Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Sentabr, 2026   |   26 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:35
Quyosh
05:56
Peshin
12:21
Asr
16:52
Shom
18:49
Xufton
20:06
Bismillah
08 Sentabr, 2026, 26 Rabi`ul avval, 1448
Yangiliklar

Imomlarning idoraviy, ma’naviy va ma’rifiy faoliyatini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi

07.10.2025   8487   1 min.
Imomlarning idoraviy, ma’naviy va ma’rifiy faoliyatini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi

Andijon viloyatida bo‘lib o‘tayotgan ilmiy-amaliy seminar doirasida viloyat bosh imom-xatiblari o‘zlariga biriktirilgan hududlarga chiqib, masjidlar va ulardagi imom-xatiblar faoliyati bilan yaqindan tanishdilar. Bundan ko‘zlangan maqsad, imom-xatiblarning ma’naviy-ma’rifiy hamda masjidni boshqarish yo‘nalishidagi faoliyati bilan yaqindan tanishish, ular bilan birgalikda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazish, ularga amaliy ko‘mak va maslahat berishdir.

Amaliy jarayonda ustav asosida ish va hujjat yuritish, jamoani boshqarish, masjidni toza va ozoda saqlash, unda qulay sharoitlar yaratish, kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, yong‘in xavfsizligi choralarini kuchaytirish kabi holatlar alohida ko‘rib chiqildi.

O‘rganishlar natijasiga ko‘ra masjidlarda yaratilgan sharoit hamda imom-xatib boshchiligida masjidlar jamoalarining faoliyatiga ijobiy baholar berildi. 

Shuningdek, imom-xatiblarga masjidlarning moliyaviy ishlariga doir faoliyatni tartibga solish, tushumlar shaffofligini ta’minlash va muqobil energiya manbalaridan unumli foydalanish ishlariga doir zaruriy ko‘rsatma va muhim tavsiyalar berib o‘tildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Imomlarning idoraviy, ma’naviy va ma’rifiy faoliyatini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi Imomlarning idoraviy, ma’naviy va ma’rifiy faoliyatini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi Imomlarning idoraviy, ma’naviy va ma’rifiy faoliyatini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi Imomlarning idoraviy, ma’naviy va ma’rifiy faoliyatini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi Imomlarning idoraviy, ma’naviy va ma’rifiy faoliyatini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi Imomlarning idoraviy, ma’naviy va ma’rifiy faoliyatini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi Imomlarning idoraviy, ma’naviy va ma’rifiy faoliyatini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi Imomlarning idoraviy, ma’naviy va ma’rifiy faoliyatini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi Imomlarning idoraviy, ma’naviy va ma’rifiy faoliyatini rivojlantirish yuzasidan tavsiyalar berildi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xalqaro anjumanda ayollar huquqi muhofazasi masalalari muhokama qilindi

08.09.2026   2329   2 min.
Xalqaro anjumanda ayollar huquqi muhofazasi masalalari muhokama qilindi

Xabar berganimizdek, Jidda shahrida Xalqaro Islom fiqhi akademiyasi va Musulmon olami uyushmasi hamkorligida tashkil etilgan «Ayollarga nisbatan zo‘ravonlikka qarshi kurashda din peshvolarining roli» mavzusidagi xalqaro konferensiyada O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari qatnashdi.

Shuningdek, anjumanda Masjid al-Harom imomi Shayx Solih bin Humayd, Xalqaro Islom fiqhi akademiyasi Bosh kotibi doktor Qutb Mustafo Sano, Musulmon olami uyushmasi Bosh kotibi Shayx Muhammad Abdulkarim al-Iso, Misr muftiysi Nazir Muhammad Ayyod, taniqli ulamolar, yetuk faqihlar, muftiylari hamda tadqiqotchilar ishtirok etishdi.

Ilmiy ma’ruzalar va muhokamalarda bir qator muhim jihatlar va amaliy tavsiyalar ilgari surildi. Jumladan:

– zo‘ravonlikni qat’iy qoralash: Ayollarga nisbatan har qanday jismoniy, ruhiy, iqtisodiy yoki kiber tajovuz Islom shariatining inson qadr-qimmati, rahmat va adolatga asoslangan bosh maqsadlariga zid va zulm ekani fiqhiy jihatdan asoslandi;

– diniy tamoyillarni targ‘ib etish: oila boshlig‘i bo‘lgan erning asosiy vazifalari ayolni nafaqa bilan ta’minlash, himoyalash va unga g‘amxo‘rlik qilish ekani qayd etildi. Ayolning ijtimoiy hayotdagi faol ishtiroki kafolatlangani ta’kidlanib, zararli illatlarga barham berish lozimligi aytildi;

– oilani mustahkamlash va qo‘llab-quvvatlash: yoshlarni oilaviy hayotga tayyorlash bo‘yicha maxsus kurslar tashkil etish, nikohlanuvchilarni tibbiy-psixologik ko‘rikdan o‘tkazish tizimini kuchaytirish hamda imom-xatiblar ishtirokida oilaviy maslahatxonalar faoliyatini yo‘lga qo‘yish tavsiya etildi;

– himoya va ko‘mak tizimini joriy etish: jabr ko‘rgan ayollarga tibbiy, psixologik va huquqiy yordam ko‘rsatish markazlarini kengaytirish, xavfsiz boshpanalar va «ishonch telefonlari» tizimini samarali joriy etish zarurligi belgilandi;

– xalqaro va mahalliy hamkorlik: davlat idoralari, diniy tashkilotlar va fuqarolik jamiyati institutlarining sa’y-harakatlarini birlashtirish hamda ilg‘or tajribalarni almashish muhimligi qayd etildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

 

O'zbekiston yangiliklari