Iskandariya universiteti muzeyida hijriy X-asrga oid nodir, zarhal muchaf ommaga namoyish etildi. Oltin bilan bezatilgan ushbu ajoyib qo'lyozma hijriy 939 yilda Usmonlilar sultoni uchun Bashir ibn Abdulloh tomonidan yozilgan.
Qadimda Qur'on qo'lyozmalari podshohlar, sultonlar va oqsoqollarga taqdim etilgan eng qimmatli sovg'alaridan biri bo'lib, ular zarhal qilinib, usta rassomlar tomonidan qoplangan.
1952-yili Misrda ro'y bergan inqilobdan so'ng bu sovg'alar boshqa qimmatbaho qo'lyozmalar qatori muzeylarga o'tkazildi. Hozirda bunday eng boy muzeylardan biri Aleksandriya universiteti muzeyi hisoblanadi. U erda Qur'on qo'lyozmalaridan tashqari hadis ilmi, va ilohiyot ilmiga oid bir qancha tarixiy kitoblar saqlanmoqda.
O'zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati
Bugun, 2 sentyabr chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazib, yurtdoshlarimizning murojaat va takliflarini atroflicha tingladi.
Ochiq va samimiy ruhda kechgan qabul jarayonida Toshkent shahri, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning diniy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish, Umra ziyorati tartibi hamda masjidlar faoliyatiga doir murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.
Uchrashuv davomida bildirilgan masalalar yuzasidan fuqarolarga shar’iy va huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli mas’ul xodimlarga murojaatlarni qisqa fursatlarda qonuniy hamda ijobiy hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar yuklatildi.
Eslatib o‘tamiz, aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga qaratilgan bu kabi fuqarolar qabullari O‘zbekiston musulmonlari idorasi, uning hududiy vakilliklari hamda yurtimizdagi barcha jome masjidlarida har haftaning chorshanba kuni muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Matbuot xizmati