Sayt test holatida ishlamoqda!
19 Avgust, 2026   |   6 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:09
Quyosh
05:36
Peshin
12:27
Asr
17:16
Shom
19:21
Xufton
20:43
Bismillah
19 Avgust, 2026, 6 Rabi`ul avval, 1448

"Haj – 2026" ziyoratchilari imomlar bilan targ‘ibot ishlarini boshladi

24.06.2026   18169   2 min.

Xalqimiz orasida mehr-oqibat, saxovat va inson qadrini ulug‘lash kabi ezgu qadriyatlar azaldan mustahkam o‘rin egallab keladi. Ana shu oliyjanob fazilatlarni hayotga tatbiq etish maqsadida joriy yilning 23 iyun kuni Samarqand viloyati Toyloq tumanida keng qamrovli sayyor uchrashuvlar o‘tkazildi.
 

Tadbirda Samarqand viloyati bosh imom-xatibi o‘rinbosari Xayrullo domla Sattarov, shahar va tuman bosh imom-xatiblari, «Haj–2026» ziyoratchilari, mahalla faollari hamda nuroniylar ishtirok etdilar.


Xonadonlarga tashrif va moddiy ko‘mak


Diniy soha xodimlari tumanda yashovchi kam ta’minlangan, boquvchisini yo‘qotgan va ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar xonadoniga tashrif buyurdilar. Bemorlarning holidan xabar olinib, ularga moddiy va ma’naviy yordam ko‘rsatildi, haqlariga shifo tilab duolar qilindi.

Ma’lumot uchun: Islom ta’limotida bemor ko‘rish va muhtojlar qalbiga quvonch ulashish eng savobli amallardan sanaladi.


Saxovatpesha insonlar ko‘magida yangi uylar


Sayyor yig‘ilish davomida din ulamolari Nayman mahallasida saxovatpesha homiylar ko‘magida qad rostlayotgan yangi xonadon qurilishi bilan tanishdilar.

  • Birinchi xonadon: Boquvchisini yo‘qotgan oila uchun barpo etilmoqda.

  • Ikkinchi xonadon: Yaqinda sodir bo‘lgan yong‘in oqibatida uy-joyidan ajralgan yana bir oilaga qurib berilyapti.

Ulamolar ushbu xayrli ishlarning barakasini tilab duolar qildilar va oilalarga hadyalar topshirdilar.


Ma’naviy-ma’rifiy suhbatlar


Tadbir davomida adashgan va yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolgan ayrim fuqarolar bilan yakka tartibda suhbatlar o‘tkazildi. Ularga oila muqaddasligi, farzand tarbiyasi, halol mehnat, vatanga muhabbat va jamiyat oldidagi mas’uliyat hayotiy misollar bilan tushuntirildi. Bu samimiy muloqotlar ularning qalbida kelajakka ishonch uyg‘otishga xizmat qildi.


Masjidlardagi tarbiyaviy ma’ruzalar


Peshin namozidan so‘ng tumandagi barcha jome masjidlarida tarbiyaviy ma’ruzalar tashkil etildi. Imom-xatiblar jamiyatda sog‘lom muhitni qaror toptirish, bag‘rikenglik va o‘zaro hurmat mavzularida ma’ruza qildilar.


Yakunda yurtimiz tinchligi, xalqimiz farovonligi hamda yoshlarimizning kamoloti uchun xayrli duolar qilindi.


Samarqand viloyati vakilligi

Matbuot xizmati

Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Diniy ta’lim sohasida ilk bor Respublika anjumani bo‘lib o‘tadi

19.08.2026   12480   1 min.
Diniy ta’lim sohasida ilk bor Respublika anjumani bo‘lib o‘tadi

Joriy yilning 19-20 avgust kunlari O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o‘rta maxsus diniy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilarining «Zamonaviy diniy ta’lim: pedagogika, ilm-ma’rifat va innovatsiya» nomli I ilmiy-amaliy anjumani Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘lib o‘tadi.

Davlatimiz Rahbari tomonidan har jabhada olib borilayotgan yangilanish va islohotlarga hamohang tarzda Diniy idora tarixida ilk bor o‘tkazilayotgan ushbu tadbirda jami 700 nafar pedagog va soha mutaxassisi, jumladan, 300 nafar ishtirokchi bevosita anjuman zalida, 400 nafar ishtirokchi esa hududlardan videoselektor orqali qatnashadi.

Anjumandan ko‘zlangan maqsad sohadagi istiqbolli rejalarni muhokama qilish, diniy ta’limda pedagogik va kasbiy mahoratni oshirish, ta’lim jarayoniga zamonaviy texnologiyalarni yanada keng tatbiq etish hamda diniy ta’limni yangi bosqichga olib chiqishdir.

Dastur doirasida soha rahbarlari ishtirokida tahliliy ma’ruzalar, taniqli professorlar tomonidan mahorat darslari, ilmiy-metodik mashg‘ulotlar bo‘lib o‘tadi. Shuningdek, ishtirokchilar O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Islom sivilizatsiyasi markazi bilan yaqindan tanishib, Hazrati Imom majmuasidagi tarixiy qadamjo va obidalarni ziyorat qilishadi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari