«Agar ogohsan sen – shohsan sen.
Agar shohsan sen – ogohsan sen!»
QADRLI va TABARRUK HOJIBOBO va HOJIONALAR!
MUHTARAM HOJIAKALAR!
AZIZ va QIMMATLI MЕHRIBЕPOYON OTALAR!
HURMATLI va MUNIS MЕHRIDARYO ONALAR!
Bugungi yurtimizning tinchligida SIZLARNING ham xizmatlaringiz BЕQIYOS KATTA!
SIZLARNING o‘z oilangiz tarbiyasidagi mashaqqatli va sharafli, og‘ir va savobli, sermahsul va olijanob faoliyatlaringiz
har qanday tahsinu mukofotlarga loyiq va munosib!!!
Xalqimizning milliy ma’naviyati, oilalarimizda amal qilinadigan tartib-qoidalar yoshlar tarbiyasida muhim ahamiyatga egaligini hammamiz juda ham yaxshi bilamiz. Ular oila mustahkamligini ta’minlashda ulkan va kuchli poydevor vazifasini o‘tashligini ham juda puxta egallaganmiz.
Diyorimizda milliy qadriyatlar va muborak dinimizning ezgu ta’limotlari asosida oilaga doir qonun-qoidalar yanada mukammal qayta ishlandi. Buyuk ota-bobolarimizdan meros bo‘lib kelayotgan dono xalqimizning yuksak ma’naviyatiga davlatimiz rahbari Muhtaram Prezidentimiz «Jaholatga qarshi ma’rifat» qimmatbaho g‘oyani qo‘shimcha sifatida bizlarga yengilmas kuch qilib berdilar.
Bu vazifa nafaqat biror vazifador yoki biror sohadagi mas’ullarga belgilangan, balki har bir (!) OTA UCHUN, har bir (!) ONA UCHUN buyuk vazifa, deb bilmog‘imiz lozim!
Muqaddas islom dinimizni pok saqlash, uni turli xil g‘arazli xuruj va hamlalardan, tuhmat va bo‘htonlardan himoya qilish, uning asl mohiyatini unib-o‘sib kelayotgan yosh avlodimizga to‘g‘ri tushuntirish, islom madaniyatining ezgu g‘oyalarini keng targ‘ib etish vazifasi hamon dolzarb bo‘lib qolmoqda.
Hozirgi davrda axborot texnologiyalari o‘ta tezkorlik bilan rivojlanayotgan bir paytda nanotexnologiya zo‘r shiddat bilan avjiga chiqayotgan zamonda har xil ommaviy axborot vositalari xilma-xil, to‘g‘ri-noto‘g‘ri ma’lumotlarni kechayu kunduz tarqatayotgan bir onda farzandlarimiz o‘zlari bilan yolg‘iz qolib 25 soat vaqtlarini telefon, kompyuter bilan mashg‘ul bo‘lib, bolalarimiz ular bilan “band” bo‘lib qolganlarida mazkur vazifalar jannatmakon yurtimiz, muqaddas Vatanimiz, dono xalqimizning har bir fuqarosiga qushga havo, baliqqa suv zarurligiday zarur bo‘lsa kerak...
AZIZ VA QADRLI
MЕHRIBON OTA-ONALAR!
Dono xalqimiz «yaxshini sharofati, yomonni kasofati» deb bejizga aytmagan...
Ana shu “allakimlarning” turli xil yo‘llar bilan berayotgan “tarbiya”lari
dono xalqimiz dunyoqarashi va millatimiz mentalitetiga ham,
Qur’oni karim oyatlari va
Payg‘ambarimiz alayhissalomning hadisi shariflariga ham,
dinimiz ko‘rsatmalari va shariatimiz hukmlariga ham,
ulamolarimiz fatvolari va davlatimiz qonunlariga ham,
sharqona odoblarimiz va mazhabimiz me’yorlariga ham,
jamiyatshunoslik aloqalari va odamgarchilik munosabatlariga ham,
insoniy tuyg‘ular va ruhshunoslik sir-asrorlariga ham,
yurtimiz urf-odatlari va o‘zbekchilik qoidalariga ham,
madaniyatimiz axloqlari va insoniy aqlga ham,
axloqiy norma va dono xalqimiz maqollariga ham,
milliy an’analarimiz va diniy qadriyatlarimizga ham,
xalqimiz ongi va musulmonchiligimiz asoslariga ham,
hamda Islom dinimiz tushunchalariga ham
zid ekanligini
unutmaylik!!!
Sizu bizlar eng to‘g‘ri yo‘ldan, o‘z ota-onalarimiz ne-ne mashaqqatlar chekib o‘rgatgan yo‘ldan, ota-bobolarimizdan buyuk va beqiyos meros bo‘lib kelayotgan yo‘ldan shakardan shirin farzandlarimizni, ne umidlar bilan o‘stirayotgan, qancha orzu-havaslar bilan katta qilayotgan bolalarimizni “allakimlardir” yana yo‘limizdan ozdirib, adashtirib qo‘yishmasin...
Natijada farzandlarimizning o‘zlari ham, oilamiz ham, qavm-qarindoshlarimizu qo‘ni-qo‘shnilarimiz ham, do‘stlarimizu yaqinlarimiz ham, atrofdagilarimiz ham sarson bo‘lib, ularning kasofatlari yashab turgan mahallamizga, ishlab turgan ishxonamiz va butun el-yurtimizga ham yetmasin...
Toki hali suyagi qotib ulgurmagan yoshlarimizning beg‘ubor olamiga, g‘o‘r ma’naviyatiga “allakimlar” jiddiy zarar yetkazib qo‘ymaslaridan oldin o‘z farzandlarimizni o‘zimiz tarbiyalaylik!
Janob hazrat Payg‘ambarimiz Rasululloh sallallohu alayhi vasallam o‘z hadis-shariflarida marxamat qiladilar: «Bolalaringizga odob beringlar va odoblarini chiroyli qilinglar!» Bu xususda shoirlarimizning ibratli so‘zlari bor:
«Birinchi g‘ishtni qiyshiq qo‘yarkan me’mor,
Osmonga yetsa ham, qiyshiqdir devor».
Oilada erning mavqei balandligi, xotin ham o‘z haq-huquqlariga egaligi, farzandlarning ota-onani hurmat qilishlarini olaylik.
...Ko‘p yillar davomida ota-bobolarimiz qalbiga singib ketgan ushbu milliy va diniy qadriyatlarni bugun yanada sayqallash kerakligini zamon talab etmoqda. Ayniqsa, shiddat bilan o‘zgarib borayotgan hozirgi zamonda bema’ni xurujlar ko‘payib, ularning inson va jamiyat hayotiga salbiy ta’sirlari misli ko‘rilmagan darajada kuchayib bormoqda. Shuning uchun barchamiz ko‘zimizni kattaroq ochib, ziyraklik va ogohlik bilan bunday hamlalarga qarshi kurashmog‘imiz lozim.
Dinu xalqimiz uchun ertayu-kech xizmat qilayotgan muhtaram Prezidentimizning “Jaholatga qarshi ma’rifat” oltindan qimmat g‘oyalarini barpo etish maqsadida har birimiz oilamiz a’zolarini
HIDOYATga chorlashda,
xonadonimizni ISLOM NURI bilan munavvar qilishda,
har bir mo‘min va MO‘MINALARga ma’rifat ulashishda
SIZLARNING hissalaringiz juda ham ko‘p va sarbaland bo‘lishida hech qanday shubhamiz yo‘q!
O‘zbekiston musulmonlari idorasining shu uch nomdagi gazeta va jurnallaridan serma’no, sermahsul, mazmunli va unumli foydalanib,
har bir ota, har bir ona o‘z farzandiga
odob-axloq namunalarini,
kindik qoni to‘kilgan mislsiz Vataniga – vatanparvarlik his-tuyg‘ularini,
bobo-buviga – ehtirom-hurmatni,
ota-onaga – mehr va itoatkorlikni,
oila a’zolariga – rahmdillik va mehribonlikni,
o‘z juft haloliga – haqiqiy muhabbat va sodiqlikni,
qo‘ni-qo‘shnilarga – oqibat va chiroyli munosabatni,
qavm-qarindoshlarga – saxovat-muruvvatni,
sinfdosh-kasbdoshlarga – chin do‘stlik va yordam berishni,
atrofdagi barcha odamlarga – insonparvarlik va samimiylikni,
hayvon-parranda-hasharotlarga – rahm-shafqatni
uqtirib, yuqtirib, tushuntirib, singdirishimiz –
ham burchimiz, ham qarzimiz, ham farzimizdir!
