Imom Faxriddin ar-Roziy o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi mudiri Davronbek domla Abduqodirov
O‘zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston musulmonlari idorasi Navoiy viloyat vakilligi hamda Navoiy viloyat hokimligi hamkorligida «Qur’on tinchlikka buyuradi» shiori ostida imom-xatiblar va imom noiblari o‘rtasida tashkil etilgan «Zakovat» intellektual bellashuvi yuqori saviyada bo‘lib o‘tdi.
Bellashuv natijalari:
1-o‘rin — «Shayx Gadoy Selkin» jamoasi
2-o‘rin — «Qizilqum» jamoasi
3-o‘rin — «Nurota» jamoasi
G‘olib jamoalarni samimiy muborakbod etamiz!
Barcha ishtirokchilarga ilm-ma’rifat yo‘lidagi ezgu sa’y-harakatlarida muvaffaqiyatlar, yurtimiz tinchligi, xalqimiz ma’naviyati yuksalishi va Vatanimiz ravnaqi yo‘lidagi faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaymiz.
Hazratnavoi.uz