol ustiga – noqulay joyga qo‘ygan ekanman”, dedi.


Bu holni kuzatgan qo‘shni ayol uyiga qaytib keldi va nimalar ko‘rganini aytib berdi. So‘zi yakunida: “Oddiy bir ishda ular ikkalasi ham o‘zini aybdor hisoblarkan. Biz esa har ishda o‘zimizni haq, deymiz. Janjalimiz sababi shundan ekan”, dedi.


Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bunday deganlar: «Haq bo‘la turib janjalni tark etgan kishiga jannat yonidagi bir uyga kafilman. Hazildan bo‘lsa ham, yolg‘onni tark etgan kishiga jannat o‘rtasidagi bir uyga kafilman. Chiroyli xulqli kishiga jannatning eng yuqorisidagi bir uyga kafilman» (Imom Abu Dovud rivoyati). 
 

Mana, osoyishtalik siri nimada ekan! 

Akbarshoh Rasulov

 

Ibratli hikoyalar