Sayt test holatida ishlamoqda!
24 Iyul, 2026   |   10 Safar, 1448

Toshkent shahri
Tong
03:33
Quyosh
05:05
Peshin
12:35
Asr
17:37
Shom
19:52
Xufton
21:22
Bismillah
24 Iyul, 2026, 10 Safar, 1448

Musibatlar o‘tkinchidir

05.06.2026   17317   1 min.
Musibatlar o‘tkinchidir

Bismillahir Rohmanir Rohiym

Balo-musibatlarga mehmondo‘stlikni quyuq qiling, zero, ular o‘tkinchidir. Parvardigorning karami keng: Mo‘min bandasining oyog‘iga kirgan birgina zirapcha sababli Alloh taolo uning gunohlarini o‘chiradi. Ibn Javziy rahimahulloh aytadilar: "Balolar mehmondir bas, mehmondorchilikni quyuq qiling, toki ular mukofot diyoriga sizdan rozi bo‘lib ketsinlar. Balolar bo‘lmaganida qiyomatga quruq qo‘l bilan borgan bo‘lar edik. Agar senga g‘ayb pardasi ko‘tarilsa edi, mahzun bo‘lgan kunlaringni yaxshi ko‘rib qolarding. Agar balolarga sabr qilgan kishiga botmon-botmon savob berilayotganini ko‘rganingda, qalbing orom olib, qalbingni tirnagan alamlardan lazzatlangan bo‘lar eding".

Al-Azhar shayxi Shayx Ahmad Toyyib
Homidjon qori ISHMATBЕKOV tarjimasi

Boshqa maqolalar
Maqolalar

Nima uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashamiz?

22.07.2026   5391   1 min.
Nima uchun Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashamiz?

1. Alloh taoloning amriga bo‘ysunish uchun.

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Ey imon keltirganlar! Allohga va (Uning) Rasuliga itoat etingiz!” (Anfol surasi, 20-oyat). Bu ma’nodagi oyat Qur’oni karimda takror-takror kelgan.

2. Alloh taoloning muhabbatiga sazovor bo‘lish uchun.

Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Ayting (ey, Muhammad!): “Agar Allohni sevsangiz, menga ergashingiz. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag‘firat etadi. Alloh kechiruvchi va rahmlidir” (Oli Imron surasi, 31-oyat).

Hasan Basriy rahmatullohi alayh aytadilar: “Bandalarning Allohga bo‘lgan muhabbatlarining alomati Rasululloh sollallohu alayhi va sallamning sunnatlariga ergashishdir”.

3. Farz amallarda yo‘l qo‘yilgan kamchiliklarning o‘rnini to‘ldirish uchun.

4. Bid’at, zalolatga berilib ketishdan saqlanish uchun.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Sizning ichingizda ikki narsani qoldirdim. Agar ularni mahkam tutsangiz, hech adashmaysiz. Bular – Allohning kitobi va Mening sunnatimdir”, deganlar (Imom Molik rivoyati).

Alloh taolo barchamizga Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning sunnatlariga ergashimizga va unda bardavom bo‘lishimizga tavfiq ato etsin!

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar