Sayt test holatida ishlamoqda!
14 Aprel, 2026   |   25 Shavvol, 1447

Toshkent shahri
Tong
04:22
Quyosh
05:46
Peshin
12:28
Asr
17:05
Shom
19:06
Xufton
20:22
Bismillah
14 Aprel, 2026, 25 Shavvol, 1447

Shvetsiyada O‘zbekistonning diniy-ma’rifiy islohotlari yuqori baholandi

27.03.2026   7427   1 min.
Shvetsiyada O‘zbekistonning diniy-ma’rifiy islohotlari yuqori baholandi

#xabar #muftiy

Joriy yilning 24 mart kuni Shvetsiya parlamentida O‘zbekistonning diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlari, bag‘rikenglik muhiti va millatlararo hamjihatlik borasida amalga oshirayotgan ishlariga bag‘ishlangan seminar-taqdimot o‘tkazildi.  


Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, tarix fanlari doktori, professor Davronbek Maxsudov, shuningdek, yurtimizdagi diniy konfessiya yetakchilari, elchixona va soha vakillari ishtirok etishdi. 


Shvetsiya tomonidan esa, parlament a’zolari, elchilar, madaniyat markazi vakillari, ilmiy-tadqiqot institutlari mutaxassislari, ekspertlar, vatandoshlar, ommaviy axborot vositalari vakillari – jami 120 nafar ishtirokchi qatnashdi.


Taqdimotda davlatimiz tomonidan diniy bag‘rikenglik tamoyillarini qaror toptirish, turli millat va elatlar o‘rtasida do‘stlikni yanada mustahkamlash borasida keng ko‘lamli ishlar,  diniy konfessiya vakillari o‘rtasida do‘stlik rishtalarini mustahkamlash, ushbu yo‘nalishda amalga oshirilgan ishlar hamda ilgari surilgan ezgu tashabbuslar xalqaro hamjamiyat tomonidan e’tirof etilayotganiga urg‘u qaratildi.


Seminarda O‘zbekistonda so‘nggi yillarda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashishga alohida e’tibor qaratilayotgani, bu yo‘lda aholining diniy-ma’rifiy savodxonligini oshirish, yosh avlodni turli buzg‘unchi oqimlar ta’siriga tushib qolishdan saqlash bo‘yicha muntazam tushuntirish ishlari olib borilayotgani bayon etildi.

Seminar asnosida xorijlik mutaxassislar va ishtirokchilar bilan qizg‘in savol-javoblar bo‘lib o‘tdi. Xalqaro hamjamiyat vakillarini qiziqtirgan savollarga soha mas’ullari tomonidan asosli javoblar berildi.


Xalqaro seminar ishtirokchilari O‘zbekistondagi dinlararo muloqot, bag‘rikenglik muhiti va tinchliksevarlik siyosati nafaqat mintaqa, balki butun dunyo uchun namuna ekanini ta’kidladi. 


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

 

Shvetsiyada O‘zbekistonning diniy-ma’rifiy islohotlari yuqori baholandi Shvetsiyada O‘zbekistonning diniy-ma’rifiy islohotlari yuqori baholandi
Boshqa maqolalar
Videolar

Yetimlarning pullaridan foydalanib turish joizmi?

14.04.2026   136   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Ey Abu Hurayra, Faroiz (meros) ilmini o‘rganinglar va odamlarga o‘rgatinglar. Chunki u ilmning yarmidir. U eng birinchi unutiladigan ilmdir. Ummatim orasidan eng birinchi ko‘tariladigan ilm ham shudir".


Saidjamol domla MASAYITOV,
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi ulamosi.

Videolavhalar