Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Oktabr, 2025   |   16 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:09
Quyosh
06:27
Peshin
12:16
Asr
16:09
Shom
17:57
Xufton
19:09
Bismillah
08 Oktabr, 2025, 16 Rabi`us soni, 1447

Ilmning hammasidan quruq qoladi

06.10.2025   3067   1 min.
Ilmning hammasidan quruq qoladi

Salafi solihlardan qoida va meros bo‘lgan so‘z bor:

من رام العلم جملة ذهب عنه جملة

Kimki ilmning hammasini birdaniga o‘rganishni istasa, ilmning hammasidan quruq qoladi.


Oz vaqtda ilmning hammasini o‘rganib olaman, deya xomtama bo‘lgan talaba, ilmning hammasidan bebahra qoladi. Hech narsaga erishmaydi.


Qur’oni Karim ham Rasululloh sollallohu alayhi vasallam 23 (yigirma uch) yilda nozil bo‘lgan.


Imom Buxoriy rahimahulloh Sahihul Buxoriyni 16 (o‘n olti) yilda, har doim tahorat va ikki rakat nafl namoz o‘qib, so‘ngra yozganlar.


Imom Burhoniddin Marg‘inoniy rahimahulloh Hidoya asarlarini 13 (o‘n uch) yil mobaynida ro‘zador holda yozganlar.


Ilm kitoblari harfma-harf va kalima-kalima izohlab o‘rganiladi. Igna bilan quduq qazishga sabr-toqat, oliyhimmat, intizom va uzoq vaqt zarur. Shoshqaloqlik va puxtalik bir-biriga zid – hech qachon jamlanmaydi.


Tolibi ilm do‘stim! Ilmning eng boshi sabrdir: kitobga sabr qilasiz, ustozga sabr qilasiz, yashayotgan shahringizga sabr qilasiz, hamdarslaringizga sabr qilasiz va hokazo.

Ilm olish lazzatiga erishgach, sabr maqomidan rozilik va muhabbat maqomiga o‘tib olgach hayotingiz mazmuni kitob va ustozlar suhbatiga aylanadi.


Alloh taolo foydali ilm bersin!

Boshqa maqolalar

Musulmon bo‘lmagan aholini qatl etgan jannatga kirmaydi

08.10.2025   932   2 min.
Musulmon bo‘lmagan aholini qatl etgan jannatga kirmaydi

Musulmon mamlakatda istiqomat qilayotgan boshqa din vakili o‘sha yurtda yashayotgan musulmon aholi bilan bir xil huquq va erkinliklarga ega bo‘ladi.

Musulmon davlati eng avvalo boshqa din vakillari mamlakat ichida va tashqarisida tinch hayot kechirishlari uchun ularni ichki hujum va tashqi jabr-zulumdan muhofaza etmoqligi shart.

Abdulloh ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilingan hadisda Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam: (Aybsiz) zimmiyni o‘ldirgan kishi jannatning hidini hidlamas. Jannatning hidi esa qirq yillik masofadan ham kelib turadi[1]”.

Ushbu hadisda kofir bo‘lsa ham, inson joni Islom nazdida qanchalik qadr-qiymatga ega ekani ko‘rinib turibdi.

Hadisi sharifda “g‘ayridinni o‘ldirish”ning oqibati qandoq bo‘lishi ajoyib o‘xshatish ila vasf qilingan. Mazkur jinoyatni qilgan odam jannatning hidini ham hidlamaydi.

Jannatga kirish, undagi xushbo‘y mushku anbarlardan hidlab, lazzat olish u yoqda tursin, jannatning umumiy hidini ham hidlay olmaydi. Yaqiniga yo‘lay olmaslik qay darajada bo‘ladi? Bundoq jinoyat qilgan odam jannatdan qirq yillik yo‘l yurish masofasidan ham uzoqroqda bo‘ladi. Chunki jannatning hidi qirq yillik masofadan kelib turadi.

Bas, shundoq ekan, har bir mo‘min musulmon o‘zi bilan tinch-totuvlikda yashamoqchi bo‘lgan har bir g‘ayridinning hurmatini joyiga qo‘yishi, unga zinhor yomonlik qilmasligi zarur.

Ushbu hadisni Anvar Shoh Kashmiriy o‘zining “Fayz al-Boriy” kitobida sharhlab, quyidagilarni keltirib o‘tadilar: “Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallamning yuqorida keltirib o‘tilgan hadislarining eng asosiy mazmuni shundan iboratki, musulmonni o‘ldirish – ulkan gunoh, bu jirkanch ishni sodir etish kufrga olib borishligi va do‘zahda abadiy azob bo‘lishligi yaxshi ma’lum. Huddi shuningdek boshqa din vakilini o‘ldirish ham yuqoridagi kabi ulkan azoblarga sabab bo‘ladi”[2].


“The Fatwa on Terrorism and Suicide Bombings” kitobidan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi


[1] Imom Buhoriy, Sahih: Kitab al-jizya, 3:1155 §2995; ibn Moja, Sunan: Kitab al-diyot, 2:896, §2686; al-Bazzor, Musnad, 6:368 §2383.                    

[2] Anvar Shoh Kashmiri, Fayz al-Bori ala Sahih al-Buhoriy, 4:288