Sayt test holatida ishlamoqda!
17 Iyul, 2026   |   3 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:24
Quyosh
04:59
Peshin
12:34
Asr
17:40
Shom
19:58
Xufton
21:30
Bismillah
17 Iyul, 2026, 3 Safar, 1448

Tavof vaqtida gaplashish joizmi?

02.06.2026   13647   1 min.
Tavof vaqtida gaplashish joizmi?

Savol: Tavof qilish asnosida ziyoratchilar bir-birlari bilan yoki telefon orqali gaplashishlari mumkinmi? Ayrim odamlar bemalol gaplashib ketayotganlariga ko‘zimiz tushib qoladi.


Javob: Bismillahir Rohmanir Rohiym. Tavof asnosida zarur gaplarni gaplashish, bilmaganini ilmli insonlardan so‘rashi kabi ishlar muboh hisoblanadi. Hojati yo‘q, bekorchi gaplarni gaplashish taqiqlanadi.

Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi. Nabiy sollallohu alayhi vasallam bunday dedilar: “Baytulloh atrofida tavof qilish xuddi namoz kabidir. Faqatgina unda gapirishingiz mumkin. Kimki unda gapirsa, faqat yaxshilikni gapirsin” (Imom Termiziy rivoyati).

“Gapirsa, faqat yaxshilikni gapirsin” iborasi ulamolar tomonidan Alloh taoloni zikr qilish, foydali ilm o‘rganish va o‘rgatish kabi savob beriladigan amallar deb, sharhlangan.

Tavof – savobi ulug‘ amal hisoblanadi, qolaversa, xorijiy o‘lkalardan boruvchilar uchun boshqa joyda topa olmaydigan amal hamdir. Shu sababli bunday muqaddas makonlarda, g‘animat vaqtlarda duo-yu iltijolar, tavba-yu istig‘forlar bilan mashg‘ul bo‘lmoq lozim. Bunday fursatni oldi-qochdi gaplar bilan o‘tkazib yuborish mo‘l-ko‘l savoblardan bebahra qolishga sabab bo‘ladi. Vallohu a’lam.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Xushxabar: “Fatvolar to‘plami” kitobining 3-juzi nashrdan chiqdi

14.07.2026   11881   1 min.
Xushxabar: “Fatvolar to‘plami” kitobining 3-juzi nashrdan chiqdi

Yaqinda O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari boshchiligida Fatvo markazi ulamolari tomonidan tayyorlangan “Fatvolar to‘plami” kitobining 3-juzi nashr etildi.


Kitobda yurtdoshlarimiz tomonidan eng ko‘p so‘ralgan savollarga javoblar aks etgan. Mazkur asar sodda uslubda, hanafiy mazhabimizdagi mo‘tabar fiqhiy manbalarga asoslangan holda tayyorlangan.


Ushbu kitobdan aqida, tahorat, namoz, zakot, ro‘za, haj-umra, qurbonlik, savdo-sotiq, ijara, nikoh, qasam, nazr, emizish, taloq, meros, ta’qiq va ruxsatlar, tib, Islom tarixi, Qur’on, zikr, fazilatli amallar kabi mavzulardagi qiziqarli savollarga batafsil javob topishingiz mumkin.


Kitobning hajmi: 584 bet;

Muqovasi: Qattiq, zarhal

Nashriyot: “Shamsiddinxon Boboxonov” NMIU

Ulgurchi oluvchilar murojaat qilishlari uchun:

+998917806633

@fatvo_reception 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

 

 

Xushxabar: “Fatvolar to‘plami” kitobining 3-juzi nashrdan chiqdi Xushxabar: “Fatvolar to‘plami” kitobining 3-juzi nashrdan chiqdi Xushxabar: “Fatvolar to‘plami” kitobining 3-juzi nashrdan chiqdi Xushxabar: “Fatvolar to‘plami” kitobining 3-juzi nashrdan chiqdi Xushxabar: “Fatvolar to‘plami” kitobining 3-juzi nashrdan chiqdi Xushxabar: “Fatvolar to‘plami” kitobining 3-juzi nashrdan chiqdi Xushxabar: “Fatvolar to‘plami” kitobining 3-juzi nashrdan chiqdi
O'zbekiston yangiliklari