Sayt test holatida ishlamoqda!
16 Iyun, 2026   |   1 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:04
Quyosh
04:49
Peshin
12:29
Asr
17:39
Shom
20:02
Xufton
21:39
Bismillah
16 Iyun, 2026, 1 Muharram, 1448
Yangiliklar

V yoshlar Para Osiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi (foto+)

18.12.2025   21478   1 min.
V yoshlar Para Osiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi (foto+)

Dubay shahrida bo‘lib o‘tgan V yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib, tarixiy natija qayd etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi O‘zbekistonga qaytib keldi.


Delegatsiya a’zolari "Humo" Toshkent xalqaro aeroportida rasmiylar tomonidan tantanali ravishda kutib olindi.


Poytaxtimizdagi Olimpiya shaharchasida V yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan sportchilar va ularning murabbiylarini taqdirlashga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.


Tantanali tadbir avvalida Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbayeva tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining V yoshlar Para Osiyo o‘yinlarida ishtirok etgan O‘zbekiston sport delegatsiyasi a’zolariga yo‘llagan tabrigi o‘qib eshittirildi.


Shundan so‘ng davlatimiz madhiyasi ijro etildi va rasmiylar tomonidan sportchilar va murabbiylar erishilgan ulkan g‘alaba bilan samimiy tabriklanib, ularning jasorati, matonati va fidoyiligi yuksak e’tirof etildi.


Ma’lumot o‘rnida: O‘zbekiston terma jamoasi ushbu nufuzli musobaqada 99 ta oltin, 57 ta kumush va 41 ta bronza medalini qo‘lga kiritib, 35 ta davlat orasida umumjamoa hisobida 1-o‘rinni egalladi.


Mazkur g‘alaba Yangi O‘zbekiston yoshlarining salohiyati, irodasi va xalqaro sport maydonidagi nufuzini yana bir bor yaqqol namoyon etdi.

Din ishlari bo‘yicha qo‘mita 
Axborot xizmati

V yoshlar Para Osiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi (foto+) V yoshlar Para Osiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi (foto+) V yoshlar Para Osiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi (foto+) V yoshlar Para Osiyo o‘yinlari g‘olib va sovrindorlari tantanali taqdirlandi (foto+)
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Yolg‘iz namoz o‘quvchi qiroatni jahriy yoki maxfiy qilishi mumkinmi?

16.06.2026   949   1 min.
Yolg‘iz namoz o‘quvchi qiroatni jahriy yoki maxfiy qilishi mumkinmi?

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Yolg‘iz namoz o‘qiyotgan odam masalan, xufton namozini jahriy qilib o‘qiyotgan bo‘lsa va esidan chiqib maxfiy o‘qib yuborsa, uning hukmi nima bo‘ladi?


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Bu kishining namozi to‘liq ado etilgan hisoblanadi. Chunki yolg‘iz o‘qiyotgan namozxon jahriy namozlarni xohlasa jahriy yoki maxfiy o‘qishi mumkin. Ammo jahriy o‘qishi jamoat bilan ado etishga o‘xshaganligi uchun afzal hisoblanadi. Maxfiy namozlarda esa u ham maxfiy o‘qiydi. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam kunduz vaqtida o‘qiladigan namozlarda ovoz chiqarilmaydi, deganlar.

Yolg‘iz holatda namozni maxfiy o‘qiyotgan namozxon esida yo‘q jahriyga o‘tib ketib qolsa yoki jahriy o‘qiyotib maxfiyga o‘tib ketib qolsa, bu holatda sajdai sahv vojib bo‘lmaydi. Lekin qasddan qilsa, xatokor hisoblanadi.

Jahriy namozlarda qiroatni jahriy va maxfiy namozlarda maxfiy qilishning vojibligi jamoatga, ya’ni imomga tegishli masala hisoblanadi. Shuning uchun imom bu ishlarni unutib tark etsa, sajdai sahv qiladi. Vallohu a’lam.

 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi

 

Maqolalar