Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Sentabr, 2026   |   2 Rabi`us soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:41
Quyosh
06:01
Peshin
12:19
Asr
16:45
Shom
18:40
Xufton
19:56
Bismillah
13 Sentabr, 2026, 2 Rabi`us soni, 1448
Yangiliklar

Muftiy hazratlari Andijon safarini ilm maskanidan boshladilar

08.10.2025   9591   1 min.
Muftiy hazratlari Andijon safarini ilm maskanidan boshladilar

Andijon viloyatida bo‘lib o‘tayotgan ilmiy-amaliy seminarda ishtirok etish uchun borgan O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari safarini kecha, 7 oktyabr kuni o‘zlari ta’lim olgan Asaka tumanidagi 53-o‘rta umumta’lim maktabiga tashrifdan  boshladilar.

Muftiy hazratlari ustoz va murabbiylarni yaqinda o‘tgan kasb bayramlari bilan qutlar ekan, muallim bo‘lishdek sharafli kasb egalariga ehtiromi juda baland ekanini izhor etib, jumladan, bunday dedilar:

“Darhaqiqat, o‘zgalarga ilmu ma’rifat ziyosini tarqatish benihoya ulug‘ va savobli amal. Bu vazifaga mutasaddi bo‘lgan kishining darajasi ham mislsizdir. Shuning uchun ham borliqdagi hamma narsa ustozlarning haqqiga duo qilib turadi. Rasululloh sollallohu alayhi va sallam bunday marhamat qilganlar: “Albatta, Alloh taolo, Uning farishtalari, osmonlaru yer ahli, hatto inidagi chumoli va hattoki baliqlar ham odamlarga yaxshilikni ta’lim beruvchiga salavot aytadilar” (Imom Termiziy rivoyati).

Shuningdek, o‘quvchilarga ilm-ma’rifatning foydalari haqida so‘zlab, dinimizda ta’lim olishga kuchli targ‘ib qilingani, ilm insonni komil darajaga yetkazib, ikki dunyoda ham aziz va izzatli qiladigan katta in’omligi, shunday ekan, muhtaram Yurtboshimiz tomonidan yaratib berilayotgan bugungi imkoniyatlardan to‘la foydalangan holda zamonaviy ilmlarni ham puxta o‘zlashtirish lozimligini ta’kidladilar.

Ta’lim maskaniga sinfxonalar uchun 

  • yangi dars stol-stullari, 
  • 30 ta doska, 
  • 10 ta noutbuk, 
  • 500 ta kitoblar jamlanmasi hadya qilindi.

Tashrif va hadyalardan maktab ma’muriyati, o‘qituvchi va o‘quvchilar juda mamnun bo‘lib, minnatdorlik bildirishdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

Muftiy hazratlari Andijon safarini ilm maskanidan boshladilar Muftiy hazratlari Andijon safarini ilm maskanidan boshladilar Muftiy hazratlari Andijon safarini ilm maskanidan boshladilar Muftiy hazratlari Andijon safarini ilm maskanidan boshladilar Muftiy hazratlari Andijon safarini ilm maskanidan boshladilar Muftiy hazratlari Andijon safarini ilm maskanidan boshladilar
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Oliy ma’hadning 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati bilan tanishtirildi

13.09.2026   4693   1 min.
Oliy ma’hadning 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi faoliyati bilan tanishtirildi

Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga yangi qabul qilingan 1-kurs talabalari O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari ustoz Zayniddin domla hamrohligida idora faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.

Tanishuv davomida talabalarga O‘zbekiston musulmonlari idorasining tarixi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va faoliyat yo‘nalishlari haqida ma’lumot berildi. Shuningdek, diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan ishlar, ta’lim va ma’rifat yo‘nalishidagi loyihalar xususida so‘z yuritildi.

Talabalar idora faoliyatiga oid o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olib, kelgusidagi ta’lim va kasbiy faoliyatlari uchun muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari