Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Iyun, 2026   |   16 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:09
Quyosh
04:52
Peshin
12:26
Asr
17:34
Shom
19:55
Xufton
21:30
Bismillah
03 Iyun, 2026, 16 Zulhijja, 1447

Tavof vaqtida gaplashish joizmi?

02.06.2026   4776   1 min.
Tavof vaqtida gaplashish joizmi?

Savol: Tavof qilish asnosida ziyoratchilar bir-birlari bilan yoki telefon orqali gaplashishlari mumkinmi? Ayrim odamlar bemalol gaplashib ketayotganlariga ko‘zimiz tushib qoladi.


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Tavof asnosida zarur gaplarni gaplashish, bilmaganini ilmli insonlardan so‘rashi kabi ishlar muboh hisoblanadi. Hojati yo‘q, bekorchi gaplarni gaplashish taqiqlanadi.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: “Baytulloh atrofida tavof qilish xuddi namoz kabidir. Faqatgina unda gapirishingiz mumkin. Kimki unda gapirsa, faqat yaxshilikni gapirsin” (Imom Termiziy rivoyati).

“Gapirsa, faqat yaxshilikni gapirsin” iborasi ulamolar tomonidan Alloh taoloni zikr qilish, foydali ilm o‘rganish va o‘rgatish kabi savob beriladigan amallar deb, sharhlangan.

Tavof – savobi ulug‘ amal hisoblanadi, qolaversa, xorijiy o‘lkalardan boruvchilar uchun boshqa joyda topa olmaydigan amal hamdir. Shu sababli bunday muqaddas makonlarda, g‘animat vaqtlarda duo-yu iltijolar, tavba-yu istig‘forlar bilan mashg‘ul bo‘lmoq lozim. Bunday fursatni oldi-qochdi gaplar bilan o‘tkazib yuborish mo‘l-ko‘l savoblardan bebahra qolishga sabab bo‘ladi. Vallohu a’lam.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

HOJILARNING ILK GURUHLARI ONA DIYORIMIZGA YETIB KЕLDI (FOTOLAVHA)

02.06.2026   2162   1 min.
HOJILARNING ILK GURUHLARI ONA DIYORIMIZGA YETIB KЕLDI (FOTOLAVHA)

 

Bugun, 2 iyun kuni “Haj - 2026” ishchi guruhi rahbari - Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Sodiqjon Toshboyev va O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligidagi hojilarimizning dastlabki guruhlari eson-omon yurtimizga yetib keldilar.


Toshkent xalqaro aeroportida nurli va fayzli yuzlarida Vatan sog‘inchi namoyon bo‘lgan hojilarimizni Prezident Administratsiyasi Diniy-ma’rifiy masalalar bo‘yicha departamenti boshlig‘i Muzaffar Kamilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisining birinchi o‘rinbosari Homidjon Ishmatbekov, shuningdek, taniqli ulamolar, imom-domlalar, mutasaddilar va OAV vakillari ehtirom ila kutib olishdi.

 Muqaddas zaminda dinimizning beshinchi arkonini katta ixlos va ibodat zavqi bilan ado etgan hamyurtlarimiz ko‘tarinki kayfiyat ila yaqinlari bilan diydorlashdi.
 

Hojilarimiz ushbu ulug‘ kunlarga yetkazgani uchun Haq taologa shukronalar aytib, yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi va osoyishtaligi haqqiga xayrli duolar qildilar.



O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

HOJILARNING ILK GURUHLARI ONA DIYORIMIZGA YETIB KЕLDI (FOTOLAVHA) HOJILARNING ILK GURUHLARI ONA DIYORIMIZGA YETIB KЕLDI (FOTOLAVHA) HOJILARNING ILK GURUHLARI ONA DIYORIMIZGA YETIB KЕLDI (FOTOLAVHA) HOJILARNING ILK GURUHLARI ONA DIYORIMIZGA YETIB KЕLDI (FOTOLAVHA) HOJILARNING ILK GURUHLARI ONA DIYORIMIZGA YETIB KЕLDI (FOTOLAVHA) HOJILARNING ILK GURUHLARI ONA DIYORIMIZGA YETIB KЕLDI (FOTOLAVHA)
Dunyo yangiliklari