Ushbu rasmlarda Buxoroning Mir Arab madrasasida dars bergan mudarris, o‘z davrining obro‘li shayxi hisoblangan domla Ikrom haqgo‘y tasvirlangan.
Ikrom domla Buxorodagi aksariyat ulamolardan farqli o‘laroq, jadidlar va ularning g‘oyalarini qo‘llab-quvvatlagan.
Qolaversa, u keyinroq O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy boshqarmasini tashkil qilgan Eshon Boboxonga ham ustozlik qilgan. O‘zi esa Ahmad Donishning shogirdi bo‘lgan.
Oyina.uz
Yangi o‘quv yili va mustaqilligimizning 35 yilligi arafasida Qashqadaryo viloyatida yana bir xayrli tashabbus amalga oshirildi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi viloyat vakilligi va saxovatpesha yurtdoshlarimiz hamkorligida Qarshi shahridagi 100 nafar ehtiyojmand oila farzandiga yangi o‘quv qurollari to‘plamlari beg‘araz topshirildi.
Qo‘lida yangi portfel va kitob-daftar tutgan jajji o‘quvchilarning yuzidagi samimiy tabassum va quvonch bu ezgu ishning naqadar qadrli ekanini ko‘rsatdi. Zero, ilm istagan qalbga qanot bo‘lish — eng ulug‘ savoblardandir.
Tadbir yakunida xayriyada hissa qo‘shgan barcha saxovatpesha insonlar haqiga duolar qilindi.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati