Sayt test holatida ishlamoqda!
25 Noyabr, 2026   |   15 Jumadul soni, 1448

Toshkent shahri
Tong
05:59
Quyosh
07:18
Peshin
12:15
Asr
15:16
Shom
17:00
Xufton
18:17
Bismillah
25 Noyabr, 2026, 15 Jumadul soni, 1448

Sehrning xatari

25.12.2023   2215   4 min.
Sehrning xatari

2 qism

Inson uchun dunyo hayotida ega bo'ladigan ne'matlari orasida eng qadrlisi bu – iymondir. Taqvodor banda diniga, e'tiqodiga zarar etadigan har qanday amaldan uzoq bo'ladi, saqlanadi. Ayniqsa, sehr bilan shug'ullanish yoki sehrgarning oldiga borish aqidaga qattiq ta'sir qiladi.

Ulamolar aytadilar: “Payg'ambarimiz sollallohu alayhi vasallam ettita halokat qiluvchi gunohlardan saqlanishga buyurib, ulardan biri sehr ekanining xabarini berganlar. Shunga ko'ra, sehr bilan shug'ullanish harom amal bo'lib, u kufrga olib boradi. Bunga ushbu oyat dalolat qiladi: «Ikkovlari hatto: “Biz fitna–sinov uchunmiz, kofir bo'lmagin”, demasdan oldin hech kimga o'rgatmasdilar» (Baqara surasi, 102-oyat)”.

Eng xavfli jihati shuki – sehr bilan shug'ullanish qanchalik og'ir gunoh bo'lsa, sehrgarning oldiga borish ham shunchalik katta gunoh. Ya'ni, sehr bilan shug'ullangan ham, sehrgarning oldiga borgan ham bir xil gunohkordir.

Hubayra ibn Yariym aytadi: “Abdulloh ibn Mas'ud roziyallohu anhuning: “Kim kohinga yoki sehrgarga borib, uning aytganinitasdiqlasa, batahqiq, Muhammad sollallohu alayhi vasallamga nozil bo'lgan narsaga kufr keltiribdi”, deb aytayotganini eshitdim”.

Ayrim olimlar sehrgarning mushrik ekaniga quyidagi hadisni dalil sifatida keltirishadi. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kim sehr qilsa, shirk keltirgan bo'ladi”,deganlar (Imom Nasoiy rivoyati).

Barcha o'tgan payg'ambarlar davrida sehr harom amal sanalgan. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Sehrgar qayerda bo'lsa ham, zafar topmas” (Toha surasi, 69-oyat).

Sehr dinni halok qiluvchidir. Bu haqda Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:“Halokatga eltuvchi ettita gunohdan saqlaninglar!” dedilar.

Sahobalar: “Yo Allohning Rasuli, ular qaysilar?” deb so'rashdi.

U zot alayhissalom: “Allohga shirk keltirish, sehr (bilan shug'ullanish), Alloh (o'ldirishni) harom qilgan jonni nohaq o'ldirish, ribo eyish, etimning molini eyish, jang kuni orqaga qochish hamda iffatli, mo'mina, g'ofila (buzuqlik nimaligini bilmaydigan) ayolni fohishalikda ayblash”, deb javob berdilar (Imom Buxoriy rivoyati).

Allohga shirk keltirishdan ko'ra katta va og'irroq gunoh yo'q. Hadisda insonni halok qiluvchi gunohlarning ichida birinchi o'rinda aynan shirkning zikr qilinishi ham bejiz emas. Undan keyin sehrning keltirilishi esa sehrgarlik qanchalik katta gunoh ekanini yaqqol ko'rsatadi.

Banda sehrgarning aytgan har bir so'ziga ishonishi, uning aytganlarini bajarishi natijasida Robbidan qo'rqishdan, tavakkul va faqatgina O'ziga yuzlanib duo qilishdan, yordam so'rashdan uzoqlashadi. Alloh taolo bunday marhamat qiladi: “Va isloh qilingandan keyin er yuzida fasod qilmang va Undan qo'rqib tama' ila duo qiling. Albatta, Allohning rahmati yaxshilik qiluvchilarga yaqindir” (A'rof surasi, 56-oyat).

Davron NURMUHAMMAD

Maqolalar
Boshqa maqolalar
Yangiliklar

Iordaniya OAV O‘zbekiston Prezidentining “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” kitobi taqdimoti haqida keng jamoatchilikka ma’lumot berdi

25.11.2026   13956   4 min.
Iordaniya OAV O‘zbekiston Prezidentining “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” kitobi taqdimoti haqida keng jamoatchilikka ma’lumot berdi

O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” nomli kitobining Amman shahridagi taqdimoti Iordaniya ommaviy axborot vositalarida keng yoritildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.

Mamlakatning yetakchi bosma nashrlari, axborot agentliklari va internet portallarida e’lon qilingan maqolalarda mazkur tadbirning ahamiyati, O‘zbekiston­–Iordaniya o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar hamda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlarga alohida e’tibor qaratildi.

Bosma va elektron ommaviy axborot vositalari kitob taqdimotida O‘zbekiston Prezidenti maslahatchisi, Xalqaro islomshunoslik akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Shayx Nuriddin Xoliqnazar, Iordaniya Jahon islom ilmlari va ta’lim universiteti prezidenti Ja’far al-Mag‘ribiy al-Fanatisa, yurtimizning Iordaniyadagi elchisi Nodirjon Turg‘unov, ikki mamlakatning nufuzli davlat va jamoat arboblari, olimlari hamda diniy soha vakillari – jami 1500 nafardan ziyod kishi qatnashgani ta’kidlangan.

