Sayt test holatida ishlamoqda!
05 May, 2026   |   17 Zulqa`da, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:45
Quyosh
05:16
Peshin
12:25
Asr
17:18
Shom
19:28
Xufton
20:52
Bismillah
05 May, 2026, 17 Zulqa`da, 1447
Yangiliklar

14.04.2026   4966   1 min.
Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Taniqli olim Muhiddin Mansurning yangi asari taqdimot qilindi

05.05.2026   3940   2 min.
Taniqli olim Muhiddin Mansurning yangi asari taqdimot qilindi

Hadis ilmi maktabida taniqli olim, ustoz Shayx Muhiddin Mansurning qalamiga mansub “Sof aqida — Imom Tahoviy aqidasiga hoshiya” nomli yangi kitobning taqdimoti o‘tkazildi. Imom G‘aznaviy sharhi asosida tayyorlangan ushbu qo‘llanma aqida ilmining murakkab masalalarini sodda va xalqchil tilda bayon etgani bilan ahamiyatlidir. 


Tadbirni Hadis ilmi maktabi rektori Barot Amonov ochib berib, muallifning ko‘p yillik ilmiy-ma’rifiy xizmatlarini alohida e’tirof etdi. Rektor o‘z nutqida jamiyatda sog‘lom diniy tushunchani qaror toptirish hamda ahli sunna val jamoa manhajidan chetlashgan oqimlarga ilmiy asoslangan raddiyalar berishda bu kabi asarlarning o‘rni beqiyos ekanini ta’kidladi. 
 

Taqdimot davomida Shayx Muhiddin Mansur hazratlari so‘zga chiqib, aqida ilmining inson hayotidagi ahamiyatiga to‘xtaldilar:

“E’tiqod mustahkam bo‘lsa, hech qanday buzg‘unchi g‘oya yoki adashtiruvchi oqim inson qalbiga yo‘l topa olmaydi”, — dedi muallif.


Shuningdek, olim Abu Hanifa va Abu Mansur Moturidiy rahmatullohi alayhlarning aqidaviy qarashlari bevosita Qur’on va Sunnatga tayanishini hayotiy misollar bilan tushuntirib berdilar. Xususan, “Fiqhul akbar” asarining Abu Hanifaga nisbati mutavotir (inkor qilib bo‘lmas) yo‘l bilan sobit ekanini qayd etib, kelajak avlodni bu sof merosni asrab-avaylashga chaqirdilar.


Tadbir yakunida "Hadis ilmlari" kafedrasi mudiri Mahmudjon Abdurahmonov so‘zga chiqib, ustozning boy ilmiy tajribasi talabalar uchun katta maktab ekanini ta’kidladi va barcha ishtirokchilar nomidan minnatdorchilik bildirdi.


Yangi nashr etilgan ushbu kitob nafaqat soha mutaxassislari, balki keng kitobxonlar ommasi uchun ham ma’naviy xazina bo‘lib xizmat qilishi, shubhasiz. 

Muhaddis.uz

 

Taniqli olim Muhiddin Mansurning yangi asari taqdimot qilindi Taniqli olim Muhiddin Mansurning yangi asari taqdimot qilindi Taniqli olim Muhiddin Mansurning yangi asari taqdimot qilindi Taniqli olim Muhiddin Mansurning yangi asari taqdimot qilindi
O'zbekiston yangiliklari