Sayt test holatida ishlamoqda!
29 Yanvar, 2026   |   10 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:16
Quyosh
07:37
Peshin
12:41
Asr
15:54
Shom
17:39
Xufton
18:54
Bismillah
29 Yanvar, 2026, 10 Sha`bon, 1447
Yangiliklar

Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda

27.01.2026   3134   1 min.
Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda

O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining tashabbusi bilan azon va iqoma bo‘yicha ijoza berish an’anasi yo‘lga qo‘yildi. Ushbu xayrli tashabbus doirasida 2026 yil 21 yanvardan boshlab “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari o‘qituvchilari hamda oliy va o‘rta islom ta’lim muassasalari ustozlari uchun “Azon darslari” tashkil etildi.


Bugun, 27 yanvar kuni, “Qur’on va tajvidni o‘rgatish” bo‘limida navbatdagi amaliy mashg‘ulot bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotni bo‘lim boshlig‘i Shayx Alijon qori Fayzulloh Maxdum olib bordi.


Darslarda Toshkent Islom instituti va “Ko‘kaldosh” O‘MITM qoshidagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kurslari filiallari o‘qituvchilari hamda mazkur ta’lim dargohlarining ustozlari ishtirok etdi.

 

Mashg‘ulot davomida har bir tinglovchining azon va iqoma bo‘yicha mahorati yakka tartibda tinglanib, zarur tavsiyalar berildi. Yakunlangach, ishtirokchilarga azon va iqoma bo‘yicha ijoza guvohnomalarini topshirish rejalashtirilgan.

Al-Quran.uz

 

Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda Azon va iqoma bo‘yicha amaliy mashg‘ulotlar davom etmoqda
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Masjidul haramda yelka ochiq holda namoz o‘qish

27.01.2026   1612   1 min.
Masjidul haramda yelka ochiq holda namoz o‘qish

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Savol: Men umrada tavof qilayotgan edim. Namoz vaqti bo‘lganda safga turib, takbir aytilishini kutib o‘tirgan edik. Shunda masjid xodimlaridan biri saf orasida aylanib yurib, yelkasi ochiq odamlarga yelkangni yop degan ishoralar qildi. Tavof qilayotgan odam yelkasi ochiq bo‘lishi kerakmasmi?

Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Tavofda o‘ng yelkani ochish fiqhiy kitoblarda iztibo’ deyiladi. Ya’ni, umra yoki haj amallarini bajarayotgan shaxs ehromga kirib, tavof qilsa, ridoni o‘ng yelkasining ostidan o‘tkazib, chap yelkasiga tashlab oladi. Bu amal ketidan sa’y qilish amali bo‘lgan tavofda sunnat hisoblanadi. Bundan ma’lum bo‘ladiki, iztibo’ amali (o‘ng yelkani ochib qo‘yish) masjidga kirishdan oldin, namoz va sa’y vaqtida, shuningdek, ortidan sa’y amali bo‘lmagan tavoflarda sunnat hisoblanmaydi.

Yelka ochiq holatda namoz o‘qish odatiy ehromsiz holatda bo‘lgani kabi ehromda ham makruh sanaladi. Shuning uchun savoldagi kabi tavof qilish asnosida namoz vaqti bo‘lib qolsa, yelkalar yopilib, namozga kirishiladi. Namozdan keyin yana yelkani ochib, tavofni davom ettiradi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Maqolalar