XUDONI OLDIDA ham, BANDASINI OLDIDA ham, YURT-XALQIMIZ OLDIDA ham!!!
Bularni hammasini o‘z farzandlarimizga o‘rgatish uchun bizlarga hech qanday diniy ta’lim ham, biror-bir maxsus oliy ma’lumot ham, tegishli sertifikat ham, hech kanday qizil diplom ham kerak emas! Aslo! Mutlaqo kerak emas!
Yoshlarimizda bu jihatlarini biz uyg‘otishimiz (!) kerak xolos. Zero, shu sifatlarning hammasi farzandlarimizning qonida bor, ularning xamirturushlarida bor! Zero, shu fazilatlarning hammasi bolalarimizning DNK larida mavjud!
Chunki bu xususiyatlarning barchasi bizlarning ota-onalarimizdan avloddan-avlodga, qondan-qonga tarbiya (!) orqali o‘tib kelayapdi! “Buning qonida bor-da o‘zi!” deb yoki “olma pishsa, tagiga tushadi”, deb bejizdan-bejiz aytmaydi dono xalqimiz!
Qancha ko‘p oilaga “ISLOM NURI” gazetasi, “HIDOYAT” va “MO‘MINALAR” jurnallari kirib borsa, shuncha ko‘p odam Qur’oni karim tafsiri, Hadisi sharif sharhi, aqida, fiqh masalalaridan bahramand bo‘lishlari hamda boshqalarning “darslari”ga aldanib, yot g‘oyalar va botil iddaolarga berilmasdan, muqaddas dinimiz ko‘rsatgan yo‘llardan yurishlari – xar birimizning ulkan yutug‘imizdir!
Chunki shu uchta nashrimizda ham:
Shuning uchun ham bizning
“ISLOM NURI” gazetamiz,
“HIDOYAT” va
“MO‘MINALAR jurnallarimizdagi ma’lumotlar
ma’naviyat va ma’rifat yo‘nalishiga
hamda tarbiya sohasiga daxldor
har bir inson uchun,
har bir (!) MЕHRI BЕPOYON OTA UCHUN,
har bir (!) MЕHRI DARYO ONA UCHUN
BЕQIYOS ENSIKLOPЕDIK MANBA bo‘lib xizmat qiladi.
"Jaholatga qarshi ma’rifat" nomli bebaho g‘oyani "HIDOYAT" jurnali, "ISLOM NURI" gazetasi va "MO‘MINALAR" jurnallari obunasi orqali ham ancha ta’sirli va unumli amalga oshirishimiz mumkinligini hammamiz juda yaxshi bilamiz.
Buning uchun nafaqat o‘zimiz obuna bo‘lishimiz, balki atrofdagilarimizni ham obunaga targ‘ib etishimiz – ham farzimiz, ham qarzimiz, ham burchimiz bo‘lishi darkor!
Iloho o‘zlarimizni ham, farzand-zurriyotlarimizni ham
Mehribon Parvardigorimiz O‘zi buyurgan,
Janob Payg‘ambarimiz sallallohu alayhi vasallam tavsiya etgan,
o‘tmishda o‘tganlarimizning ruhlari shod bo‘ladigan,
xalqimiz xursand bo‘ladigan,
ota-onalarimiz rozi bo‘ladigan yo‘llardan yurishimizni nasib etsin!
Ibrohimjon domla Inomov
Bismillahir Rohmanir Rohiym
BORLIQ… INSON
Aqliy dalillar haqida gap ketar ekan, avvalo borliq haqida tafakkur qilishimiz kerak. Chunki osmon va yulduzlar, oy-u quyoshni har kuni ko‘ramiz, ularning borligini hech kim inkor qilmaydi.
Ma’lumki, borliq insoniyat yaralishidan oldin paydo bo‘lgan. Buni hech kim inkor qilmasa kerak. Dunyoda koinotdan oldin inson paydo bo‘lgan degan gapni aytadiganlar yo‘q.
Aksincha, borliq insoniyat paydo bo‘lishidan ancha oldin ham bor bo‘lganini, uning insoniyat uchun qulay bir sharoitga keltirilganini hamma biladi. Nafaqat qulay qilib qo‘yilgan, balki insonga nisbatan ancha kuchli qudratga ega yaralmishlar ham aynan insoniyat xizmatiga bo‘ysundirib qo‘yilgan. Yana shunday narsalar borki, inson o‘z mehnati, kuch-g‘ayratini sarflagandagina ulardan unumli foydalana oladi.
Demak, bu dunyo biz uchun oldindan tayyorlab qo‘yilgan ekan. Alloh taolo bunday marhamat qiladi:
﴿هُوَ الَّذِي خَلَقَ لَكُمْ مَا فِي الْأَرْضِ جَمِيعًا ثُمَّ اسْتَوَى إِلَى السَّمَاءِ فَسَوَّاهُنَّ سَبْعَ سَمَوَاتٍ وَهُوَ بِكُلِّ شَيْءٍ عَلِيمٌ﴾
“U yerdagi barcha narsalarni sizlar uchun yaratgan Zotdir. So‘ngra osmonga nazar soldi va uni yettita osmon qilib qo‘ydi. U barcha narsani bilur” (Baqara surasi, 29-oyat).
Bu masalada biror kimsa qarshi fikr bildira olmaydi. Aniq bo‘ldiki, borliq insoniyat paydo bo‘lishidan oldin bor bo‘lgan va bu sharoitlar boshqa bir Kuch tomonidan tayyorlangan. Chunki inson dunyoga kelmay turib o‘zi uchun sharoit yarata olmaydi. Alloh taolo bunday marhamat qiladi:
﴿وَإِذْ قَالَ رَبُّكَ لِلْمَلَائِكَةِ إِنِّي جَاعِلٌ فِي الْأَرْضِ خَلِيفَةً﴾
“Va Robbing farishtalarga “Men yerda xalifa qilmoqchiman” deganini esla” (Baqara surasi, 30-oyat).
Ushbu oyatdan ma’lum bo‘ladiki, borliq inson paydo bo‘lishidan oldin bashariyat uchun tayyorlab qo‘yilgan. Zotan Alloh taolo insonni yaratishdan oldin “yerda” demoqda. Bundan yer yuzi insoniyat paydo bo‘lishidan oldin bor bo‘lgani oydinlashdi.
Demak, dastlabki xulosamiz bunday bo‘lishi kerak: Alloh taolo O‘z qudrati ila bu borliqni yaratgan va uni yartishda biror kimsaning yordamiga muhtoj bo‘lmagan, bo‘lmaydi ham. Aksincha, biz U zotga muhtoj bo‘lganimiz uchun paydo bo‘lishimizdan oldin yer yuzi bizga qulay holda tayyor qilib qo‘yilgan.
Bilamizki koinotdagi ulkan sayyora va jismlarni boshqarishga kuchimiz yetmaydi. Barcha insonlar birlashib ham ularni o‘z izmlariga sololmaydilar. Birgina quyoshni boshqarish ham qo‘llaridan kelmaydi. Yer, tog‘lar, dengizlar ham shunday. Ularni boshqara olmaymiz.
Demak, bu narsalar ham biz uchun tayyorlangan. Hech kim oldindan insoniyat uchun ularni qulaylashtirib qo‘ymagan. Quyosh o‘z holicha harakatlana olmaydi. Havo ham o‘zi xohlagan tomonga esa olmaydi. Yomg‘ir ham o‘zi xohlab yog‘a olmaydi. Yer ham o‘zi xohlagan yerda nabototlarni undirib, xohlagan joydan buni man qila olmaydi.
Shuningdek, birorta inson bu narsalarni boshqarishni o‘zining daxli borligini da’vo qila olmaydi. O‘zi haqida fikr yuritgan inson ham bunday xilqat o‘zicha paydo bo‘lmaganini, balki buyuk Yaratuvchi tomonidan ijod qilinganini anglaydi.
Shayx Muhammad Mutavalli Sha’roviy rahimahullohning
"Allohning borligiga aqliy dalillar" kitobidan