Sayt test holatida ishlamoqda!
02 Mart, 2026   |   13 Ramazon, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:38
Quyosh
06:56
Peshin
12:40
Asr
16:30
Shom
18:19
Xufton
19:30
Bismillah
02 Mart, 2026, 13 Ramazon, 1447
Maqolalar

Iqtiboslar infografikasi

24.02.2026   6614   1 min.
Iqtiboslar infografikasi

Bugun yurtimizdagi masjid, madrasa va ziyoratgohlar obod etilmoqda, ajdodlar merosi tadqiq etilmoqda, Qur’on kurslarida minglab hamyurtlarimiz saboq olmoqda, haj va umra amallarini ado etish imkoniyati kengaymoqda.
Poytaxtimizda bunyod etilgan muhtasham Islom sivilizatsiyasi markazi va Samarqand viloyatida qad rostlagan mahobatli Imom Buxoriy majmuasining ochilish marosimlari nafaqat xalqimiz uchun, balki butun musulmon ummati uchun eng munosib Ramazon tuhfasi bo‘ladi, insha Alloh.

Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlarining Ramazon oyi tabrigi va murojaatidan

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Agar ro‘zador tilini tiymasa…

02.03.2026   1077   1 min.
Agar ro‘zador tilini tiymasa…

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Umar ibn Abdulaziz rahimahulloh dedilar: Biz solih zotlarni topdikki, ular ibodatni faqat ro‘za tutish yoki namoz o‘qishda emas, balki odamlarning obro‘siga (til bilan) tegishdan tiyilishda deb bilardilar. Zero, tunlari qoim va kunduzlari ro‘zador bo‘lgan kishi agar tilini saqlamasa, Qiyomat kuni muflislardan bo‘lib qoladi” (Ibn Abdulbarr rahimahulloh. “At-Tamhid”).

“Muflis” – mol-mulkidan ayrilgan, kasodga uchragan (bankrot) odam.

Maqolalar