frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null

Muftiy hazrat dunyo ulamolarini ummat hamjihatligi yo‘lida hamkorlikka chaqirdilar

05.09.2025   13374   1 min.
Muftiy hazrat dunyo ulamolarini ummat hamjihatligi yo‘lida hamkorlikka chaqirdilar

#xabar #muftiy #anjuman

Rio-de-Janeyro shahrida bo‘lib o‘tgan xalqaro anjumanda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari dunyoda tinchlik-osoyishtalikni ta’minlash va musulmon ummati hamjihatligi yo‘lida ulamolar hamkorligi zarurligi to‘g‘risida nutq so‘zladilar. 
 

Konferensiyada Xalqaro islom fiqhi akademiyasi Bosh kotibi Qutub Mustafo Sano, Rossiya Federatsiyasi musulmonlari diniy idorasi raisi, muftiy Shayx Ravil Gaynutdin, Misr Bosh muftiysi maslahatchisi Ibrohim Najm, Muhammad bin Zoid nomidagi gumanitar fanlar universiteti rektori Xalifa Muborak al-Dohariy va Braziliya musulmon uyushmalari federatsiyasi vitse-prezidenti Ali Husayn al-Zohbi kabi davlat va din arboblari, ulamolar o‘z ma’ruzalari bilan chiqish qildilar. 


Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari butun dunyoda murakkab vaziyat hukm surayotgan, ayniqsa, insoniyat turli qiyinchilik va muammolarga duch kelayotgan bir pallada ziyolilar, din peshvolari va ulamolarning o‘zaro mushtarak maqsadlarda sa’y-harakat qilishi hamda dunyo xalqlarini tinchlik, birodarlik, ahillikka da’vat etishlari juda dolzarb ekaniga urg‘u qaratdilar. 


Shuningdek, Muftiy hazratlari Islom ma’rifatini keng targ‘ib etish, millatlar o‘rtasidagi hamjihatlik va o‘zaro totuvlikni mustahkamlash hamda dinimiz ta’limotini ilmiy jihatdan chuqur o‘rganish borasidagi O‘zbekiston tajribasi va diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlarning mazmun-mohiyatini ishtirokchilar e’tiboriga bayon etdilar.


Anjuman doirasidagi tadbirlar va uchrashuvlar 5 sentyabr kuni ham davom etadi.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
 

Muftiy hazrat dunyo ulamolarini ummat hamjihatligi yo‘lida hamkorlikka chaqirdilar Muftiy hazrat dunyo ulamolarini ummat hamjihatligi yo‘lida hamkorlikka chaqirdilar Muftiy hazrat dunyo ulamolarini ummat hamjihatligi yo‘lida hamkorlikka chaqirdilar Muftiy hazrat dunyo ulamolarini ummat hamjihatligi yo‘lida hamkorlikka chaqirdilar Muftiy hazrat dunyo ulamolarini ummat hamjihatligi yo‘lida hamkorlikka chaqirdilar Muftiy hazrat dunyo ulamolarini ummat hamjihatligi yo‘lida hamkorlikka chaqirdilar Muftiy hazrat dunyo ulamolarini ummat hamjihatligi yo‘lida hamkorlikka chaqirdilar
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Pokiston OAV: O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi merosini tiklashda muhim tashabbuskor bo‘lmoqda

15.07.2026   1618   1 min.
Pokiston OAV: O‘zbekiston Islom sivilizatsiyasi merosini tiklashda muhim tashabbuskor bo‘lmoqda

Pokistonning “Diplomatic News Agency”, “Islamabad Post”, “News Network Pakistan”, “The World News”, “Infora News” nashrlarida O‘zbekistonda bo‘lib o‘tgan I Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumi haqida turkum maqolalar e’lon qilindi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Pokiston matbuotining yozishicha, mazkur forum tinchlik, bag‘rikenglik, ma’rifat, madaniyatlararo va dinlararo muloqot tamoyillari asosida tashkil etilgan. Ushbu yirik tadbirda O‘zbekistonning butun mintaqa, islom va jahon sivilizatsiyasining shakllanishi hamda taraqqiyotiga qo‘shgan hissasi e’tirof etilgan holda maxsus deklaratsiya qabul qilingan.

Mazkur deklaratsiyada O‘zbekiston Prezidentiga chuqur minnatdorlik izhor etilgani, O‘zbekiston yetakchisi tomonidan 2017 yilda BMT Bosh Assambleyasining 72-sessiyasida ilgari surilgan tashabbusning bugungi jamiyat uchun beqiyos ahamiyati e’tirof etilgan. Ushbu tashabbus islom sivilizatsiyasining boy insonparvarlik merosini qayta tiklash, ilmiy jihatdan o‘rganish va keng targ‘ib etishga qaratilgan.

Shu bilan birga, maqolada forum ishtirokchilari bir ovozdan O‘zbekistonda Islom sivilizatsiyasi markazining tashkil etilgani, uning samarali faoliyati yo‘lga qo‘yilgani va Birinchi Xalqaro Islom sivilizatsiyasi forumining o‘tkazilishi mazkur tashabbusning amaliy ifodasi ekanini tasdiqlagani qayd etilgan. Bu sa’y-harakatlar musulmon ummatining bebaho merosini o‘rganish, asrab-avaylash va keng targ‘ib qilish borasida xalqaro hamkorlikning yangi davriga asos solgani shubhasiz.

Deklaratsiyada islom sivilizatsiyasi merosini o‘rganish, saqlash va keng targ‘ib qilish, xalqaro hamkorlikning yangi tizimini shakllantirish maqsad qilib belgilangan. Shu bilan birga, islom olamidagi nufuzli tashkilotlar va global tashabbuslarning alohida o‘rin tutishi qayd etilgan.

O‘zbekiston musulmonlar idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari