Sayt test holatida ishlamoqda!
09 Oktabr, 2025   |   17 Rabi`us soni, 1447

Toshkent shahri
Tong
05:10
Quyosh
06:28
Peshin
12:15
Asr
16:08
Shom
17:56
Xufton
19:07
Bismillah
09 Oktabr, 2025, 17 Rabi`us soni, 1447

Ularga hatto dengizdagi baliqlar ham istig'for aytadi

01.10.2022   2650   5 min.
Ularga hatto dengizdagi baliqlar ham istig'for aytadi

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning eng katta va buyuk vazifalari – ta'lim berish bo'lgan. U zot sollallohu alayhi vasallam mo'minlarni go'zal bir o'xshatish ila ta'riflaganlar: "Mo'minlar bir-biriga yopishgan bino kabidir", deganlar (Imom Buxoriy rivoyati).

Bu ummat go'yoki bir imoratga kabidir. Ammo ushbu binoning quruvchilari kim? Uni qurish uchun g'isht qo'yganlar kimlar bilasizmi? Albatta – ustozlar.

Agar muallim g'ishtni noto'g'ri qo'ysa, kasbiga mas'uliyatsiz bo'lsa bino mustahkam bo'lmaganidek, millat ham parokanda bo'ladi, inqirozga yuz tutadi.

O'qituvchining muhim jihatlaridan biri bu – uning tashqi ko'rinishidir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning xilqatlari go'zal, xushbo'y hidli, qiyofalari chiroyli edi. Alloh taolo shunday yaratgandi. Biroq Rasululloh sollallohu alayhi vasallam uni saqlashga qattiq intilardilar. Hushbo'ylik ishlatardilar, pokiza kiyim kiyardilar, soch-soqollarini parvarishlardilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Albatta Alloh taolo O'z payg'ambarlarini chiroyli yuzli va yoqimli ovozli qilgan", deb aytganlar.

Nima uchun chiroyli yuz va ovozli bilasizmi? Sababi kishilarning qalbiga yo'l ochish uchun bo'lgan.

Agar o'qituvchi yoqimsiz hid, o'ziga befarq va eskirgan kiyim bilan darsga kelsa, o'quvchilar undan qanday qilib saboq olishini tasavvur qilasizmi?

O'qituvchilar uchun muhim axloq-odoblardan yana biri bu – barcha o'quvchilarga bir xil munosabatda bo'lishdir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarga hatto nazarlarini ham teng taqsimlar edilar. Bugun ko'p o'qituvchilar butun dars jarayoniga faqat birinchi qatordagi yoki sinfning ma'lum bir tomonidagi o'quvchilarga e'tibor qaratadi. Bu adolatsizlikdir va bunday qilishdan ehtiyot bo'lish lozim.

Ustozning burchlardan yana biri bu – yangi iste'dodlarni ochishdir. Nabiy sollallohu alayhi vasallam: "Meros ilmi bo'yicha eng ilmlisi Zayd, halol va harom masalasini eng yaxshi biladiganingiz Mu'oz ibn Jabal, men ilm shahriman, Ali esa uning darvozasi", deb aytardilar.

Iqtidorni aniqlash har bir o'qituvchining muhim vazifasidir. Ular ertaga jamiyat uchun kimlarni taqdim etishadi? Malakali shifokornimi, muhandis yoki jurnalist yo olimnimi?

Agar o'qituvchi o'z o'quvchilarining iqtidorini erta aniqlashga va ularning qiziqishlarini rag'batlantirmasa jamiyatda turli tartibsizlik kelib chiqadi. Sohalar rivojlanmaydi, mutaxassislar etishib chiqmaydi.

Ta'lim berish vazifasi faqatgina maktab o'qituvchilariga tegishli emas. Har kim o'qituvchi bo'lib, bu sharafli va qadr-qimmati yuksak martabaga erishishi mumkin.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam: "Alloh taolo, Uning farishtalari, hatto inidagi chumoli va dengizdagi baliqlar ham insonlarga yaxshilikdan ta'lim beruvchilarga salavot aytadilar", dedilar (Imom Termiziy rivoyati).

Tasavvur qiling, agar uch-to'rt kishiga bo'lsa ham yaxshilikni o'rgatsangiz, Yer yuzidagi barcha mavjudot sizning haqqingizga duo qiladi. Bundan ham kattaroq ajru savob bo'lmasa kerak.

Ta'lim berish bu umumiy mas'uliyatdir. Bu shunday og'ir mas'uliyatki Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga o'rinbosarlik qilishning bir qismidir.

Kunlarning birida Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bir guruh ilmga muhtoj odamlarni uchratdilar, ammo qo'shnilari esa ularga beparvo bilan qarashardi. U zot bundan qattiq g'azablandilar. Masjidga borib: "Sizlarga nima bo'ldi-ki, qo'shnilaringizga ta'lim bermayapsiz?" dedilar. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bu tanbehni ikki-uch bora takrorladilar.

Sahobalardan ba'zilari Madina shahridagi bir qabila borishdi. Keyin: "Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ehtimol sizni nazarda tutgandirlar. Chunki sizlar ilmlisiz, lekin qo'shnilaringiz esa ilmsiz", deyishdi. Ular darhol Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning oldilariga borib: "Yo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam siz bizni nazarda tutgan edingizmi?" deb so'rashdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam boshqalarga ta'lim berish mas'uliyatini tasdiqlab, aytgan gaplarini yana takrorladilar.

Demak, kimningdir qo'shnisi, do'sti yoki hamkasbi ilmsiz bo'lsa, unga ta'lim berishga e'tiborsizlik qilmaslik lozim ekan. Ilm izlash va uni tarqatish har bir mo'min-musulmonning burchidir.

Rasululloh sollallohu alayhi va sallam safarda edilar. Shunda bir a'robiy kelib tuyalarining jilovidan tortib, Nabiy alayhissalomni to'xtatdi. Badaviy Rasululloh sollallohu alayhi va sallamga qarab: "Ey Muhammad, menga nima foyda keltirishini o'rgat" dedi. Uning qo'pol muomalasidan sahobalar roziyallohu anhum qattiq g'azablanishdi. Ammo Rasululloh sollallohu alayhi vasallam sahobalarga tabassum qildilar va: "U hidoyat topdi", dedilar.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning bu so'zlari badaviyga ijobiy ta'sir qildi. Uning yanada ilm olishga bo'lgan ishtiyog'i ortdi. Shuning uchun o'qituvchilar hamisha o'quvchilarini yaxshi so'z bilan rag'batlantirib turishlari lozim.

Ilm berish uchun har qanday fursatdan unumli foydalanish kerak. Ammo zinhor uni kechirtirmaslik va orqaga surmaslik lozim. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Albatta men muallim etib yuborildim", deganlar.

Demak, ta'lim beruvchilar Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashuvchilardir. Rasululloh sollallohu alayhi vasallamga ergashsangiz Alloh taoloning ushbu oyatiga amal qilgan bo'lasiz: “Ayting (ey, Muhammad!): “Agar Allohni sevsangiz, menga ergashingiz. Shunda Alloh sizlarni sevadi va gunohlaringizni mag'firat etadi. Alloh kechiruvchi va rahmlidir” (Oli Imron surasi, 31-oyat).

 

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar

Istixora duosi

08.10.2025   809   3 min.
Istixora duosi

Bismillahir Rohmanir Rohiym

حدثنا أبو بكر أحمد بن زهير نا محمد بن عمران بن أبي ليلى  نا أبي ابن أبي ليلى  عن فضيل بن عمرو  عن إبراهيم  عن علقمة  عن عبد الله بن مسعود  عن النبي صلى الله عليه وعلى آله وسلم أنه كان إذا استخار الله في الأمر يريد أن يصنعه قال: ”اللهم إني أستخيرك بعلمك وأستقدرك بقدرتك“ - ثم ذكر نحو حديث الحسن بن عبيد الله الذي هو موقوف - ”وأسألك من فضلك فإنك تعلم ولا أعلم وتقدر ولا أقدر وأنت علام الغيوب  اللهم إن كان هذا الأمر الذي أريد خيرا لي في أمر ديني وخيرا لي في عاقبة أمري وخيرا لي فيما نبتغي (أبتغتي) فيه الخير فيسره لي ثم بارك لي فيه  وإن كنت تعلم أن غير ذلك خير فيسر لي الخير حيث كان ثم ارضني بما قضيت.“

 

Abdulloh ibn Mas’uddan rivoyat qilinadi: “Nabiy sollallohu alayhi va ’alaa olihi vasallam biror ishda Allohga istixora qilsalar bunday duo qilardilar: “Allohim! Albatta, men Sening ilming bilan istixora [1]qilaman – yaxshilikni so‘rayman. Sening qudrating bilan qudrat so‘rayman”.

So‘ng Hasan ibn Ubaydullohning mavquf[2] bo‘lgan hadisini aytdi: “Buyuk fazlingdan (ato etishingni) so‘rayman. Chunki Sen (hamma narsani) bilasan, men bilmayman. Sen (har narsaga) qodirsan, men qodir emasman. Sen g‘ayblarni nihoyatda biluvchi Zotsan. Allohim, agar men xohlagan mana shu ish dinim masalasida men uchun yaxshilik bo‘lsa, ishimning oqibatida (oxiratimda) men uchun yaxshilik bo‘lsa, yaxshilik bor deb xohlayotgan narsamizda (narsamda) men uchun yaxshilik bo‘lsa, uni menga oson qilgin, so‘ngra uni menga barakotli etgin. Agar shundan boshqasida yaxshilik borligini bilsang, menga qayerda bo‘lsa ham yaxshilikni nasib et. So‘ngra nimani hukm qilsang, meni shunga rozi qil”.


Abu Said Haysam ibn Kulayb Shoshiyning
“Musnadi Shoshiy” asaridan
Davron NURMUHAMMAD tarjimasi

 

 


[1] Istixora – “xayrni talab qilish” degan ma’noni anglatadi. Musulmon kishi ikki ishdan qaysi birini qilishni bilmay qolganida istixora namozini o‘qiydi. Bu namozni har bir ishdan oldin o‘qish mustahabdir. Namozni o‘qib bo‘lgach, hadisda kelgan duoni o‘qiydi.

[2] Mavquf hadis: sahobiyga izofa berilgan so‘z yoki fe’l, yoki taqrirga aytiladi.