Tadbirning asosiy maqsadi Prezident Shavkat Mirziyoyev rahbarligida Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, mamlakatning taraqqiyot strategiyasi, ichki va tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishlarini xalqaro jamoatchilikka yetkazishdan iborat bo‘ldi.

Asarda “Davlat – inson uchun” va “Inson qadri uchun” tamoyillari asosida amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakat taqdiridagi tarixiy burilish hamda davlat va jamiyat tafakkurining tubdan yangilanish jarayonlariga alohida e’tibor qaratilgan.

Olti bob va xotimadan iborat ushbu kitobda milliy davlatchilikni mustahkamlash, iqtisodiy salohiyatni yuksaltirish, Uchinchi Renessans poydevorini barpo etish, inson qadrini ulug‘lash hamda tinchlik va barqaror taraqqiyotni ta’minlash masalalari keng yoritilgan. Kitob arab, ingliz, italyan, rus va urdu tillariga tarjima qilingan.

Iordaniya nashrlari taqdimotni ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy, iqtisodiy, madaniy, ilmiy va diniy sohalardagi hamkorlikni yanada rivojlantirish yo‘lidagi muhim voqea sifatida baholagan. O‘zbekistonda 2016 yildan buyon amalga oshirilayotgan islohotlar, mamlakatni modernizatsiya qilish jarayonlari, bag‘rikenglik, barqarorlik va millatlararo hamjihatlik tamoyillarini mustahkamlash borasidagi sa’y-harakatlar keng yoritilgan.

Xususan, “Jordan Times” nashrida chop etilgan maqolada tadbirning yuqori saviyada tashkil etilgani, Ammandagi uchrashuvlar doirasida Yangi O‘zbekistonning tarixi, bugungi taraqqiyoti va kelajak maqsadlarini aks ettiruvchi arab tilidagi 9 ta kitob va kitob-albom ham taqdim qilingani urg‘ulangan.

“Petra” davlat axborot agentligida yozilishicha, ushbu taqdimot ikki davlat o‘rtasidagi o‘zaro ishonch va do‘stlik munosabatlarini mustahkamlashning muhim ifodasi bo‘ldi. Uchrashuvda tomonlarning erishilgan natijalarga tayangan holda siyosiy, iqtisodiy, diniy, madaniy va ilmiy yo‘nalishlardagi hamkorlikni kengaytirishga intilayotgani qayd etilganiga e’tibor qaratilgan.

Bunday muloqotlar xalqlar o‘rtasidagi yaqinlikni kuchaytirish, o‘zaro tajriba almashish va jamiyatda mo‘tadillik g‘oyalarini keng targ‘ib etishga xizmat qilishi ta’kidlangan.

“Al Mashhad Al Youm” internet portalida e’lon qilingan materialda Yangi O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va modernizatsiya jarayonlari haqida so‘z yuritilgan. Xususan, mamlakat taraqqiyoti tajribasi, “Uchinchi Renessans” g‘oyasi, O‘zbekistonning xalqaro tashabbuslari hamda ichki o‘zgarishlarning tashqi siyosat va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishdagi ahamiyati qayd etilgan.

Arab axborot agentliklari federatsiyasining ma’lum qilishicha, Prezident Shavkat Mirziyoyevning “Hozirgi zamon va Yangi O‘zbekiston” kitobida jahondagi siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy va ekologik o‘zgarishlar chuqur tahlil qilingan.

Asarda davlat boshqaruvini takomillashtirish, institutsional islohotlar va mamlakatning istiqboldagi taraqqiyot strategiyasi o‘z aksini topgan. Ayniqsa, “Davlat – inson uchun” tamoyili kitobning muhim g‘oyaviy yo‘nalishlaridan biri sifatida e’tirof etilgan.

“Madar Al-Sa’a” portali taqdimotning ilmiy-ma’rifiy ahamiyatiga e’tibor qaratib, O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi gumanitar hamkorlikni kengaytirish borasida amalga oshirilayotgan ishlarga to‘xtalgan.

Xususan, Al-Ol-Bayt universiteti va Jahon islom fanlari universitetida o‘tkazilgan tadbirlar, Iordaniya kutubxonalariga arab tilidagi to‘qqizta kitob va fotoalbomning topshirilishi alohida ta’kidlangan.

“Ammon News” axborot agentligi O‘zbekiston va Iordaniya o‘rtasidagi muloqotning ma’naviy va insonparvarlik jihatlarini yoritgan. Unda bag‘rikenglik, o‘zaro hurmat, diniy va madaniy totuvlik, mo‘tadillik kabi umuminsoniy qadriyatlarni ilgari surish o‘zaro hamkorlikning muhim yo‘nalishlaridan biri ekaniga urg‘u berilgan.

Kitob taqdimotining “Jordan Times”, “Ad-Dastur”, “Ar-Ray” kabi yetakchi nashrlar, “Petra”, “Fana News”, “Jadarjo”, “Alwakaai”, “Ammon News”, “Alsaa”, “Alroya”, “Al Mashhad Al Youm” singari nufuzli axborot resurslarida yoritilishi ushbu voqeaning Iordaniya axborot makonidagi salmog‘i va jamoatchilik qiziqishini yaqqol namoyish etdi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati

O'zbekiston yangiliklari