O‘zlaridan avvalgi sahobiylar, tobe’inlar va mujtahid ulamolarning yo‘lini tutib, mutashobih oyatlar haqida: “Alloh taoloning sifatlari oyati karimalarda qanday bo‘lsa shunday imon keltiramiz, ta’viliga kirishmaymiz”, – dedilar. Mo‘tazila va mushabbihalarning bid’atlari yuzaga chiqib, ularning so‘zlari tarqalgandan keyin bir qancha ulamolar chiqib ahli sunna val jamoaning e’tiqodini kalomiy hujjatlar va usuliy dalillar bilan quvvatladilar. Bu ishini Imom Abul Hasan Ash’ariy, Imom Moturidiy kabi zotlar ahli sunnaning e’tiqodini bayon qilish, shubhalarni daf qilish, naqliy va aqliy dalillar keltirish bilan chiroyli ado etdilar.
Manba: https://t.me/Muslim_Podcast_uz/100
Toshkent islom institutida «Aprel — O‘zbek va xorijiy tillar fan oyligi» doirasida Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti hamda «Ko‘kaldosh» o‘rta maxsus islom bilim yurti talabalari o‘rtasida do‘stona intellektual bellashuv bo‘lib o‘tdi.
Ta’lim muassasalari o‘rtasidagi ilmiy-ma’rifiy hamkorlikni mustahkamlash maqsadida tashkil etilgan mazkur musobaqa o‘zbek, rus va ingliz tillarida, jami 7 ta murakkab bosqichda o‘tkazildi.
Intellektual duel davomida talabalar nafaqat o‘zlarining til bilish salohiyati va grammatik mahoratlarini, balki mantiqiy fikrlash hamda tezkor qaror qabul qilish qobiliyatlarini ham namoyon etdi. T
Tadbirda ishtirok etgan soha mutaxassislari va ta’lim muassasalari rahbariyati ta’kidlaganidek, bu kabi ilmiy bellashuvlar bo‘lajak mutaxassislarning ham intellektual, ham ma’naviy rivojlanishida muhim poydevor bo‘lib xizmat qiladi.
Oliymahad.uz