Sayt test holatida ishlamoqda!
23 Noyabr, 2026   |   13 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:57
Quyosh
07:15
Peshin
12:15
Asr
15:17
Shom
17:01
Xufton
18:17
Bismillah
23 Noyabr, 2026, 13 Jumadul soni, 1448

Savobi ulkan amal!

21.02.2024   1149   2 min.
Savobi ulkan amal!

Sahobalar Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlari keng yoyilishida beqiyos xizmat qilishgan. Bu bejizmas. Chunki Payg'ambarimiz alayhissalom bunday deganlar: “Me­ning gapimni eshitib, yodlab, singdirib, so'ngra qanday eshitgan bo'lsa, ana shunday etkazgan odamni Alloh ne'matlantirsin” (Imom Termiziy rivoyati). 

Tahoratdan so'ng duo qilishning fazi­latiga to'x­talsak. Umar ibn Hattob ro­ziyallohu an­hudan rivoyat qilinadi. Ra­sululloh sol­lallohu alayhi va sallam: «Kim yaxshilab ta­­horat olsa, so'ng­ra: “Ashhadu allaa ilaha illallohu vah­dahu laa shariykalahu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va Rasuluhu”, desa, uning uchun jannatning sakkizta eshigi ochiladi va xohlaganidan kiradi», dedilar (Imom Muslim rivoyati). 

Imom Termiziy Umar ibn Hattob ro­ziyallohu anhudan rivoyat qilgan hadis­da Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: «Kim yaxshilab tahorat olsa, so'ngra: “Ashhadu allaa ilaha illallohu vah­dahu laa shariykalahu va ashhadu anna Muhammadan abduhu va Rasuluhu. Allo­hummaj'alniy minat-tavvabiyn vaj'alniy minal mutatohhiriyn” desa, uning uchun jannatning sakkizta eshigi ochiladi va xohlaganidan kiradi», dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlariga muvofiq har bir mo'min tahoratdan so'ng yuqoridagi muborak kalimalarni aytishga odatlanishi maqsadga muvofiqdir. E'tibor qaratadigan bo'lsak, tahorat juda oson, savob­lari ulkan, gunohlarni ketkazuvchi, Allohga yaqinlashtiruvchi hamda jannatga etaklovchi amaldir. Ammo e'tiborsizlik, dangasalik va beparvolik sabab bunga amal qilmaymiz.

Alloh taolo barchamizni har bir ishda Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlarini o'rganib, unga amal qilib yashashni nasib aylasin! 

Obidjon ISMOILOV,

Sariosiyo tumani

“Imom Nizomiddin Sangardakiy”

jome masjidi imom-xatibi

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

20.11.2026   111759   1 min.
Xalqaro anjuman ishtirokchilari Hakim Termiziy maqbarasini ziyorat qildilar

Bugun, 20 noyabr kuni Termiz shahrida o‘tkazilgan «Hakim Termiziy ilmiy-ma’naviy merosining bugungi kundagi ahamiyati» mavzusidagi xalqaro konferensiya ishtirokchilari buyuk mutafakkir majmuasida bo‘ldilar.

Xorijiy davlatlardan tashrif buyurgan muftiylar, taniqli ulamo va islomshunos olimlar hamda mahalliy soha vakillari muqaddas qadamjoda Qur’oni karim tilovat qilib, ulug‘ muhaddis va mutasavvif haqlariga duoi fotiha o‘qidilar. Butun dunyoda tinchlik-osoyishtalik barqaror bo‘lishi, yurtimiz yanada obodlashib, ajdodlarga munosib avlodlar yetishib chiqishini so‘rab xayrli duolar qilindi.

Mehmonlar mahobatli maqbara, serfayz hovli hamda majmuada amalga oshirilgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

Ular O‘zbekistonda diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar va allomalar merosiga ko‘rsatilayotgan yuksak ehtiromga yuqori baho berdilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari