frontend\widgets\header\Header: Attempt to read property "fajr" on null
Yangiliklar

“Hidoya”da muhim tadbirlar bo‘lib o‘tdi

11.04.2026   27847   1 min.
“Hidoya”da muhim tadbirlar bo‘lib o‘tdi

Namangan viloyatida “Hidoya” o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi bitiruvchilarini ishga taqsimlash bo‘yicha uchrashuv o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim Muhammadsiddiqov, Kadrlar bo‘limi boshlig‘i Salohiddin Sherxonov, Masjidlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Muzaffar Kamolov, Namangan viloyati bosh imom xatibi Abdulloh Samadov hamda ta’lim muassasasi direktori Qobiljon Mirzaboyev bitiruvchilarni ishga taqsimlashga doir masalalarga to‘xtalishdi.

Ma’lumot uchun, "Hidoya" o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasining bu yilgi bitiruvchilari soni 35 nafar bo‘lib, yurtimizdagi masjidlarga imom-xatib va imom noibi vazifalariga tayinlanadi. Ta’limni davom ettirmoqchi bo‘lganlar esa Toshkent islom instituti va boshqa oliy ta’lim muassasalariga hujjat topshirishlari mumkin.

Shuningdek, ta’lim muassasasida “Yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tuyg‘usini shakllantirish kuni” munosabati bilan tadbir o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari, professor Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov so‘zga chiqib, yosh avlod qalbida Vatanga bo‘lgan muhabbat, milliy g‘urur va fidoyilik tuyg‘ularini sayqal toptirish hamma davrlar uchun muhim vazifa sanalib kelishini ta’kidladi.  

Tadbirlar so‘ngida talabalarni qiziqtirgan savollarga javoblar berilib, xayrli duo qilindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

“Hidoya”da muhim tadbirlar bo‘lib o‘tdi “Hidoya”da muhim tadbirlar bo‘lib o‘tdi “Hidoya”da muhim tadbirlar bo‘lib o‘tdi “Hidoya”da muhim tadbirlar bo‘lib o‘tdi “Hidoya”da muhim tadbirlar bo‘lib o‘tdi “Hidoya”da muhim tadbirlar bo‘lib o‘tdi
Yangiliklar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Sirdaryo imom-xatiblari ishtirokida tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi

30.07.2026   9667   1 min.
Sirdaryo imom-xatiblari ishtirokida tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasining Sirdaryo viloyati vakilligida imom-xatiblar ishtirokida tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.


Viloyat hokimining o‘rinbosari Farohiddin Rahimov hamda viloyat bosh imom-xatibi Habibulloh domla Zokirov rahbarligida o‘tgan tadbirda 2026 yilning birinchi yarim yilligidagi diniy-ma’rifiy va tashkiliy ishlar sarhisob qilinib, erishilgan natijalar atroflicha tahlil etildi.


Yig‘ilishda jamiyatda sog‘lom ma’naviy muhitni mustahkamlash, diniy sohadagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish, yoshlar o‘rtasida ma’rifiy targ‘ibot ishlarini kuchaytirish hamda mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan kelgusi olti oylik ustuvor vazifalar belgilab olindi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Sirdaryo imom-xatiblari ishtirokida tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi Sirdaryo imom-xatiblari ishtirokida tahliliy yig‘ilish o‘tkazildi
O'zbekiston yangiliklari