Sayt test holatida ishlamoqda!
03 Sentabr, 2026   |   21 Rabi`ul avval, 1448

Toshkent shahri
Tong
04:29
Quyosh
05:51
Peshin
12:22
Asr
16:59
Shom
18:57
Xufton
20:15
Bismillah
03 Sentabr, 2026, 21 Rabi`ul avval, 1448

Toronto musulmonlarning eng yirik forumiga mezbonlik qiladi

22.12.2022   2002   1 min.
Toronto musulmonlarning eng yirik forumiga mezbonlik qiladi

Joriy yilning 25-27 dekabr' kunlari Shimoliy Amerikadagi eng yirik musulmonlar forumi Kanadaning Toronto shahrida “Muborak uchrashuv” shiori ostida bo'lib o'tadi.

Bu yilgi “Islom ruhining tiklanishi” konferentsiyasida Mavlono Toriq Jamil, Zayd Shaker, Siraj Vahaj, Shayx Abdulhakim Murod, Shayx Yosir Qoziy, Shayx Umar Sulaymon va Yasmin Muhammad, Oysha Prime kabi bir qator taniqli olim va faollar ishtirok etib, dolzarb mavzularni muhokama qilishi kutilmoqda.

Mazkur sammitda germaniyalik musulmonlar ham ma'ruza qilishi va bir qator loyihalarni ilgari surishi rejalashtirilgan.

Ushbu forum “Kovid-19” sababli so'nggi ikki yilda onlayn shaklda o'tkazildi.

Ma'lumki, “Islom ruhining tiklanishi”  mavzuidagi forum ilk bor yigirma yil avval musulmon yoshlari tomonidan AQSh dagi 11-sentyabr' voqealaridan keyingi islomofobiya hodisasiga qarshi kurashish va g'ayridinlar bilan o'zaro hamkorlik ko'prigi o'rnatish maqsadida tashkil etilgan edi.

 

O'MI Halqaro aloqalar bo'limi

Dunyo yangiliklari
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda

02.09.2026   11148   1 min.
Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda

Bugun, 2 sentyabr chorshanba kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi o‘rinbosari Muhammadolim domla Muhammadsiddiqov navbatdagi fuqarolar qabulini o‘tkazib, yurtdoshlarimizning murojaat va takliflarini atroflicha tingladi.


Ochiq va samimiy ruhda kechgan qabul jarayonida Toshkent shahri, Namangan, Farg‘ona, Andijon, Toshkent va Qashqadaryo viloyatlaridan tashrif buyurgan fuqarolarning diniy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish, Umra ziyorati tartibi hamda masjidlar faoliyatiga doir murojaatlari birma-bir ko‘rib chiqildi.


Uchrashuv davomida bildirilgan masalalar yuzasidan fuqarolarga shar’iy va huquqiy tushuntirishlar berilib, tegishli mas’ul xodimlarga murojaatlarni qisqa fursatlarda qonuniy hamda ijobiy hal etish bo‘yicha aniq topshiriqlar yuklatildi.


Eslatib o‘tamiz, aholi bilan ochiq muloqotni ta’minlashga qaratilgan bu kabi fuqarolar qabullari O‘zbekiston musulmonlari idorasi, uning hududiy vakilliklari hamda yurtimizdagi barcha jome masjidlarida har haftaning chorshanba kuni muntazam ravishda o‘tkazib kelinmoqda.


O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Matbuot xizmati

Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda Murojaatlarga amaliy yechim topilmoqda
O'zbekiston yangiliklari