Sayt test holatida ishlamoqda!
13 Fevral, 2026   |   25 Sha`bon, 1447

Toshkent shahri
Tong
06:02
Quyosh
07:21
Peshin
12:42
Asr
16:12
Shom
17:58
Xufton
19:11
Bismillah
13 Fevral, 2026, 25 Sha`bon, 1447
Yangiliklar

Kelayotgan Ramazon oyi munosabati bilan arzonlashgan oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etiladi

13.02.2026   3081   1 min.
Kelayotgan Ramazon oyi munosabati bilan arzonlashgan oziq-ovqat yarmarkalari tashkil etiladi

Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tarmoq bozorlari va mehnat unumdorligi markazi inflyatsiya bo‘yicha ichki va tashqi xatarlarni oldindan aniqlab, ularga amaliy yechim topish masalasi bilan shug‘ullanishi belgilandi.

Vazirlikning hududiy boshqarmalarida markazning 2 nafardan vakili bo‘ladi. Markaz har haftada tuman va shahardagi bozorlarni tahlil qilib, qaysi mahsulotga hozir qancha ehtiyoj borligi, bir oy, uch oy, bir yildan keyin talab qanday o‘zgarishini prognoz qiladi.  

Mavjud quvvatlar va omborlardagi mahsulotlar talabni qanchaga qoplashi, yetishmagan qismini nimaning hisobidan ta’minlashi bo‘yicha har chorakda asosiy oziq-ovqat mahsulotlari balansi shakllantiriladi.  

– Keyingi haftadan muborak Ramazon oyi boshlanadi. Saxovat, mehr-oqibat va shukronalik ramzi bo‘lgan ushbu muqaddas kunlarda ichki bozorlarda narx-navo barqarorligini ta’minlash har qachongidan ham muhim, – dedi davlatimiz rahbari hamda dehqon bozorlari va yirik savdo komplekslarida arzonlashgan oziq-ovqat yarmarkalarini boshlash bo‘yicha topshiriq berdi.  

Yig‘ilishda tarmoq va hududlar rahbarlarining hisobotlari tinglandi.

O‘zA

O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Maqolalar

Ramazon - Qur’on oyi: Fotiha surasi fazilatlari

13.02.2026   803   1 min.
Ramazon - Qur’on oyi: Fotiha surasi fazilatlari

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Fotiha surasi yetti oyatdan, yigirma yetti so‘z va bir yuz qirq harfdan iboratdir. Ibn Abbos, Qatoda va Abul Oliya Fotiha surasi Makkada nozil bo‘lgan, deydi. Fotiha surasining nomi ko‘pligi uning sharafi va fazlining yuqoriligiga dalildir.

Fotiha surasi bilan namozning har bir rakati avvalida o‘qilishi va Qur’oni karim u bilan boshlangani uchun “Fotiha” (ochuvchi) deb nomlanadi.

Anas, Hasan va Ibn Sirin bu surani “Ummul Kitob”, ya’ni Kitob (Qur’on) onasi deyishgan.

Imom Termiziy Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qiladi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Alhamdulillahi Robbil a’lamiyn Ummul Qur’on, Ummul Kitob, Sab’ul masoniy (yetti takrorlanuvchi) va Al-Qur’anul a’ziym (ulug‘ Qur’on)dir”, dedilar. Yana “As-solat” (namoz) deb ham nomlanadi. Chunki u namozning shartlaridan biridir.

Ushbu sura “Shifo” deb ham nomlangan. Imom Dorimiy Abu Sa’id roziyallohu anhudan marfu’ holatda rivoyat qilgan hadisda: “Fotihatul Kitob – har bir zaharga shifodir”, deyilgan.

Bu sura “Ruqiya” deb ham nomlanadi. So‘fyon ibn Uyayna Fotihani “Voqiya”, Yahyo ibn Abi Kasir esa “Kofiya” degan. Yana u “Namoz va xazina” ham deyiladi. Buni Imom Zamaxshariy o‘zining “Kashshof” tafsirida keltirgan.

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar