Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyun, 2026   |   9 Muharram, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:05
Quyosh
04:51
Peshin
12:29
Asr
17:41
Shom
20:04
Xufton
21:46
Bismillah
24 Iyun, 2026, 9 Muharram, 1448

Nabaviy tabobat: Rayhon

12.05.2026   19148   1 min.
Nabaviy tabobat: Rayhon

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Qur’oni karimda rayhon zikr qilingan. Alloh taolo aytadi:

﴿وَالْحَبُّ ذُو الْعَصْفِ وَالرَّيْحَانُ﴾

Yana (unda) somonli donlar va rayhon (va boshqa gullar) bor (Rahmon surasi, 12-oyat).

﴿فَرَوْحٌ وَرَيْحَانٌ وَجَنَّةُ نَعِيمٍ﴾

(uning uchun) rohat, rayhon (bo‘yi) va ne’matlar jannati bordir” (Voqea surasi, 89-oyat).

Nabiy sollallohu alayhi vasallam: “Kimga rayhon taklif qilinsa, uni qaytarmasin. Zero ko‘tarishga yengil, hidi xushbo‘ydir”, deganlar (Imom Muslim rivoyati).

Rayhonning xushbo‘y hidi ko‘ngilga xursandchilik bag‘ishlaydi. Uni hidlash va uyga qo‘yib qo‘yish bilan yuqumli kasalliklar daf bo‘ladi. Badanga ishqalansa, terlashni, ortiqcha rutubat va noxush hidlarni ketkizadi.

Qora rayhonning yirik bargli va ko‘kish ranglisi erituvchi xususiyatga ega. Shuningdek, u tanadagi tiqilmalarni ham ochadi.


"Islomda salomatlik" kitobidan
Muhammad Zarif Muhammad Olim o‘g‘li

Boshqa maqolalar

Nafs illatlari: Odamlarning kamchiliklarini ko‘rish odati

23.06.2026   3771   1 min.

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam aytdilar: "Banda dunyoda bir bandaning aybini yashirsa, Alloh qiyomatda uning aybini yashiradi" (Imom Muslim rivoyati).