Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Noyabr, 2025   |   5 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:00
Quyosh
07:24
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:18
Bismillah
26 Noyabr, 2025, 5 Jumadul soni, 1447
Maqolalar

Chumoli chaqishining foydalari

25.11.2025   1741   2 min.
Chumoli chaqishining foydalari

Chumoli eng mehnatkash jonzotlardan biri. Islomda chumoliga alohida e’tibor berilgan bo‘lib, Qur’onda ham zikr qilingan. Hatto bir suraning nomi “An-Naml” -  “Chumolilar” deb ataladi.

Hadislarda ham chumolining o‘ziga xos maqomi ta’kidlangan. Payg‘ambarimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallam to‘rt xil jonzotni o‘ldirishni man qilganlar: chumoli, asalari, hudhud va surrodni (to‘rg‘ayga o‘xshash qush). (Imom Ahmad va Abu Dovud rivoyati).

Ko‘pchilik odatda chumoli chaqsa, darhol bosib o‘ldiradi. Aslida bu noto‘g‘ri. Chumolini o‘ldirmaslik kerak, chunki u ham tirik mavjudot va uni nobud qilish bekorga man qilinmagan. Qolaversa, chumoli chaqishi inson organizmi uchun bir qator foydalarga ega ekani ham aytiladi.

Chumoli chaqishining ba’zi foydalari:

  • Qon aylanishini rag‘batlantiradi. Chaqish natijasida qon aylanishi yaxshilanadi, qizil qon hujayralari ko‘payib, organizmda faollik ortadi;

  • Miya nerv hujayralarini uyg‘otadi. Chumoli chaqqanida yuz bergan sensor signallar miyaga yetib borib, ayrim neyronlarni jadalroq ishlashga undaydi.

  • Terini chidamli qiladi. Olimlarning fikricha, bir joyni bir nechta chumoli bir vaqtda chaqsa, o‘sha joydagi terining harorat va bakteriyalarga nisbatan chidamliligi mustahkamlanadi;

  • Qon ivishini faollashtiradi. Chaqish ayrim hollarda qonning tezroq ivishiga yordam beradi;

  • Toksinlarga chidamlilikni oshiradi. Chaqish natijasida hosil bo‘lgan qon qatlami tomirlarni zaharli moddalarga nisbatan chidamli qiladi, bu esa jigarga tushadigan yukni kamaytiradi;

  • Semirishga qarshi ta’sir. Urg‘ochi chumoli chaqish paytida chiqaradigan maxsus ionli shilliq miqdori chaqilgan joydagi yog‘ to‘qimalarini yo‘q qilishga yordam beradi. Masalan, chumoli qo‘lni chaqsa, ushbu modda qo‘l bo‘ylab tarqalib, yog‘larning katta qismini eritishda yordam beradi.

Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Bir chumoli payg‘ambarlardan birini tishlab oldi. Shunda chumolilar inlarini yondirishga buyurdi. Alloh taolo unga vahiy qildi: “Seni bir chumoli tishlasa, tasbeh aytadigan ummatni halok qilasanmi?”, dedilar. (Imom Muslim rivoyati).

Po‘latxon Kattayev,

Toshkent islom instituti katta o‘qituvchisi

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Navoiy va Namangan viloyatlari imomlarga huquqiy tavsiyalar berildi

25.11.2025   893   1 min.
Navoiy va Namangan viloyatlari imomlarga huquqiy tavsiyalar berildi

Bugun, 25 noyabr kuni Namangan va Navoiy viloyatlari vakilliklari xodimlari bilan kengaytirilgan onlayn yig‘ilish o‘tkazildi. O‘zbekiston Musulmonlari idorasi Huquqshunoslik bo‘limi boshlig‘i Jahongir Hotamov tomonidan viloyat imom-xatiblariga huquqiy va hujjat yuritish masalalarida tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Navoiy va Namangan viloyatlari imomlarga huquqiy tavsiyalar berildi Navoiy va Namangan viloyatlari imomlarga huquqiy tavsiyalar berildi Navoiy va Namangan viloyatlari imomlarga huquqiy tavsiyalar berildi Navoiy va Namangan viloyatlari imomlarga huquqiy tavsiyalar berildi
O'zbekiston yangiliklari