Sayt test holatida ishlamoqda!
08 Iyun, 2026   |   21 Zulhijja, 1447

Toshkent shahri
Tong
03:06
Quyosh
04:50
Peshin
12:27
Asr
17:36
Shom
19:58
Xufton
21:35
Bismillah
08 Iyun, 2026, 21 Zulhijja, 1447
Yangiliklar

Jizzaxda “Qur’on karim va tajvid” kursi bitiruvchilari taqdirlandi

08.06.2026   1605   1 min.
Jizzaxda “Qur’on karim va tajvid” kursi bitiruvchilari taqdirlandi

Toshkent islom instituti qoshida faoliyat yuritayotgan Jizzax shahridagi “Qur’oni karim va tajvid” o‘quv kursining navbatdagi bitiruvchilari va soha mutasaddilari ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.


Tadbirda Jizzax viloyati bosh imom-xatibi Mehmonxon domla Jabborov, Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un domla G‘afurov, institut prorektori Jahongir qori Ro‘ziyev hamda diniy soha vakillari ishtirok etdi.


Uchrashuv davomida yurtimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, hukm surayotgan tinchlik va osoyishtalik ne’matining qadri hamda bu ezgu ne’matlarga shukronalik keltirishning ahamiyati haqida atroflicha so‘z yuritildi. Insonlarni, ayniqsa, yoshlarni ilm-ma’rifatga targ‘ib qilish bugungi kunning muhim vazifalaridan ekani alohida ta’kidlandi.


Tadbir yakunida o‘quv kursi faoliyati va rivojiga munosib hissa qo‘shib kelayotgan mas’ullar hamda hamkor tashkilot vakillari institut nomidan tashakkurnoma va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi. 


Shundan so‘ng o‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga sertifikatlar tantanali ravishda topshirildi.

 

Marosim so‘ngida yurt tinchligi, xalq farovonligi va ilm ahlining rivojini so‘rab xayrli duolar qilindi. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Jizzaxda “Qur’on karim va tajvid” kursi bitiruvchilari taqdirlandi Jizzaxda “Qur’on karim va tajvid” kursi bitiruvchilari taqdirlandi Jizzaxda “Qur’on karim va tajvid” kursi bitiruvchilari taqdirlandi Jizzaxda “Qur’on karim va tajvid” kursi bitiruvchilari taqdirlandi
O'zbekiston yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazidagi kutubxonaga qanday a’zo bo‘lish mumkin?

08.06.2026   5222   2 min.
O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazidagi kutubxonaga qanday a’zo bo‘lish mumkin?

Avval xabar berilganidek, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazining zamonaviy kutubxonasi kitobxonlar, tadqiqotchilar va talabalar uchun o‘z eshiklarini rasman ochdi. Axborot-kutubxona xizmatlaridan samarali foydalanish uchun quyidagi qoida va tartiblar belgilangan:

1. A’zo bo‘lish uchun kerakli hujjatlar 

Kutubxonadan foydalanish 14 yoshdan boshlab rasmiylashtiriladi. Ro‘yxatdan o‘tish uchun quyidagi hujjatlardan biri taqdim etilishi lozim:

  • Pasport yoki ID-karta;

  • Istiqomat qilish guvohnomasi;

  • Haydovchilik guvohnomasi.

Eslatma: 14–16 yoshdagi foydalanuvchilar tug‘ilganlik haqidagi guvohnoma hamda ota-onasi yoki vasiylarining shaxsini tasdiqlovchi hujjatlari asosida a’zo bo‘lishlari mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tgan kitobxonlarga 2 yil muddatga amal qiluvchi maxsus ID-karta taqdim etiladi. 
 

2. Ish tartibi va vaqti

Kutubxona haftaning quyidagi kunlarida foydalanuvchilarni qabul qiladi:

  • Dushanba – Juma: 09:00 dan 22:00 gacha

  • Shanba: 09:00 dan 18:00 gacha

  • Yakshanba: Dam olish kuni


3. Kutubxona imkoniyatlari va fondlari

Markaz kutubxonasi bir vaqtning o‘zida 310 nafar kitobxonga xizmat ko‘rsatish salohiyatiga ega bo‘lib, quyidagi makonlarni o‘z ichiga oladi:

  • Ilmiy va xorijiy adabiyotlar zallari hamda olimlar xonasi;

  • Kovorking hududi va individual ishlash joylari;

  • Imkoniyati cheklangan shaxslar uchun maxsus xona;

  • Ochiq havoda mutolaa qilish uchun yashil maydon.


Kitobxonlar uchun kutubxonaning 40 mingdan ortiq bosma nashrlari, 3 mingdan ziyod nodir qo‘lyozma va toshbosma manbalari hamda mahalliy va xalqaro elektron bazalar orqali 10 milliondan ortiq raqamli resurslardan foydalanish imkoniyati yaratilgan.

Tadqiqotchilar uchun sensor panellar, infokiosklar, ovozdan xoli kabinalar va kitoblarni sterilizatsiya qilish uskunalari xizmat ko‘rsatmoqda. 

O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati

O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazidagi kutubxonaga qanday a’zo bo‘lish mumkin? O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazidagi kutubxonaga qanday a’zo bo‘lish mumkin? O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazidagi kutubxonaga qanday a’zo bo‘lish mumkin? O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazidagi kutubxonaga qanday a’zo bo‘lish mumkin? O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazidagi kutubxonaga qanday a’zo bo‘lish mumkin?
O'zbekiston yangiliklari