00:00 Kirish
00:20 Taroveh namozi qanday amal?
01:25 Taroveh namozi qachondan boshlanib, qachon tugaydi?
02:47 Tarovih namoziga qanday niyat qilinadi va necha rakatdan o‘qiladi?
04:16 Tarovih namozini ba’zilar 8 rakat o‘qiydi xolos. Shu to‘g‘rimi?
06:21 Xufton o‘qimagan kishi jamoatga kech qolib kelsa, tarovih namoziga qanday qo‘shilib oladi?
07:21 Tarovih namozi vitrdan oldin o‘qiladimi yoki keyinmi?
07:42 Tarovih namozida ham namozxonlar orasi jips turishi kerakmi yoki shart emasmi?
09:17 Qazo namozlarim ko‘p. Tarovih namozini o‘qimasdan qazo namozlarimni o‘qisam bo‘ladimi?
10:27 Ro‘za tutmagan odam ham tarovih o‘qishi mumkinmi?
11:26 Tarovih namozini o‘tirib o‘qisa bo‘ladimi?
12:29 Tarovih namozini yolg‘iz o‘qisa ham bo‘ladimi?
14:13 Tarovih namozi o‘qilmay qolsa qazosi o‘qiladimi?
15:00 Jonli efir orqali uzatilayotgan tarovih namoziga uydan turib iqtido qilib o‘qisam bo‘ladimi? Yoki mumkin emasmi?
15:59 Tarovih namozini Mus'hafga qarab o‘qisa bo‘ladimi?
Islom olamida Qur’oni karimni muayyan qiroat yo‘nalishi va sanad (ustozlar zanjiri) bilan o‘rganish hamda bu borada ijoza olish qadimiy an’ana bo‘lib, u ilohiy kalomni asl holicha saqlashga xizmat qiladi.
Toshkent islom instituti huzuridagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursida ushbu xayrli an’ana izchil davom ettirilmoqda. Jumladan, quyidagi ustozlar qiroat ilmini muvaffaqiyatli yakunlab, ijoza sohibiga aylandi:
Nurulloh qori Saydullayev – “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursi ustozi. U kishi Imom Osim qiroatining Hafs rivoyatini “Shotibiy” yo‘li asosida to‘liq topshirdi.
Fayzulloh qori Izzatullayev – O‘quv kursining Yangiyo‘l tumani filiali ustozi, Zangiota tumanidagi “Sadr ota” jome masjidi imom-xatibi. Fayzulloh qori Imom Osim qiroati, Hafs va Sho‘ba rivoyatlarini “Shotibiya” yo‘li orqali yakunladi.
Qur’oni karimni mazkur yo‘nalishlar bo‘yicha to‘liq xatm qilgan ustozlarimizga ijoza shahodatnomalarini 10 ta qiroat sohibi, Al-Azhar shayxi Ibrohim Muhammad tantanali ravishda topshirdi. Mazkur hujjat sohibiga Qur’oni karimni nafaqat qiroat qilish, balki o‘zlashtirilgan yo‘nalishlar bo‘yicha boshqalarga ham dars berish huquqini beradi.
Ma’lumki, ijoza – Qur’oni karimni rivoyat qilish uchun ustoz tomonidan beriladigan ilmiy izndir. Bu shahodatnomaning ahamiyati shundaki, uning silsilasi ustozdan ustozga o‘tib, bevosita Payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga borib taqaladi.
Alloh taolo ustozlarimizning ilmiy faoliyatlarini xayrli va barakotli qilsin. Qur’on nuri bilan xalqimiz ma’rifatini yuksaltirish yo‘lidagi xizmatlarida zafarlar yor bo‘lsin!
Oliymahad.uz