Sayt test holatida ishlamoqda!
26 Noyabr, 2025   |   5 Jumadul soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:00
Quyosh
07:24
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:18
Bismillah
26 Noyabr, 2025, 5 Jumadul soni, 1447
Yangiliklar

26.11.2025   162   1 min.
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Sen qalbingda kechayotgan narsaning qulisan

26.11.2025   51   1 min.
Sen qalbingda kechayotgan narsaning qulisan

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Ubudiyya (bandalik) degani qullik va asirlikni bildiradi. Inson ko‘nglini nimaiki zabt etib, g‘olib kelgan bo‘lsa, banda o‘shaning quliga aylanadi. Agar inson o‘z nafsining asiri bo‘lsa, nafsiga qul bo‘ladi, agar dunyoning asiri bo‘lsa, demak, dunyoning quli bo‘ladi.

Insof bilan qaralganda, ko‘nglini tamomila dunyo muhabbati va tashvishlari ishg‘ol etgan muridning ibodati tananing ozori va charchog‘idan o‘zga narsa emas. Bunday ibodat, garchi u ko‘p bo‘lsa-da, Allohning oldida qimmati yo‘q, jonsiz jasadga o‘xshaydi. Ko‘rib turubmizki, bugungi davrimizda ba’zi insonlar dunyo ortidan kun bo‘yi yelib-yugurib, tunlari esa ko‘p ibodat qilishga intiladilar. Ammo bu xildagi ibodatlar ko‘p bo‘lishiga qaramasdan, dunyo muhabbati bilan yo‘g‘rilgani sabab, egasini Haqqa yaqinlashtirolmaydi. Bas, shunday bo‘lgach, endi faqat dunyo deb yelib-yugurib, gunoh ishlardan ham tiyila olmayotganlarning onda-sonda qilgan ibodatlari ularni Haqqa eltarmikan?!

Yakka Xudoga sig‘inuvchi mo‘minlar yolg‘iz Allohga hamda Uning amrlarini to‘la-to‘kis qabul etuvchi va amalga oshiruvchi kimsalargagina itoat etadilar, xolos. Bandaning haqiqiy qadru qimmati kimga yoki nimaga sig‘inishi va ergashishi bilan belgilanadi. Biluvchining qadri uning aynan nimani o‘rganishi va o‘zlashtirishiga bog‘liqdir.

“Axloqus solihiyn” (Yaxshilar axloqi) kitobidan
Yo‘ldosh Eshbek, Davron Nurmuhammad
tarjimasi.

Maqolalar