Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Noyabr, 2025   |   5 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:00
Quyosh
07:24
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:18
Bismillah
26 Noyabr, 2025, 5 Jumadul soni, 1447
Yangiliklar

Iordaniya Vaqf vazirligi bilan hamkorlik rivojlanadi

26.11.2025   893   1 min.
Iordaniya Vaqf vazirligi bilan hamkorlik rivojlanadi

Shu yil 25 noyabr kuni Ammon shahrida O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari Iordaniya Vaqf, islom ishlari va muqaddas qadamjolar vaziri Muhammad Ahmad Muslim al-Xaloyala janoblari bilan hamkorlikni rivojlantirish bo‘yicha muloqot o‘tkazdilar.

Uchrashuvda ikki davlat rahbarlari sa’y-harakatlari bilan diniy-ma’rifiy sohadagi hamkorlikni rivojlantirish, ikki mamlakat vaqf muassasalari, ilmiy-tadqiqot markazlari va diniy ta’lim muassasalari o‘rtasidagi aloqalarni mustahkamlashga erishilayotgani e’tirof etildi.

Shuningdek, muzokaralarda o‘zbekistonlik mutaxassislar vaqf yo‘nalishida zamonaviy malaka va ko‘nikmalarga ega bo‘lishida aloqalarni o‘rnatish hamda mushtarak ilmiy loyihalarni amalga oshirish, vaqf mulklarini boshqarish bo‘yicha mavjud tajribani o‘rganish maqsadida Iordaniyada malaka oshirishlarini yo‘lga qo‘yish kabi qator masalalar muhokama qilindi. Jumladan, uchrashuvda quyidagi natijalarga erishildi:

- O‘zbekiston musulmonlari idorasi “Vaqf” xayriya jamoat fondi mutaxassislarining Iordaniyada malaka oshirish kurslari hamda amaliyot o‘tashlarini yaqin oylarda tashkil etish;

- Vaqf mulklarini tasarruf etishdagi ilg‘or va zamonaviy tajribalarni o‘rganish uchun “Vaqf” xayriya jamoat fondi mutaxassislarini yaqin kunlarda Iordaniyaga ishchi safarlarini uyushtirish;

- Iordaniyalik professor olimlar tomonidan vaqf mulklari tartiblari, tarixi, buguni va istiqbollari to‘g‘risida kasb-mahorat mashg‘ulotlari o‘tkazish kabilarga kelishildi.

Ma’lumot o‘rnida, Iordaniya Vaqf, islom ishlari va muqaddas qadamjolar vazirligi vaqf mulklari, ziyoratgohlar, xayriya fondlarini boshqarish, haj, umra safarlarini tashkil etish, masjidlar, imomlar faoliyatini yuritish, ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, diniy ta’lim, Qur’oni karimni kurslari, Mus'haflar chop etish va juma tezislarini yozish kabi faoliyat turlariga boshchilik qiladi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 
Matbuot xizmati

Iordaniya Vaqf vazirligi bilan hamkorlik rivojlanadi Iordaniya Vaqf vazirligi bilan hamkorlik rivojlanadi Iordaniya Vaqf vazirligi bilan hamkorlik rivojlanadi Iordaniya Vaqf vazirligi bilan hamkorlik rivojlanadi Iordaniya Vaqf vazirligi bilan hamkorlik rivojlanadi Iordaniya Vaqf vazirligi bilan hamkorlik rivojlanadi Iordaniya Vaqf vazirligi bilan hamkorlik rivojlanadi Iordaniya Vaqf vazirligi bilan hamkorlik rivojlanadi Iordaniya Vaqf vazirligi bilan hamkorlik rivojlanadi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar

Imom Buxoriy majmuasi – xalqimiz ma’rifati, bunyodkorlik salohiyatining namunasi

25.11.2025   1963   2 min.
Imom Buxoriy majmuasi – xalqimiz ma’rifati, bunyodkorlik salohiyatining namunasi

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev 25 noyabr kuni ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar jarayonlari bilan tanishish hamda kelgusidagi vazifalarni faollar ishtirokida belgilab olish uchun Samarqand viloyatiga tashrif buyurdi.

Davlatimiz rahbari Samarqandga tashrifini taomilga ko‘ra, Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qilish bilan boshladi. Qur’on tilovat etilib, duo o‘qildi.

Prezidentimizning tashabbusi bilan mazkur majmua buyuk muhaddis bobomizning islom olamida tutgan yuksak mavqei, ulkan salohiyatiga munosib tarzda qaytadan bunyod etildi. Umumiy maydoni 45 gektarni tashkil etadigan hududda ulkan maqbara, 10 ming kishilik masjid va ma’muriyat binosi, muzey, kirish va chiqish ayvonlari qurildi. Ziyoratgohning 4 burchagidagi 75 metrlik minoralar unga mahobat bag‘ishlagan.

Bu joy faqat ziyorat emas, ilm-ma’rifat, tarbiya va ibrat maskani bo‘lishi, Imom Buxoriyning buyuk izlanishlari, bilimi hamda kamoloti ziyoratchilar, ayniqsa, yoshlar uchun ezgu namuna bo‘lishi kerakligi e’tiborga olinib, majmuada innovatsion muzey tashkil etildi. U islom olamida muhaddislar sultoni deya e’tirof etilgan Imom Buxoriyning hayoti va ilmiy merosi, islom ma’rifati rivojiga qo‘shgan hissasini namoyon etadi. 

Majmua avval bir kunda 12 ming ziyoratchiga xizmat ko‘rsatgan bo‘lsa, hozir 65 ming nafar mehmonga xalqaro standartlarga mos xizmat ko‘rsatish imkoniyati yaratilgan.

Bundan tashqari, hududda Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi va Hadis ilmi maktabi joylashgan. 

Ziyoratgoh atrofida 570 milliard mablag‘ sarflanib, mehmonxonalar va savdo-servis nuqtalari tashkil etildi. Bunda 1 ta to‘rt yulduzli, 2 ta uch yulduzli hamda 22 ta oilaviy mehmon uyi qurilgan. Mazkur obyektlar to‘liq kommunikatsiya tarmoqlari bilan ta’minlanib, hududi obodonlashtirilgan. 2026 yilga qadar hududda ko‘kalamzorlashtirish ishlarini amalga oshirish hamda avtoturargohlarni tashkil etish rejalashtirilgan. 

Davlatimiz rahbari Imom Buxoriy ziyoratgohi xalqimizning boy ma’naviy merosi va bunyodkorlik salohiyatining yorqin namunasi bo‘lganini ta’kidlab, majmuada ayni paytda olib borilayotgan so‘nggi obodonlashtirish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida bajarish yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berdi.

Imom Buxoriy majmuasi – xalqimiz ma’rifati, bunyodkorlik salohiyatining namunasi Imom Buxoriy majmuasi – xalqimiz ma’rifati, bunyodkorlik salohiyatining namunasi Imom Buxoriy majmuasi – xalqimiz ma’rifati, bunyodkorlik salohiyatining namunasi Imom Buxoriy majmuasi – xalqimiz ma’rifati, bunyodkorlik salohiyatining namunasi Imom Buxoriy majmuasi – xalqimiz ma’rifati, bunyodkorlik salohiyatining namunasi Imom Buxoriy majmuasi – xalqimiz ma’rifati, bunyodkorlik salohiyatining namunasi